1. Markariz osiyo haqida ma’lumot beruvchi manbalar O’rta Osiyo hududidagi qadimgi davlatlar


Download 37.76 Kb.
bet2/6
Sana27.01.2023
Hajmi37.76 Kb.
#1132198
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
AVESTO MARKAZIY OSIYO TARIXIGA OID MUHUM MANBA SIFATIDA

Pompey Trog ( milodgacha I-milodning I asrlari o’rtasida yashab o’tgan) – “Filipp tarixi” asari bilan mashhur bo’lgan Rim tarixchisi. 44 kitobdan iborat bu asar afsonaviy Assuariya podshohlari zamonidan to Rim imperatori Avgust (miloddin avvalgi 63 – milodning 14-yili) davrigacha bunyoda bo’lib o’tgan voqyealarni bayon qiladi, lekin asosiy e’tibor Yunonistonning makedoniyalik Filipp II (miloddan avvalgi 359-336-yy.) va Iskandar Zulqarnayn davridagi ijtimoiy-siyosiy tarixini bayon etishga qaratilgan.
Mazkur asarning qimmati shundaki, u bir talay noma’lum kitoblarga suyanib yozilgan, Rim, Yunoniston kabi yirik davlatlarning paydo bo’lishi va tarixini keng yoritib bergan. Muhimi shundaki, muallif bunday davlatlarning oxir-oqibatda inqirozga uchrashini aytadi. Pompey Trog tarixni harakatga keltiruvchi kuch urf-odat va taqdir deb hisoblagan.
“Filipp tarixi”da skiflar, Baqtriya, Iskandar Zulqarnayn davrida Baqtriya va So’g’dda qurilgan shahar va katta imoratlar, Iskandar Zulqarnayn vafotidan keyin yuz bergan voqyealar, parfiyaliklarning kelib chiqishi, ularning urf-odatlari, Parfiya podsholigini tashkil topishi, Baqtriya, Parfiya va Midiyaning o’zaro munosabatlariga oid muhim ma’lumotlar mavjud.
Pompey Trogning bu asari Yustin tarafidan qisqartirilib qayta ishlangan shaklda bizning zamonimizgacha yetib kelgan va Ruxl tomonidan 1935 yili chop qilingan. Uning ruscha tarjimasi A.A.Dekonskiy va M.M.Rijskiy tomonidan “Vestnik drevney istorii” jurnalining 1954 yil 2-4 va 1955 yil 1-sonlarida bosilgan.
Arrian Flaviy (taxminan 95-175-yy.) – yirik yunon yozuvchisi, tarixchisi va geograf olimi, Kichik Osiyoning Nikomadiya shahridan. U “Iskandar haqida”, “Parfiyaliklar haqida”, “Hindiston” va 7 jildlik “Iskandarning yurishlari” nomli kitoblar muallifidir.
O’zbekiston va Eronning qadimiy tarixini o’rganishda Arrianning “Iskandarning yurishlari” nomli asari muhim ahamiyat kasb etadi. Unda fotihning O’zbekiston, Eron hududlari va boshqa mamlakatlarga istilochilik yurishlari tarixi batafsil bayon qilingan.
Asar panegrizm-maddohlik ruhida yozilgan – muallif Iskandar Zulqarnayn va uning faoliyatini ko’klarga ko’tarib ulug’laydi. U ko’pgina qo’lyozma manbalar va rasmiy hujjatlar asosida yozilgan bo’lib, mavzu bo’yicha muhim va asosiy manbalardan hisoblanadi.
Arrian Flaviyning “Iskandarning yurishlari” asari nemis (Myuller, Leypsig, 1886 y.) hamda rus (Korenkov, Toshkent, 1912 y. va M.Ye.Sergeyenko, M.-L., 1962 y.) tillarida nashr etilgan.

Download 37.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling