1. Mamlakatimizda kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish omillari va bu boradagi muammolar. O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»


IQTIDORLI BOLALAR VA ISTE’DODLI YoShLAR


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/56
Sana24.01.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1116694
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   56
Bog'liq
ta\'limga oid me\'yoriy hujjatlar

4.5. IQTIDORLI BOLALAR VA ISTE’DODLI YoShLAR 
Iqtidorli bolalar va iste’dodli yoshlarni aniqlash va o‘qitish uslubiyati
psixologik-pedagogik va tashkiliy sharoitlari yaratiladi, bunday bolalar va yoshlarga 
oid ma’lumotlarning respublika banki va monitoringi shakllanadi. Maxsus o‘quv 
dasturlari va progressiv pedagogik texnologiyalar ishlab chiqish uchun eng yaxshi 
pedagog va olimlar jalb qilinadi, o‘quv-tarbiya jarayonida ularning faol ishtiroki 
ta’minlanadi. Fan va texnikani, siyosat va iqtisodiyotni, madaniyat va san’atni 
o‘rgatish markazlari qabilidagi hamda milliy (elita) ta’lim muassasalari tashkil 
etiladi. 


Iqtidorli bolalar va iste’dodli yoshlarni chet ellarda umumiy va kasbiy 
jihatdan tayyorgarlikdan o‘tkazishga qaratilgan sobitqadam faoliyat amalga 
oshiriladi. Akademik litseylarning o‘quvchilariga, birinchi navbatda iqtidorli
yuksak iste’dod sohiblariga, bilimning tegishli sohalari va fanning aniq yo‘nalishlari 
bo‘yicha o‘z tabiiy qobiliyatlarini namoyon etish va rivojlantirish, o‘zlaridagi noyob 
iste’dodni ro‘yobga chiqarish uchun keng imkoniyatlar yaratiladi. 
4.6. TA’LIM TIZIMINI BOShQARISh 
Uzluksiz ta’lim tizimi va kadrlar tayyorlashning davlat va nodavlat ta’lim 
muassasalarini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish va ularni izchil rivojlantirish davlat 
yo‘li bilan boshqarib boriladi. Barcha darajadagi ta’lim boshqaruv organlarining 
vakolat doiralari “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq belgilanadi. Ta’limning 
normativ-huquq bazasi rivojlantiriladi. Moliya-xo‘jalik faoliyati olib borish hamda 
ta’lim jarayonini tashkil etishda o‘quv yurtlarining huquqlari kengayadi va 
mustaqilligi ta’minlanadi. Ta’lim muassasalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda attestatsiyadan o‘tkaziladi hamda 
akkreditatsiyalanadi. Akkreditatsiya yakunlariga ko‘ra ta’lim sohasida faoliyat 
ko‘rsatish huquqi beriladi. 
Muassis tashkilotlarning, mahalliy hokimiyat organlarining, savdo-sanoat 
doiralarining, jamoat tashkilotlarining, fondlarning va homiylarning vakillarini o‘z 
ichiga oluvchi vasiylik va kuzatuv kengashlari tuzish orqali ta’lim muassasalarining 
samarali jamoat boshqaruvi tizimi joriy etiladi. 

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling