1. Markariz osiyo haqida ma’lumot beruvchi manbalar O’rta Osiyo hududidagi qadimgi davlatlar


Download 37.76 Kb.
bet5/6
Sana27.01.2023
Hajmi37.76 Kb.
#1132198
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
AVESTO MARKAZIY OSIYO TARIXIGA OID MUHUM MANBA SIFATIDA

Ptolomey Klavdiy (taxminan 90-160 yy.) – mashhur qomusiy olim, Aleksandriyada yashab ijod qilgan. U astronomiya, geometriya, fizika (optika, mexanika) hamda geografiyaga oid asarlar yozib qoldirgan.
Jahonga mashhur “Almagest”- “Al-majastiy” (18 kitobdan iborat, astronomiya va trigonometriya ilmlarini o’z ichiga oladi), “Optika” (5 kitobdan iborat), “Germanlar haqida tushuncha” (3 kitobdan iborat) va, nihoyat, “Geografiya” shular jumlasidandir. Lekin olimga shuhrat keltirgan asarlari “Almagest” va “Geografiya”dir.
Xullas, O’rta Osiyo xalqlarining ajdodlari yozma manbalar, arxeologiyaga oid topilmalar, toponomik nomlar, folklor ashyolar, qadimgi yozma bitiklar ma’lumotlariga qaraganda miloddan avvalgi bir minginchi yillikda xorazmiylar, so’g’dlar, baqtriyaliklar, massagetlar, saklar, daxlar kabi qibilalar va elatlar yashaganlar. Bu qabila va elatlar ular yashagan o’lkalar nomi bilan atalgan: xorazmiylar-Amudaryoning quyi oqimi, baqtriyaliklar-Surxondaryo vohasi, shimoliy Afg’oniston va janubiy Tojikiston yerlari, sug’diylar-Zarafshon vodiysi, Qashqadaryo vohasi, chochliklar-Toshkent vohasi, parkanaliklar-Farg’ona vodiysi.
Ammo tarix fani oldida turgan bir muommo bor, u ham bo’lsa O’rta Osiyoda ahamoniylar davlatiga qadar mavjud bo’lgan ilk davlat birlashmalari tarixini chuqur tadqiq etish masalasidir. To’g’ri, bir qator muarrixlarning yozma asarlarida yuqorida qayd etilgan katta Xorazm va Baqtriya podsholigi haqida qaydlar bor. Ammo bu manbalar xrornologik tartiblarda berilmagan, uzuq-yuluq va juda qisqa xabarlardan iborat, xolos. Ularning kattagina qismi afsonaviy tavsifdadir.

Makedoniyalik Aleksandr vafotidan so’ng, uning saltanati uch mustaqil davlatga: Makedoniya, misr, Suriyaga bo’linib ketadi. Misr-Ptolomey avlodlariga va Suriyadan to O’rta Osiyo –Hindistongacha salavkaga tegadi. Salavka 312-yildayoq Bobilda o’z hukmronligini mustahkamlagan edi. Shundan so’ng Salavka sharqiy satrapliklarni ham egallaydi. Bu masalada Salavka bilan Nikanor o’rtasida kurash kuchayadi. Salavka mil.avv. 311-302 yillarda boshqa satraplar bilan ham jang olib boradi va Sharqda o’z hukmronligini mustahkamlaydi. Ana shu tariqa Salavka I parfiyanlar, baqtriyalik so’g’diylar, girkanlar ustidan o’zining tanho hukmronligini o’rnatadi.
302 yildagi Suriya, Kichik Osiyo va Mesopatamiya viloyatlari uchun Salavka bilan Antiox o’rtasidagi jang bir yilga cho’ziladi, bu jang Salavkaning g’alabasi bilan yakunlanadi. 293 yilda Salavka o’z poytaxtini Bobildan Suriyaga-Antioxiyaga ko’chiradi.
Salavka 293 yilda sharqiy viloyatlarning ishini o’z o’g’li Antioxga topshiradi va uni hukmdor qilib tayinlaydi. Bu viloyatlar salavka davlati iqtisodiyotida katta o’rin tutadi.
Strabon bergan ma’lumotlarga qaraganda Antiox Marg’iyonada o’z nomiga qurdirgan shahar-Antioxiyani ko’chmanchilarning tinimsiz xujumidan himoya qilish maqsadida Murg’ob vohasi atrofini 250 km devor bilan o’rab olgan. Ammo ko’chmanchilarning xujumlari bu bilan to’xtamagan. Ular u yoki bu shahar devorlari ostida yoki ekinzor dalalar hamda voha bog’larida kutilmaganda paydo bo’lar va yana tezda ko’zdan g’oyib bo’lar edilar. Ana shunday og’ir bir vaziyatda Salavka I Hindistonga qarshi urush boshlaydi. Bu urush uning mag’lubiyati bilan yakunlanadi. Natijada salavkiylarning O’rta Osiyodagi obro’siga putur yetadi, ulaga qarshi qo’zg’olonlar boshlanadi. Xullas Salavka I vafotidan so’ng davlatning zaminiga putur yetadi. Sharqiy viloyatlar oltin, fil lazuritlari bilan doimo jarima to’lab tursalarda, ularning mustaqillikka intilayotganlari sezilib turardi. Bu jarayon, xususan, mil.avv. III asr o’rtalariga kelganda ko’zga yaqqol tashlana boshlandi.
Bu darda Baqtriya va So’g’diyonada aholi dehqonchilik bilan shug’ullunardi. Shaharlarning o’sishi, hunarmandchilik va suv xo’jaligining taraqqiyotiga ta’sir etgan. O’rta Osiyoning salavkiylar davlati tarkibida bo’lishi so’zsiz suratda Ellin madaniyati ta’sirining o’lka xalqlari orasida tarqalishiga sabab bo’lgan omildir4.
Yuqorida qayd etilganidek milodan avvalgi III asrning o’rtalarida salavkiylar saltanati inqiroz sari yuzlanadi. Sharqiy satraplklar markaziy hokimiyatga bo’ysunishdan bosh tortib, mustaqil siyosat yurgizishga intilardi. Xususan, bu sohada Parfiya va Baqtriya satrapliklarining faoliyati alohida diqqatga molikdir.Baqtriya va Parfiya satrapliklari o’zlarining mustaqil davlatlarini tuzish uchun juda ko’plab sa’yi xarakatlarini amalga oshirganliklarini g’am kuzatishimiz mumkin.
Parfiya podsholigi-mil.avv. Taxminan 250 yilda Kaspiy dengizining januby va janubiy-sharqiy tomonida vujudga kelganqadimiy davlat. Azamat Ziyo bu davlat haqida shunday yozadi: “Mintaqamizning Atrek hamda Go’rgon daryolari yuqori havzasida joylashgan (Janubiy Turkmaniston, Shimoliy-Sharqiy Eronning bir qismi) tarixiy makonlaridan biri qadimgi Parfiya nomi bilan yuritilgan. “Avesto”da Ahura Mazdaning beshinchi bo’lib Nisaya o’lkasini yaralgani haqida so’z bor. Nisayaning hozirgi Ashgabad yaqinidagi harobalari saqlanib qolgan ko’xna Niso shahri Parfiyaning dastlabki markazi bilan bog’liqligiga shubha qilmasa ham bo’ladi”5.
Xususan, O’shdan 8 km uzoqlikdagi Ayrimchatovning qoya adirlaridan 30 ta chiroyli zotdor otlarning tasvirlari bor. Xuddi shunga o’xshash tasvirlar Marxamat yaqinidagi Aravan qoyasidan, Navqat vohasi va Obishirsoydan ham topilgan. Bu tasvirlar Davan o’zining samoviy otlari bilan qadimdan mashhur bo’lganligini tasdiqlabgina qolmay, Farg’onaliklarning yuksak san’at sohiblari bo’lganligidan ham dalolat beradi. Manbalarning guvohlik berishicha, qo’shni davlatlar, hususan xioy imperatorlari Davan otlarini nihoyatda qadrlaganlar6.
Juda ko’pchilik tadqiqotchilarninig fikricha, Zaratushtra afsonaviy bo’lmasadan, tarixiy shaxs hisoblanadi. U yunon-rim manbalarida Zoroastr, qadimgi fors tilida Zardusht, o’rta fors tilida Zaratushtra nomi bilan eslatiladi.Manbalarning guvohlik berishicha, u Spitama avlodidan bo’lib, otasini Porushasp, onasini Dugdova deb atashgan. Uning nomi “oltin tuchli”, “oltin tuya yetaklagan odam” ma’nosini beradi.Zaratushtraning otasi kohinlar tabaqasiga mansub bo’lib, u tug’ilgan mamlakat bizga noma’lum. Bularning barchasi Zaratushtra hayoti tarixi, uning tug’ilgan joyi va sanasi, zardushtiylikning vatani hamda dastlabki yoyilgan hududlari haqida to’la ma’lumot bera olmaydi. Ammo, Avestoning maxsus boblari Zaratushtrani tarixiy shaxs sifatida yoritadi7.
Sharqshunoslar orasida “Avesto” ning yaratilishi haqida turli fikrlar mavjud: ularninig ayrimlari yodgorlik tarkibidagi eng ko’hna madhiyalar, miflar va mifologik borazlarga suyanib, uning dastlabki qismlari eramizdan oldingi IX asrlarda yaratilgan, degan hulosaga kelishgan. Ular ba’zi matn va madhiyalaryakkahudolik e’tiqodi paydo bo’la boshlagan ilk paytlarda kohinlar tomonidan yaratilib, keyinchalik “Avesto”ni tuzganlar ulardan ham foydalangan, deb uqtirishadi. Bir guruh avestoshunoslar kitobninig yozila boshlashini bevosita Zardushtning Sablon tog’ida kechgan hayoti bilan bog’laydilar va bunda Hotlar asosan payg’ambar she’rlaridan tashkil topganiga suyanadilar. Harxolda “Avesto”da ajdodlarimizning eng qadimiy she’rlari, musiqa, badiiy tafakkur mevalari, diniy aqidalariyu ilmiy dunyoqarashlari mujassamlangani aniq8.
“Avesto” Zardusht va mazdoparastlik dini ulamolari tomonidan yozilib, to’planib bo’lgach, maxsus kotiblar tomonidaning ho’kiz terisidan tayyorlangan qog’ozga oltin suvi bilan ko’chirilgan. Yuqorida ta’kidlanganidek, “Avesto” 21 nask (kitob) dan iborat bo’lgan. Bu haqda “Tarixi Balamiy”da ham aniq ma’lumot mavjud. Makedoniyalik Iskandar Eronni bosib olgach, “Avesto” ning “dijnabisht”-arxivd, otashkada, xazinalarida saqlanayotgan eng nodir nus’hasini tarjima qildirib olib, o’zini yoqtirib yuboradi.Gushtasp xazinasidagi “Avesto” nusxasining taqdiri hamon noma’lumligicha qolmoqda. Sosoniylar sulolasining dastlabki podshosi Ardasher Bobokan Xirbadan nomli donishmandga “Aveston” ni qayta tiklash vazifasini topshiradi. U bir qancha zardushtiy ulamolar bilan hamkorliada obidani asl holiga keltiradi. Keyingi tadqiqotlardan aniqlanishicha, Xirbadan yuborgan yetti mu’bad Seiston, Balx, Marv hamda Eron Vij (Xorazm)ni kezib chiqadilar.Ular Turonzaminda “avesto”ni yoddan biladigan baxshilarni qidirib topadilar. Natijada “Gohlar” hamda “Vendidod”ning eng mukammal nusg’alarini xorazmlik uchta mu’bad og’zidan yozib olishadi. Sarchashmalarning guvohlik berishicha, zardushtiylik uzil-kesil shakllangan davrlarda markaziy shaharlarda podsho yoki hokim farmonlari. Markaziy hokimiyatning mahalliy boshqaruvchilarga, qo’shni davlatlarga yo’llagan maktublarining nus’halari har xil nask (kitob)lar saqlanadigan “dijnabisht” (arxivlar) mavjud bo’lgan. Samarqand dijnabishtida “Avesto”ning nodir nus’halaridan biri saqlangan.
Shundan so’ng Shopur ikki davrida mu’badlarning mu’badi Ozorpod Mehrospondon “Avesto”ning parokanda qismlarini to’playdi., unga ko’p nom, tushunchalarni keng sharhlovchi “Zend Avesto” kitobini yaratadi. Arablar istilosi davrida o’z e’tiqodlarida sobit qolgan yuzlab eroniylar xonadoni Janubiy Hindistonga hijrat qiladilar va hozirgi ajdodlar udumini asrab qolishgan. Ularning Bombeyda zardushtiylik udumini o’rganadigan Koma ilmiy markazi ham mavjud. Ana shu ma’naviyat o’chog’ida Ardasher davrida ko’chirilgan “avesto” nusxalari saqlanadi. Shuningdek, kitobning bir qo’lyozmasi Rossiya Federasiyasining Sankt-Peterburgdagi Saltikov Shchedrin nomidagi Davlat kutubxonasining Sharq qo’lyozmalari bo’limida ham mavjud. Bundan tashqari “Avesto” XIX asrning o’rtalarida fransuz, ingliz va nemis, rus tillarida ilmiy izohlar bilan bir necha marotaba nashr etilgan: endilikda biz “Avesto”ning ikki muallif tomonidan bajarilgan nomukammal tarjimasiga ham egamiz9.
Zoroastrizm – otashparastlik, miloddan avvalgi VI – milodning VI asri dinining muqaddas kitobi bo’lib, miloddin avvalgi VI- milodning VI asrlarida yozilgan, Eron hamda O’rta Osiyo xalqlarining qadimgi madaniyati, ‘‘tiqodi, tili, adabiyoti va qisman tarixini o’rganishda asosiy manba hisoblanadi.
Asarning yozilgan joyi haqida turlicha fikrlar mavjud. Bir guruh olimlar fransuz J.Darmsteter, ozarbayjon olimi I.Aliyev “Avesto” Midiya - hozirgi Eronning shimoliy-g’arbiy qismi va Ozarbayjonda yozilgan desalar, ko’pchilik V.V.Struve, S.P.Tolstov, F.Altxaym va boshqalar Amudaryo bo’yida joylashgan viloyatlarda, Balx va Xorazm oralig’ida yaratilgan, deb hisoblaydilar. Oxirgi fikr so’nggi vaqtlarda Eron olimlari, masalan Ibrohim Pur Dovud tarafidan ham e’tirof etildi.
“Avesto” matni to’liq saqlanmagan. Bizgacha, uning juda oz qismi yetib kelgan, xalos. Ma’lumki “Avesto” Kayoniy hukmdorlardan Gishtosp – Vishtosp zamonida kitob holiga keltirilgan. Rivoyatlarga qaraganda, uning gatlar deb ataluvchi asosiy qismi xudo Zaratushtra tomonidan yozilgan va Mas’udiy, Tabariy va Beruniylarning so’zlariga qaraganda, 12 000 ho’kiz terisidan tayyorlangan maxsus pergamentga oltin harflari bilan yozilgan. O’sha vaqtlarda uning uch nusxasi mavjud bo’lgan, lekin bir nusxasi Iskandar Zulqarnaynning amr-farmoni bilan yoqib yuborilgan. Ikkinchi nusxasini Yunonistonga olib ketilgan, uchinchi nusxasi esa otashparastlar diniga o’ta e’tiqodli bo’lgan kishilar qo’lida saqlanib qolgan. Lekin bu nusxa to’la emas.
Asarning saqlanib qolgan qismlarini to’plash va kitob holiga keltirish ishlari Parfiya podshosi Valgash 111 (148-192 yy.) hamda Sosiniylar (milodning 111 asri) davrida ham davom ettirildi. “Avesto” sosoniy Shopur II (309-379) davrida tartibga solindi, izohlar va qo’shimchalar (zand) bilan boyitildi va to’la kitob holiga keltirilib, asosiy qismlari pahlaviy tiliga tarjima qilindi. Bu kitob “Zand Avesta” nomi bilan mashhur.
Afsuski, “Zand Avesta” ham bizning zamonimizgacha to’la holda yetib kelmagan. Uning bir qismi Iskandar Zulqarnayn yurishlari vaqtida, boshqa bir qismi esa arablar istilosi (674-715 yy.) vaqtida yo’q qilingan. Asarning bizgacha yetib kelgan qismi, professor Ye.Ye.Bertelsning ma’lumotiga qaraganda10, 83 000 so’zdan iboratdir. U asosan to’rt qismdan – yasna, yashtov, vispered, vendidad tashkil topgan. Yasna tarkibiga kirgan gat deb ataladigan qo’shiqlar “Avesta”ning eng ko’hna va qimmatli qismlaridir11.
“Avesto”ning qo’shiqlari va qissalari Abulqosim Firdavsiyning (taxm.940-1030 yy.) “Shohnoma” dostoniga manba bo’lib hizmat qilgan.
“Avesto” nisbatan yaxshi o’rganilgan (K.Zalemen, X.Bartolomey, Ye.Ye.Bertels, V.V.Struve va boshqalar). U fransuz (Anketel dyu Perron, Y.Darmsteter), rus (K.A.Kossovich), ingliz (L.X.Mayls), Laniya (A.Xristensen) va fors (Ibroham Pur Dovud) tillariga tarjima qilingan. Uning Kopengagenda (Daniya) saqlanayotgan yagona nusxasi asosida tayyorlangan fotomatni 1937-1944 yillari olti jild qilib nashr etilgan.
“Avesto” boshqa barcha diniy kitoblar singari qomusiy mohiyatga ega bo’lgan asar hisoblanadi. Unda zardushtiylik dinining qonun-qoidalari, farz va sunnatlari, Yazdoning pokning chkkayu-yagona yaratuvchilik qudrati ta’rifiyu madhi bilan birga ijtimoiy hayot, turli ijtimoiy tabaqalar, moddiy olam, har xil kasb sohiblarining turmushda tutgan o’rni, dunyo va insonning nokomilligi, mavjud tuzum tartib-nizomlari, ularning musbat va manfiy tomonlari, mazdoparastlikning asl mohiyati, boshqa dinlardan farqi, inson tafakkurining mutlaq moya bilan bog’liqligi va boshqa ko’p masalalar xususida falsafiy mushohadalar yuritiladi.
Shuningdek, xotin-qizlar haq-huquqini e’zozlash, oila daxlsizligi va mustahkamligiga erishish, ota-onalarning farzand oldidagi, farzandlarning ota-ona nazdidagi burchi, qizlarni oilaviy turmushga tayyorlash xususida ham ibratomuz fikrlar mavjud.
Ma’lumki, mazdoparastlik diniga Zardusht asos solgan. U butparastlik, ashyoparastligu devparastlikka asoslangan ko’pxudolik, uning kasofati o’laroq hukm surgan johiliyatga qarshi uzoq davom etgan kurash natijasida paydo bo’ldi. Zardusht Ahuramazdadan vahiy kelib, xalq orasida yangi dinga da’vatni boshlab yuborar ekan, o’zining ta’limotida “Andeshai nek” (eng avvalo, pok e’tiqod), “Guftori nek” (to’g’ri, rost so’z), “Kirdori nek” (Tangrini kuylab madh etmoq yaxshi amal)ga suyanadi. Demak, Zardushtiylikda bosh masala e’tiqodda sobitlik, rostkashligu halolu fidoyilik ustun turadi. Hot va yashtlarni ko’zdan kechirar ekanmiz, ana shu bosh masala bir qizil ipdek tizilib o’tadi. Ayni paytda Zardusht ijtimoiy, siyosiy, ma’naviy hayotda bir inqilobchi, reformator sifatida gavdalanadi.
Zardusht ta’limoti kishilarni faqat diniy ahkomlarni o’rganib, ibodat bilangina shug’ullanish, go’shanishinlikka undaydi. U ruhiyatda Tangrini asrab, tilda ibodat qilib, yerga ikki qo’llab ishlov berish lozim, chorvani ko’paytirib, bog’lar o’stirish zarurligini qayta-qayta takrorlaydi. Uningcha insonning yashashdan maqsadi metindek e’tiqodlibo’lib, yurtni obod, elni farovon, turli qavmlarning bir-biri bilan do’st-inoq bo’lib yashashini ta’minlashdan iborat bo’lmog’i zarur. Shuning uchun ham “cho’lga suv chiqazib, yerning sho’rini yuvib, zahini qochirib, yerga ishlov berganlar” eng mo’tabar insonlar hisoblanadi.
Barcha avestoshunoslar Zardushtni sharq falsafiy tafakkuriga axloq kategoriyasini olib kirgan, deyishadi. Shuning uchun ham ular Zardushtning “Amudaryo naqadar buyuk va suvi qanchalik pok va shirin bo’lsa, bizning din ham shunchalik buyuk va pokizadir”, degan so’zlarini ko’pincha iqtibos qilib keltiradilar



Download 37.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling