"O’zbekiston buyuk kelajak sari" T. "O’zbekiston" 1998. 106-b.)
Jahonning hech bir mamlakatida sof holatda bozor iqtisodiyoti sof holatda
mavjud emas. Aynan bozor tizimi amalda bo’lishi uchun ham davlat iqtisodiyotga
aralashadi. Bugungi kunda mamlakatimizda
bozor munosabatlarini qaror
toptirishga qaratilgan ijtimoiy - iqtisodiy islohotlar
izchillik bilan amalga
oshirilmoqda. Bozor tizimida davlatning o’rni quyidagilarda yaqqol ko’zga
tashlanadi:
1.4. O’tish iqtisodiyotida davlatning asosiy funksiyalari
Aralash
iqtisodiyotining
xususiyati
shundan
iboratki,
iqtisodiy
munosabatlarning tashkil etilishi ko’p ukladlilik tamoyiliga asoslanadi va davlat
bu o’rinda iqtisodiy islohotlarni amalga oshiruvchi
va mulk huquqining
himoyachisi sifatida ishtirok etadi. Bugungi kunda
mamlakatimiz iqtisodiy va
siyosiy hayotini tubdan isloh qilish ava erkinlashtirish borasida chuqur islohotlar
olib borilmoqda. Jamiyat iqtisodiy hayotini erkinlashtirish xo’jalik
yurituvchi
sub’ektlarga iqtisodiy qarorlar qabul qilishda to’la erkinlik berilishi lozimligini
nazarda tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: