1 martdan nimalar o‘zgaradi?
Download 72.09 Kb.
|
1 martdan nimalar qarorlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Markaziy bank raisining o‘rinbosari A.A.Turdaliyev
7. Vazirlar Mahkamasi (A.Aripov) uch kun muddatda mazkur qarorga 2-ilovadagi reja bajarilishining oyma-oy grafigini tasdiqlasin va uning ijrosi yuzasidan har oyda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot kiritib borsin.
Vazirliklar, davlat idoralari va tashkilotlarining birinchi rahbarlari o‘zlarining tuzilmalaridagi idora va tashkilotlarning binolarida quyosh panellari o‘rnatilishiga shaxsan javob berishi to‘g‘risida qat’iy ogohlantirilsin. 8. Savdo-sanoat palatasi va tijorat banklarining 3-ilovaga muvofiq 2023 yilda jami 11 ming nafar tadbirkorning bino va inshootlarida quyosh panellari o‘rnatish hamda kichik fotoelektr stansiyalarini barpo etish rejasi qo‘llab-quvvatlansin. Mazkur rejalar to‘liq amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha shaxsiy javobgarlik Markaziy bank raisining o‘rinbosari A.A.Turdaliyev va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining investitsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari zimmasiga yuklatilsin. 9. Belgilansinki: 2023 yil 1 apreldan boshlab umumiy quvvati 100 kVtgacha bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini o‘rnatgan jismoniy va yuridik shaxslar ushbu qurilmalar bo‘yicha mol-mulk solig‘i, qurilmalar bilan band bo‘lgan uchastkalar bo‘yicha yer solig‘i hamda yuridik shaxslar tomonidan umumiy tarmoqqa sotgan elektr energiyasi uchun olgan foydasidan hisoblanadigan foyda solig‘ini to‘lashdan ular foydalanishga topshirilgan paytdan e’tiboran uch yil muddatga, o‘rnatilayotgan quyosh panellarining quvvatiga nisbatan 25 foizdan kam bo‘lmagan quvvatga ega elektr energiyasini saqlash tizimi bilan o‘rnatilgan bo‘lsa – o‘n yil muddatga ozod etiladi; 2023 yil 1 martdan boshlab yagona elektr energetika tizimiga ulanish uchun berilgan texnik shartlarda ko‘rsatilgan quvvatdan yuqori bo‘lmagan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini elektr tarmoqlariga ulashda qo‘shimcha texnik shart olish talab etilmaydi. 10. Belgilansinki, tadbirkorlik sub’ektlariga, shu jumladan, xorijiy investorlarga: qayta tiklanuvchi energiya manbalarida ishlab chiqarilgan elektr energiyasini davlat organiga va (yoki) hududiy elektr tarmoqlariga o‘rnatilgan tariflarda, boshqa iste’molchilarga o‘zaro kelishilgan narxlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri tuzilgan, shu jumladan, uzoq muddatli shartnomalar asosida sotishga; Download 72.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling