1 martdan nimalar o‘zgaradi?


IIV tizimidagi «Topilmalar stoli» faoliyati tugatiladi


Download 72.09 Kb.
bet6/26
Sana24.03.2023
Hajmi72.09 Kb.
#1293162
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
1 martdan nimalar qarorlar

IIV tizimidagi «Topilmalar stoli» faoliyati tugatiladi
Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 18 yanvardagi qaroriga ko‘ra, IIV «Topilmalar stoli» faoliyati tugatiladi. Uning o‘rniga tuman (shahar) davlat xizmatlari markazlari tomonidan yo‘qolgan va topib olingan ashyolarni qabul qilish, saqlash va egalariga qaytarish yoki tegishli davlat tashkilotlariga topshirish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatilishi boshlanadi.
Shuningdek, yo‘qolgan ashyolarni qidirish bo‘yicha murojaatlar YaIDXP orqali ham qabul qilinishi yo‘lga qo‘yiladi.
«E-ekspertiza» yagona elektron axborot tizimi ishga tushiriladi
Prezidentning 2021 yil 5 iyuldagi qarori bilan sud ekspertlari va ekspertiza to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish, ularga ishlov berish jarayonlarini kompleks avtomatlashtirish, aholiga va vakolatli organlarga sud-ekspertlik faoliyatiga doir ma’lumotlarni yetkazish, ekspertiza harakatlarini amalga oshirishga aloqador tashkilotlar bilan axborot hamkorligining barcha turlarini ta’minlash uchun mo‘ljallangan «E-ekspertiza» yagona elektron axborot tizimi ishga tushiriladi.
Yeruchastkalaridan oqilona foydalanish vamuhofaza qilishda jamoatchilik nazorati kuchaytiriladi
Prezidentning 2022 yil 21 fevraldagi qaroriga binoan yer uchastkalaridan oqilona foydalanish va muhofaza qilishda jamoatchilik nazoratini kuchaytiriladi:

  • aholi va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallash va ulardan noqonuniy foydalanish holatlari bo‘yicha Bosh prokuratura (1007 qisqa raqami) va Kadastr agentligiga (1097 qisqa raqami) yuborilgan fotosurat va videoyozuvlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi;

  • fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman (shahar) hokimining yordamchilariga (keyingi o‘rinlarda — hokim yordamchilari) o‘z hududida qurilishi boshlangan har qanday bino yoki inshootlarning qonuniyligini aniqlash bo‘yicha mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga, qurilish va kadastr organlariga so‘rov yuborish huquqi beriladi.

Bunda mazkur so‘rovlar 5 ish kunida majburiy tartibda ko‘rib chiqilib, qurilishi boshlangan bino va inshootlarga ruxsat beruvchi hujjatlar mavjud yoki mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumot taqdim etiladi.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari so‘rovlar asosida olingan ma’lumotlarni o‘z binosida barcha fuqarolar uchun ko‘rinarli bo‘lgan joyda joylashtiradi hamda aniqlangan noqonuniy holatlar bo‘yicha ma’lumotlarni bir kunlik muddatda yer sohasida nazoratni amalga oshiruvchi organlarga taqdim etadi.
Nashr etmoq






Download 72.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling