1. Maktab umumta’lim kurslari integrativligining mohiyati. Integratsiya – o‘quvchilarni o‘qitish va tarbiyalashga yangi yondoshuv


Fanlar orasidagi o‘zaro bog‘liqlik asosida integratsiyalashgan darslarni tashkil etish yo‘llari


Download 58.9 Kb.
bet5/16
Sana30.04.2023
Hajmi58.9 Kb.
#1403586
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
innovatsiya22

2. Fanlar orasidagi o‘zaro bog‘liqlik asosida integratsiyalashgan darslarni tashkil etish yo‘llari.
Fanlar bir-biri bilan o‘zaro bog‘liqdir. Masalan, biz bu jarayonni 1-4 sinflarning o‘quv rejasi orqali tahlil qilamiz.
Masalan,
1. Ona tili
2. O‘qish
Bu ikki fan orasidagi integratsiya jarayoni shundan iboratki, ikkala fanning maqsadi o‘quvchilarda yozma va og‘zaki nutq malakalariga ega bo‘lishga qaratilgan. Keyingi misolni inson va jamiyat sohasida ko‘rib chiqsak bo‘ladi. Inson va jamiyat sohasi beshga bo‘linadi:
1. Odobnoma;
2. Musiqa madaniyati;
3. Tasviriy san’at;
4. Mehnat;
5. Jismoniy tarbiya.
Bu fanlar bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq va bu fanlarning maqsadi axloqiy,estetiktarbiya berishdir.
Nutq o‘stirish – harflarni to‘g‘ri talaffuz etish va yozish, so‘zlarni to‘g‘ri o‘qish va yozish; gap ohangiga rioya qilgan holda ravon obrazli o‘qish; gapdagi tinish belgilarini talaffuzda aks etishi va yozilishi; fikr bayon qilish uchun zarur bo‘lgan ayrim grammatik vositalarni o‘z o‘rnida qo‘llay olish, xalq og‘zaki ijodi hamda bolalar adabiyoti namunalaridan olingan parchalarni o‘qib tushuna olish kabi talablarni o‘z ichiga oladi. Deyarli har bir darsning maqsadi nutq o‘stirishga qaratilgandir.
Asosan ona tili va o‘qish, sinfdantashqario‘qish darslarida o‘quvchilar nutq o‘stirish bilim, ko‘nikma va malakalariga ega bo‘lsalar, rus tili, matematika, tabiat, odobnoma, musiqa madaniyati, tasviriy san’at, mehnat, jismoniy tarbiya darslaridauni mustahkamlab, to‘ldirib boradilar. Masalan: 4-sinf ona tili darsligini olaylik. Unda nutq o‘stirishga oid mashqlar berilgan. Bunda so‘zlarni o‘qing, talaffuzga e’tibor bering va so‘zlarni ko‘chirib yozilishini bilib oling degan shart berilgan. Bayroq, a’lochi, qal’a, e’lon, rasm, qat’iy, o’ladi, Ma’mura, ko’z, vatan, olxo’ri, a’zo, sariq, jahon, san’at, nordon, arqon, poda, qit’a, beda.
O‘qishdarsida esa nutq o‘stirish jarayonini hikoyalar, ertaklar, she’rlar, matnlar orqali ko‘rishimiz mumkin. 4-sinf matematika darsligini ko‘rib chiqsak, bunda matematik terminlar orqali, o‘lchov birliklari, masalalar, amalni og‘zaki bajarish orqali nutq o‘stirish jarayoni ro‘y beradi.



Download 58.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling