ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi hamda Oliy va o‘rta maxsus
ta’lim vazirligi tomonidan belgilanadi.
Umumta’lim fanlarining o‘quv dasturlari shaxsni har tomonlama kamol
toptirishga, ta’lim
oluvchilarda bilim, malaka, ko‘nikmalarni, saviyani
shakllantirishga va ularning qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan bo‘lishi kerak.
Kasbga oid fanlarning o‘quv dasturlari ta’lim oluvchilar tomonidan tegishli
kasblar va mutaxassisliklarni egallashga qaratilgan.
Ta’lim jarayoniga o‘quv rejalari va o‘quv dasturlarini joriy etish ta’lim
tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.
O‘quv rejalari va o‘quv dasturlarini joriy etish jarayonida zamonaviy
pedagogik
texnologiyalar, o‘qitishning innovatsion shakllari va usullari, axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari qo‘llaniladi.
Ta’lim jarayoniga o‘quv rejalari va o‘quv dasturlarini joriy etish chog‘ida
ta’lim tashkilotlari kredit-modul tizimiga asoslangan o‘qitish
texnologiyalaridan
foydalanishi mumkin.
O‘quv rejasida, qoida tariqasida, ta’lim
jarayonining jadvali, o‘qitishning
boshlanishi, muddati va davriyligi, o‘quv yillari, choraklar,
semestrlar, amaliyot,
ta’tillar hamda attestatsiya, ajratilgan haftalar soni, o‘rganiladigan fanlar (modullar)
va ularga ajratilgan soatlar (kreditlar) hamda boshqa zarur parametrlar aks ettiriladi.
Professional va oliy ta’lim, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini
oshirishga doir o‘quv rejalarda ta’lim oluvchilar uchun amaliyot o‘tash nazarda
tutiladi.
Ta’lim oluvchilarning amaliyotni o‘tash tartibi va uni tashkil etish ta’lim
sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlari tomonidan belgilanadi.
Professional va oliy ta’limga doir o‘quv rejalari davlat ta’lim standartlariga
muvofiq
mutaxassislik fanlaridan, shuningdek umumkasbiy, matematika,
tabiiy-
ilmiy, gumanitar va qo‘shimcha fanlardan shakllantiriladi.
O‘quv rejalariga davlat boshqaruvi organlarining topshiriqlariga asosan va
ushbu Qonunda nazarda tutilmagan boshqa yo‘l bilan qo‘shimcha fanlarni kiritishga
yo‘l qo‘yilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: