1. Mahsulot ishlab chiqarish maromiyligining tahlili. O’zgaruvchan va o’zgarmas xarajatlar
Download 24.48 Kb.
|
1 2
Bog'liqVariant 9
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ko’rsatkichlar O’tgan yil Hisobot yili
- O’tgan yildan Rejadan
Variant-9 1. Mahsulot ishlab chiqarish maromiyligining tahlili. 2. O’zgaruvchan va o’zgarmas xarajatlar. 3. Bir so’mlik mahsulot uchun qilingan xarajatlar dinamikasi va omilli tahlilini amalga oshiring hamda xulosa yozing.
Xulosa:O’tgan yilda bir so’m mahsulot uchun qilingan xarajat 0,95 so’mga teng bo’lgan.Joriy yil rejasida bu ko’rsatkich o’tgan yil bilan mutloq teng etib belgilangan,biroq haqiqatda bir so’mlik mahsulot uchun xarajat 0,92 so’m bo’ldi ya’ni reja va o’tgan yiliga nisbatan 0,03 so’mga yoki 3,2 foizga kamaygan. Xarajatlarni moddalari bo‘yicha dinamik o‘zgarishiga baho berish, omilli tahlil etib, ular yuzasidan tegishli xulosa va takliflarni kiritish iqtisodiy tahlilning maqsadi hisoblanadi. VAZIFALARI: - xarajatlar moddalarini amaldagi me’yoriy-huquqiy xujjatlarga mosligini tekshirish; - turli shakldagi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda xarajatlarni o‘ziga xos jixatlarini yoritib berish; - xarajatlar tahlilining nazariya va metodologiyasini o‘rganish; - xarajatlar tahlilini amaliyotda qo‘llanilishini o‘rganish asosida ularni takomillashtirish va boshqalar. 1995 yildan boshlab Respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar davr xarajatlarini «Mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tarkibi to‘g‘risida»gi Nizom asosida hisobga olib borib, bevosita ularning moliyaviy natijasi bilan bog‘laydi. 1. Mahsulotning ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan xarajatlar • bevosita va bilvosita moddiy xarajatlar; • bevosita va bilvosita mehnat xarajatlari; • boshqa bevosita va bilvosita xarajatlar, shu jumladan ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan ustama xarajatlar. 2. Ishlab chiqarish tannarxiga kiritilmaydigan, biroq asosiy faoliyatdan olingan foydada hisobga olinadigan hamda davr xarajatlariga kiritiladigan xarajatlar • sotish xarajatlari; • boshqarish xarajatlari (ma’muriy sarf-xarajatlar); • boshqa operatsion xarajatlar va zararlar. 3. Moliyaviy faoliyat xarajatlari • foiz xarajatlari; • valyuta mablag‘laridagi salbiy o‘zgarishlar; • boshqa moliyaviy xarajatlar. Turli mulk shaklidagi firma va kompaniyalar yil davomida o’zidagi mavjud bo’lgan barcha moddiy, mehnat va moliyaviy boyliklaridan oqilona foydalanishi hamda yil davomida uzluksiz samarali aylanishini ta’minlashi talab etiladi. Samarali faoliyat tashkil etilganda mahsulotlar ishlab chiqarish bozordagi talabni e’tiborga olgan holda yil mobaynida bir xil hajmda bo’lishiga erishiladi. Buning uchun korxonalar kunlik, haftalik, oylik, chorak, yarim va yil mobaynida mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini biznes rejada mo’ljallangan miqdorda bajarilishini tahlil etishi lozim. Ayrim korxonalar yillik, kvartal, oylik rejalarini ortig’i bilan bajarishi mumkin, ammo ayrim oylarda ishlab chiqarishni bir maromda tashkil eta olmasligi mumkin. Mahsulot ishlab chiqarishdagi maromiylikni buzilishi shartnoma majburiyatlarini barbod bo’lishiga, uning oqibatida jarimalar to’lanilishiga olib keladi. Amaldagi tajribalar shuni ko’rsatadiki, ayrim firmalar oylik ishlab chiqarish biznes reja ko’rsatkichlarini qisqa kunlarda hal etishni mo’ljallashadi. Lekin mahsulotlarning sifati talabga javob bermaslikka, ombordagi sotilmay qolgan tovarlar qiymatini keskin ortishiga hamda iste’molchilarga jo’natiladigan tovar muddatlarini buzilishiga olib keladi. Firmaning maromida ishlayotganligini tahlil etishda har 10 kunlikda ishlab chiqarilgan tovarlarni oylik mahsulotda tutgan ulushi hisoblanadi va aniqlanganma’lumotlar biznes reja ko’rsatkichlari bilan taqqoslanib, faoliyatning maromida bo’layotganligiga baho beriladi. Umuman olganda, bunday natijalarni ijobiy baholasak bo‘ladi, chunki, korxonada maromiylik buzilishi unchalik katta emas ekan, odatda, mahsulot ishlab chiqarish maromiyligining buzilishi oqibatida korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifatiga putur yetishiga, xo‘jalik subyektlari o‘rtasidagi o‘zaro shartnomalarning o‘z vaqtida to‘liq bajarilmasligiga, iqtisodiy jarimalar qo‘llanilishiga, kassa rejalarining to‘liq bajarilmasligiga hamda mahsulotlarni sotish hajmlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Korxona ma’muriyati imkon qadar mahsulot ishlab chiqarish maromiyligini buzilmaslik choralarini ko‘rishi kerak bo‘ladi. Mahsulotlar sotishdan olingan sof tushum hajmi tovarlar sifati, miqdori, shartnoma va bozordagi baholarning o‘zgarishlari bilangina bog‘liq bo‘lib qolmasdan, sotish uchun mo‘ljallangan tovarlarning turib qolishidan sifatining buzilishi, ishlab chiqarishdagi braklar hajmiga ham bog‘liqdir. Ishlab chiqarish jarayonidagi texnologik o‘zgarishlar evaziga, bajaruvchilarning layoqatsizligi va mas’uliyatsizligi tufayli yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar ta’sirida tovarlarning sifatini pasayishi va brak mahsulotlar paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Shuningdek, xomashyo sifatini pastligi, standartga mos kelmasligi, dastgohlarni tez buzilishi, ishlab chiqarish jarayonidagi nuqsonlar, kadrlar malakasini pastligi tufayli ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar tarkibida brakka yo‘l qo‘yilishi mumkin. Brakka yo‘l qo‘yilishi tufayli iste’molga chiqadigan tayyor mahsulot hajmi kamayadi, mahsulot tannarxi qimmatlashadi, chunki mahsulot brak ishlab chiqarish uchun qilingan xarajatlarni zoyi ketganligini, unumsizligidan dalolat beradi. 2. Xarajatlar mahsulot xajmining o‘zgarishiga ko‘ra 2 guruhga bo’linadi; O‘zgaruvchan va O‘zgarmas. O’zgaruvchan xarajatlar mahsulot ishlab chiqarish hajmiga mos ravishda o’zgarib boradi. O’zgarmas xarajatlar mahsulot ishlab chiqarish hajmiga bog’liq bo’lmagan holda barqaror qoladi. Ushbu tarkiblash, xarajatlarni boshqarish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning zaruriy sharti hisoblanadi. O’zgaruvchan xarajatlarni hisoblash metodologiyasini bilish biznesning daromadli bo’lishiga erishish maqsadida ishlab chiqarish birligiga sarflangan xarajatlarni kamaytirishga yordam beradi. O’zgaruvchan xarajatlarni tarkiblash va ularni hisobga olish birinchi bor AQShda ishlatilgan bo’lib, uning nomi ―direkt-kost, Yevropada esa ―marjinal-kost deb nomlangan. Ularning farqi shundaki, ular to’g’ri va o’zgaruvchan xarajatlar kalkulyatsiyasi sifatida nomlanishidadir. Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari bo’yicha o’zgaruvchan xarajatlarning to’g’ri va egri turlari tarkiblanadi. Shuningdek, o’zgaruvchan xarajatlarning proporsional, degressiv, progressiv turlari guruhlanadi. Bir birlik mahsulotga to’g’ri keladigan xarajat o’zgarishiga ta‘sir etuvchi omillarni tahlil qilish xarajatlarini boshqarishda eng muhim usul hisoblanadi. Bir birlikka xarajatlarning o’zgarishiga ta‘sir etuvchi omillarga: o’zgaruvchan xarajatlar, o’zgarmas xarajatlar, ularning jami xarajatlar tarkibidagi salmog’ining o’zgarishi, tarkib elementlardagi o’zgarishlar kiradi: Download 24.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling