1. Ma’lumotlar bazalari va ularni yaratish modellari. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlarining asosiy vazifalari va xususiyatlari
Download 0.68 Mb.
|
8-Ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Яндекс.Диск imkoniyatlari. Яндекс.Диск
- Облако@mail.ru imkoniyatlari. Облако@mail.ru
- Amazon Web Services imkoniyatlari. Amazon Web Services (AWS)
Mega imkoniyatlari. Mega — (MEGA Encrypted Global Access) — fayllar almashuvini ta’minlashga qaratilgan bulutli texnologiya. Bunda kontent brauzerning o‘zida to‘liq AES algoritmi bilan shifrlanadi, natijada fayllar shifrlangan holda uzatiladi. Shifrlangan faylni ochishdagi zarur bo‘lgan kalit ochiq e’lon qilinmaydi, balkim Friend-to-Friend tamoyili asosida ishonchli mijozlar orasida uzatiladi, bunda fayllar bulutda saqlanadi.
Mega xizmati 50 Gbaytgacha bepul bo‘lib (ko‘pi bilan 4 Tbayt), axborotlar shifrlangan holda saqlanadi. Ushbu xizmat https://mega.nz/ manzilida joylashgan. Яндекс.Диск imkoniyatlari. Яндекс.Диск — bevosita Яндекс tomonidan taklif etilgan xizmat bo‘lib, fayllarni bulutda saqlash va Internet orqali uzatish imkonini beradi. Яндекс.Диск xizmati 10 Gbaytgacha bepul bo‘lib, ko‘pi bilan 1 Tbayt xotira ajratadi. Bunda bonuslar orqali xotirani kengaytirish mumkin. Яндекс.Диск xizmati Microsoft Office paketi bilan integratsiyalangan va bevosita foto va videofilmlarni yuklash imkoniga ega. Ushbu xizmat http://disk.yandex.ru/ manzilida joylashgan. Облако@mail.ru imkoniyatlari. Облако@mail.ru — bevosita Mail.Ru Group kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan bulutli xizmat bo‘lib, ma’lumotlarni bulutda saqlash va ularni uzatishda imkon beradi. Облако@mail.ru xizmati 16 Gbaytgacha bepul bo‘lib, ko‘pi bilan 4 Tbayt xotira ajratadi. Ushbu xizmatdan web-interfeys yoki Windows, Mac OS, Android va iOS ilovalari orqali foydalanish mumkin. Qiziqarli jihatlaridan biri – bu telefonda olingan foto bir zumda bulutda joylashtiriladi. Ushbu xizmat https://cloud.mail.ru/ manzilida joylashgan. Amazon Web Services imkoniyatlari. Amazon Web Services (AWS) — bu faqatgina ma’lumotlarni saqlashga qaratilgan bulutli texnologiya emas, bu yerda har xil ko‘rinishdagi xizmatlar taqdim etiladi: Ma’lumotlarni saqlash va kontentni yetkazish: obyektlarni saqlash, CDN, bloklab saqlash, fayllar tizimini saqlash, arxivlab saqlash, ma’lumotlarni ko‘chirish, integrallashgan saqlash. Hisoblashlar: virtual server, virtual konteyner, 1-Click usuli bilan ishlaydigan web-ilovalar, hisoblash funksiyalarini boshqarish, auto scaling, load balancing. Ma’lumotlar bazasi: relyatsion MB, ma’lumotlar bazasini ko‘chirish, NoSQL, keshlash, ma’lumotlarni saqlash. Tarmoqli yechim: virtual xususiy bulut, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanish, yuklanishni tekislash, DNS. Bulardan tashqari, AWS doirasida bulutli xizmatlar samarasini oshirishga qaratilgan maxsus xizmatlar mavjud: tahlil qilish, korporativ ilovalar, mobil servislar. Bir yil davomida AWS tizimidan bepul foydalanish mumkin va bunda 5 Gbayt xotira ajratiladi. Ushbu xizmat https://aws.amazon.com/ manzilida joylashgan. iDrive imkoniyatlari. iDrive texnologiyasi axborotlarni on-layn nusxalashda keng qo‘llaniladigan tizim bo‘lib, muhim hujjatlarni ham bulutda saqlash mumkin. Unda ma’lumotlarni uzatish va saqlash jarayonlari 256-bitli AES shifrlash mumkin va shifrlash kalitini foydalanuvchi shakllantirishi mumkin. Ushbu amallarni bajarish uchun iDrive dasturiy ta’minoti kompyuterda o‘rnatilishi kerak va sinxronlash uchun papkani tanlash kerak bo‘ladi. Ushbu tizimdan bepul foydalanish mumkin 5 Gbayt xotira ajratiladi, ko‘pi bilan 10 Tbayt. Ushbu xizmat http://idrive.com/ manzilida joylashgan. Keltirilgan bulutli texnologiyalar joylashgan web-manillari quyidagi jadvalda keltirilgan:
Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling