1 martdan nimalar o‘zgaradi?


Ijtimoiy soha va boshqalar


Download 72.09 Kb.
bet15/26
Sana24.03.2023
Hajmi72.09 Kb.
#1293162
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   26
Bog'liq
1 martdan nimalar qarorlar

4. Ijtimoiy soha va boshqalar:
Nazorat ostidagilarga ijtimoiy-huquqiy va psixologik yordam ko‘rsatish bo‘yicha vazirlik va idoralar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi.
Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini yangidan qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash, moliyalashtirish manbalaridan qat’i nazar, «Zamonaviy maktab»larni qurish va rekonstruksiya qilishning namunaviy loyihalari va jihozlash me’yorlari asosida amalga oshiriladi.
Jamoat maqsadlariga mo‘ljallangan va kecha-kunduz ishlaydigan, sanitariya va shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga javob beradigan sanitariya-gigiyena shoxobcha (xojatxona)lari bilan jihozlanmagan AGTKS, AGQS va AYOQSlarning faoliyat ko‘rsatishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ijtimoiy va uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohalarida hamda iqtisodiyot tarmoqlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etish, energiya samaradorligini oshirish orqali respublika hududlarida energiya taqchilligi qoplanishini ta’minlash, bu boradagi ishlarni kompleks tashkil etish hamda investorlar uchun qulay sharoitlar va rag‘batlantirish mexanizmlarini joriy qilish maqsadida:
1. Energetika vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2023 yil uchun quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflari qo‘llab-quvvatlansin:
umumiy quvvati 4 300 MVt bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalarini, shu jumladan, 2 100 MVt – yirik quyosh va shamol elektr stansiyalari, 1 200 MVt – ijtimoiy soha ob’ektlari, xo‘jalik sub’ektlarining bino va inshootlari hamda xonadonlarda o‘rnatiladigan quyosh panellari550 MVt – tadbirkorlar tomonidan barpo etiladigan kichik fotoelektr stansiyalarini ishga tushirish;
qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini o‘rnatish, iste’molchilarni muqobil energiyaga o‘tkazish va energiya tejamkor texnologiyalarni joriy qilish orqali 2023 yilda qo‘shimcha 5 milliard kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarish va 4,8 milliard metr kub tabiiy gazni iqtisod qilish;
ushbu maqsadlarga jami 15,4 milliard AQSH dollari miqdoridagi mablag‘larni yo‘naltirish, shu jumladan, 13,4 milliard AQSH dollari – davlat-xususiy sheriklik loyihalari doirasida investorlar mablag‘lari, 1,1 milliard AQSH dollari – tijorat banklari kreditlari, 610 million AQSH dollari – korxonalarning o‘z mablag‘lari, 150 million AQSH dollari – xorijiy moliyaviy tashkilotlar mablag‘lari va 100 million AQSH dollari ekvivalentidagi Davlat byudjeti mablag‘lari.

Download 72.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling