deya ta`riflangan hudud nomi berilgan javobni toping?
220. Ashtarxoniylardan qaysi hukmdor davrida boshqaruv apparatida
islohot o`tkazishga harakat qilib, ko`plab amaldorlarni mansabidan
chetlashtirdi. Ularning o`rniga hunarmand va savdogarlarning bolalarini
mansablarga tayinladi?
221. O`zlarini siyosiy jihatdan mustaqil deb hisoblaydigan bir guruh
buxorolik amaldorlar qachon Valimuhammadga qarshi fitna uyishtirdilar?
222. Shayboniylarda qo`shin ortidan boruvchi maxsus yordamchi bo`linma
qanday nom bilan atalgan?
223. Shayboniy Abdullaxon II davrida xon va qo`shin boshliqlarining
topshiriqlarini bajaruvchi shaxs qaysi nom bilan atalgan?
224. Shayboniylarda temir simdan mayda to`qilib, usti ipak va baxmal mato
bilan yopilgan sovut nima deb ataladi?
225. Shayboniylarda qaysi yilga kelib butun davlat bo`ylab bir xil tangalar
zarb etish yo`lga qo`yildi?
226. Shayboniylar davrida urush harakatlari vaqtida asosan o`troq aholidan
qaysi soliq turi undirib olingan?
227. Muhammad Shayboniyxon qaysi hududni egallagach jome masjidida
kengash chaqirib, pul islohoti haqidagi farmonni e`lon qiladi?
228. XVI asrning boshlarida qaysi hudud Xudoyberdi Sultonning suyurg`ol
mulki bo`lgan?
229. Shayboniylar davrida qaysi mansab egasiga davlatning ichki va tashqi
siyosati hamda harbiy masalalarda oliy hukmdorning birinchi maslahatchisi
sifatida qaralgan?
230. Abdullaxon II tomonidan Shahrisabz, Qarshi, Hisor viloyatlari qachon
Do'stlaringiz bilan baham: |