1 martdan nimalar o‘zgaradi?
Qishloq xo‘jaligi va qurilish sohalari bo‘yicha
Download 72.09 Kb.
|
1 martdan nimalar qarorlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Ko‘chmas mulk va bank sohalari bo‘yicha
2. Qishloq xo‘jaligi va qurilish sohalari bo‘yicha:
Qurilishning loyiha hujjatlariga o‘simliklarni salbiy ta’sirdan himoya qilishga oid majburiy talab kiritiladi Qurilish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash, qurilish ob’ektlarini obodonlashtirish, buzish, qurilish ob’ektlarini foydalanishga qabul qilish paytida loyihalash hujjatlariga quyidagi majburiy talablar kiritiladi: - o‘simlik dunyosi ob’ektlariga, ularning o‘sish muhitiga salbiy ta’sirning oldini olish, shuningdek, ularni bunday ta’sirdan himoya qilishni ta’minlaydigan choralar; - qonun hujjatlariga muvofiq kompensatsiya choralari; - ko‘kalamzorlashtirish ishlarini loyihalashtirish qoidalariga hamda shu sohadagi me’yorlarga muvofiq amalga oshirish. Qurilish sohasidagi ayrim xodimlar maoshi oshadi Byudjet tizimidagi byudjet mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladigan ob’ektlardan tashqari kapital ta’mirlash ob’ektlarida davlat qurilish nazoratini amalga oshirish bo‘yicha talablar bekor qilinadi. Shuningdek, Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi xodimlari mehnatiga haq to‘lash miqdorlari 1,4 barobarga oshiriladi. «Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni kuchga kiradi. Respublika bo‘yicha – tegishli ravishda traktorchi-mashinist guvohnomasini rasmiylashtirishda – traktorchi-mashinist guvohnomasining, texnikalarni ro‘yxatdan o‘tkazishda (qayta ro‘yxatdan o‘tkazishda) – texnik pasport va texnik guvohnomaning yangi namunalari beriladi. 3. Ko‘chmas mulk va bank sohalari bo‘yicha: Yer ajratish haqidagi hujjatlar hokimliklarning rasmiy veb-saytlarida e’lon qilib boriladi Aholi maskanlarining me’moriy qiyofasini tubdan yangilash va obodonlashtirish, shuningdek, ularda kompleks qurilish va rekonstruksiya qilish ishlarini amalga oshirishga oid qarorlar dastlab o‘sha hududdagi aholi o‘rtasida muhokama qilinib, jamoatchilik ekspertizasidan o‘tkaziladi. Shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarga yer ajratish haqidagi hujjatlar qabul qilinganidan (rasmiylashtirilganidan) keyin bir kun muddatda tegishli hokimliklarning rasmiy veb-saytlarida e’lon qilib boriladi. Ayrim hududlarda kadastr pasportining yangi namunasi joriy etiladi Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari, shuningdek, Toshkent shahrida – 2020 yil 1 martdan boshlab plastik shaklda tayyorlanadigan ko‘chmas mulk ob’ekti kadastr pasportining yangi namunasi joriy etiladi. Bunda, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari, Toshkent shahrida joylashgan ko‘chmas mulk ob’ektiga bo‘lgan mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar vujudga kelgan, boshqa shaxsga o‘tgan, bekor bo‘lgan yoki ko‘chmas mulk ob’ektining huquqiy holati o‘zgarganligini tasdiqlash yuzasidan murojaat qilinganda, ariza beruvchiga DXMlar orqali yangi namunadagi kadastr pasporti beriladi. Ipotekaning yangi tartibi bo‘yicha subsidiyaga arizalar DXM orqali beriladi Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlashning yangi tartibi doirasidagi subsidiyalar olish uchun arizalar Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali beriladi. 10. Nodavlat tibbiy tashkilotlarda litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinishi ustidan 2,5 yilda ko‘pi bilan bir marta davomiyligi 5 kundan oshmagan tekshiruv o‘tkaziladigan bo‘ladi. Shuningdek, Davlat yong‘in nazorati organlari tomonidan yong‘in xavfliligiga ko‘ra ob’ektlar bo‘yicha quyidagi muddatlarda yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilinishi yuzasidan tekshiruv o‘tkaziladi: - 1 guruhga kiradigan ob’ektlarda – 1 yilda ko‘pi bilan bir marta; - 2 guruhga kiradigan ob’ektlarda – 2 yilda ko‘pi bilan bir marta; - 3 guruhga kiradigan ob’ektlarda – 3 yilda ko‘pi bilan bir marta. Download 72.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling