Ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasida ilg‘or
amaliy ilmiy tadqiqotlar
o‘tkaziladi, ta’lim sifati davlat ta’lim standartlariga muvofiq kelishini tashkil etish
va ta’minlash maqsadida pedagogika va ta’lim sohasida ilmiy tadqiqotlar va ilmiy-
uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqish faollashtiriladi. Fundamental va amaliy fan
sohasidagi ilmiy kadrlarning ta’lim jarayonidagi ishtiroki rag‘batlantiriladi,
pedagogik va ilmiy-tadqiqot jarayonlarining aloqasi ta’minlanadi. Yoshlarning fan-
texnika sohasidagi ijodkorligi har tomonlama qo‘llab-quvvatlanadi.
4.14.
IShLAB
ChIQARISh
VA
TA’LIM
TIZIMI
INTEGRATSIYALAShUVINI RIVOJLANTIRISh
O‘quv-ishlab chiqarish majmualarini (markazlarini) tashkil etish va ularni
rivojlantirish,
zamonaviy uskunalar, apparatlar va asboblar bilan jihozlash
rag‘batlantiriladi. Kadrlar tayyorlash va birgalikdagi
ilmiy-texnologik yechimlar
yaratishda korxonalarning ishlab chiqarish salohiyatidan samarali foydalaniladi.
Ishlab chiqarishda kadrlar tayyorlash qo‘llab-quvvatlanadi. Ilg‘or texnologiya
sohasida pedagog kadrlarning malakasi bevosita
ishlab chiqarishda muntazam
ravishda oshirib boriladi.
4.15. TA’LIM VA KADRLAR TAYYORLASh SOHASIDAGI XALQARO
HAMKORLIK
Kadrlar tayyorlash sohasidagi hamkorlikning
xalqaro-huquqiy bazasi
yaratiladi, xalqaro hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari ro‘yobga chiqariladi,
xalqaro ta’lim
tizimlari rivojlantiriladi, ilmiy-pedagog kadrlar,
talabalar va
o‘quvchilar almashish kengayadi. Ta’lim to‘g‘risidagi milliy hujjatlar xalqaro
miqyosda e’tirof etilishi uchun asos yaratiladi.
Manfaatdor vazirliklar va
idoralarning, O‘zbekiston Respublikasining chet ellardagi elchixonalarining kadrlar
tayyorlash sohasiga chet el investitsiyalarini bevosita va bilvosita keng jalb qilish
borasidagi faoliyat kuchaytiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: