1-Laborotoriya ishi Mavzu: Klimovning Differensial-dignostik so’rovnomasi. Maqsadi


Download 474.65 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/12
Sana06.04.2023
Hajmi474.65 Kb.
#1333318
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
1-Labaratoriya Eksperimental

Uchburchak. Bu shakl liderlik belgisidir. Ko’pincha uchburchaklar 
o’zlarining ushbu xususiyatlarini sezadilar: ”ular lider bo’lish ucun tug’ilganlar” 
haqiqiy uchburchakning eng xarakterli xususiyati – bosh maqsadga o’z diqqatini 
qarata olishidir. Uchburchaklar – harakatchan, tutqich bermas, kuchli shaxslar 
bo’lib, ular aniq maqsadlar qoyadilar va odatda bunga erishadilar.
Albatta, uchburchaklar o’zlarining asosiy maqsadlari nima ekanligini har doim 
biladilar, shuning uchun ham ular kvadratlardan farq qilib juda qat’iyatli 
odamlardir. Ular o’zlarining qarindoshlari – kvadratlar singari to’g’ri chiziqli 
shakllarga xosdir va yo’nalishiga ko’ra ”chap yarim sharli ” fikrlovchi, ya’ni 


sharoitni chuqur va tez tahlil qila oladigan toifaga kiradilar. Ammo, o’z diqqatini 
ikir-chikirlarga qaratuvchi kvadratlardan qarama-qarshi o’laroq, uchburchaklar 
asosiy narsaga, muammoning mazmuniga o’z diqqatini qaratadilar. Ulardagi kuchli 
foydaga yo’nalganlik ularning fikriy tahlilini yo’llab turadi va mazkur sharoitda 
muammo yechimining samarali (ko’pincha foydali) yo’lini topishga qaratadi. 
Bunday yo’nalganlik uchburchaklarni eng yaxshi yechimni izlashda turli-tuman 
variantlarni berilb tahlil qilishdan asraydi. Bu narsa boshqalarda, o’ziga unchalik 
ishonch bo’lmagan kishilarda kuchli taassurot paydo qiladi va ular uchburchakka 
ergashadilar. 
Uchburchak – bu juda o’ziga ishongan, barcha narsalarda xaq bo’lishni xohlovchi 
odam, hamma narsada haq bo’lishga va sharoitni boshqarishga, faqat o’zi uchun 
emas, balki imkon darajasida boshqalar uchun ham qaror qabul qilishga bo’lgan 
kuchli ehtiyoj uchburchakni boshqalar uchun ham qaror qabul qilishga bo’lgan 
kuchli ehtiyoj uchburchakni boshqalar bilan doimo raqobatlashuvchi, kurashuvchi 
shaxsga aylantirib qoyadi. Bu uchburchak kirishgan har bir ishda yetakchi 
ustanovkadir. U juda tez-tez tavakkal qiladi, qaror qabul qilishda ikkilanuvchi 
odamlarga nisbatan chiday olmaydigan va yoqtirmaydigan bo’ladi.
Uchburchaklar nohaq bo’lib qolishni yoqtirmaydilar va o’zlarining xatolarini juda 
qiyinchilik bilan tan oladilar. Aytish mumkinki, ular ko’pincha o’zlari ko’rishni 
xohlagan narsani ko’radilar, shuning uchun ham o’z qarorlarini o’zgartirishni 
yoqtirmaydilar, e’tirozlarni qabul qilmaydilar va ko’pchilik hollarda o’zlaricha ish 
tutadilar. Lekin ular o’zlarining pragmatic yo’nalishlariga mos keladigan, bosh 
maqsadga erishishga yordam beradigan narsalarga juda muvaffaqiyatli 
o’rganadilar, foydali informatsiyalarni xuddi so’rg’ichdek o’zlariga so’rib oladilar. 
Uchburchaklar – izzat-nafsli odamlar. Agar kvadrat uchun or-nomus ishi, 
bajarilayotgan vazifani yuqori sifatiga erishish bo’lsa, uchburchak esa yuqori 
mavqega erishishga, yuksak status egallashga, boshqacha qilib aytganda, karyear 
qilishga intiladi. Buni uchburchakning salbiy sifati deb qaramaslik kerak. Biron-
bir ishni qilishdan yoki, qaror qabul qilishdan oldin uchburchak ongli yoki ongsiz 
holda o’z oldiga “Bundan nima foyda ko’raman?” degan savolni qoyadi. 
Ishonavering: uchburchak qanday qaror qabul qilmasin, bunda albatta 
uchburchakning shaxsan o’zi uchun foyda( har doim moddiy emas) aks etgan 
bo’ladi. Uchburchaklardan boshqarishning eng “yuqori” darajasida turadigan 
menejerlar chiqadi. Ular aynan yuksaklikka intiladilar ham. Bunda ularga yana 
bitta sifat “siyosiy fitnachilik” malakasi yordam beradi. Ular o’zidan yuqorida 
turgan rahbariyatga o’zi va qo’l ostidagilari ishining ahamiyatliligini ustalik bilan 
yetkaza oladilar. Foydali ishning hidini yuz chaqirimdan ham sezadilar va bu narsa 
uchun kurashda o’z raqiblarini “bir-birlari bilan peshonasini urishtirib qoyadilar”. 
Mana shu yerda uchburchak shaklining bosh salbiy sifatiga e’tibor berish kerak: bu 
o’ziga yo’naltirilgan kuchli egosentrizmdir. Bu narsa shunga olib keladiki
uchburchaklar hokimiyat tepasiga intilayotib o’z maqsadlariga yetishish uchun har 
qanday axloqiy normalarni unchalik pisnd qilmaydilar. Bu holat boshqalarda 
qo’rquvni va shunga asoslangan hurmatni yuzaga keltirishi mumkin, lekin hech 
ham ularga nisbatan moyllik va muhabbat hosil qilmaydi. Shunday bo’lsada 
qo’rqmang! Bu “ashaddiy” ya’ni vaqtida boshqalar tomonidan to’xtatilmagan 


uchburchaklargagina xosdir. Umuman olganda, uchburchaklar kelishgan, o’ziga 
jalb qiluvchi odamlar bo’lib, (shunday bo’lmasa ularga kim ergashadi) hamma 
narsani va hammani o’z atrofida aylanishga majbur qiladilar, ularsiz bizning 
hayotimiz o’z keskinligini yo’qotar edi.

Download 474.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling