1 martdan nimalar o‘zgaradi?


Download 72.09 Kb.
bet25/26
Sana24.03.2023
Hajmi72.09 Kb.
#1293162
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Bog'liq
1 martdan nimalar qarorlar

Soliq va subsidiyalar
QQS stavkasi 12%ga tushiriladi
Joriy yilning avgust oyida o‘tkazilgan prezidentning tadbirkorlar bilan uchrashuvida 2023-yildan qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi 15%dan 12%ga tushirilishi haqida ta’kidlangandi.
QQS stavkasi oxirgi marta 2019-yil oktabr oyida 20%dan 15%ga tushirilgandi.
Chet davlat fuqarolariga QQS qaytarish tartibi belgilanadi
2023-yildan chet davlat fuqarolariga ular tomonidan O‘zbekiston hududidagi chakana savdo bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlardan ayrim turdagi tovarlarni sotib olishda to‘langan QQS summasini qaytarish — “tax free” tizimi tajriba tariqasida joriy etiladi.
“Tax free” mamlakatning barcha hududlaridagi chakana savdo obyektlarida qaror bilan tasdiqlangan ro‘yxatga kiritilgan tovarlarga nisbatan qo‘llaniladi.
Yagona 4%li soliq stavkasi joriy etiladi
2023-yildan boshlab mikro biznes uchun aylanmadan olinadigan soliqning amaldagi 4%dan 25%gacha bo‘lgan stavkalari o‘rniga yagona 4%li soliq stavkasi joriy etiladi.
Bunda, olis hududlardagi va alohida toifadagi tadbirkorlar uchun amaldagi 1 va 2%li stavkalar saqlab qolinadi.
Yoki, ular ixtiyoriy ravishda yiliga 20−30 mln so‘m to‘lasa, buxgalteriya hisobini yuritish va soliq idoralariga taqdim etish majburiyatidan ozod etiladi.
Ikkinchi toifa, ya’ni aylanmasi 1 mlrd so‘mdan oshib, umumiy soliq to‘lash tartibiga o‘tgan korxonalar bir yil davomida foyda solig‘ini 2 barobar kam to‘laydi.
Tadbirkorlar yillik moliyaviy hisobotlarni soliq organlariga topshirish majburiyatidan ozod etiladi
2023-yildan tadbirkorlar yillik moliyaviy hisobotlarni soliq organlariga topshirish majburiyatidan ozod etiladi.
Bunda aylanmadan olinadigan soliqni qat’iy belgilangan soliq stavkasi bo‘yicha to‘laydigan tadbirkorlar nazarda tutilgan.
Yuridik shaxslar tomonidan 2022-yildan keyin hisoblangan jismoniy shaxslarning ish haqi va boshqa daromadlari hamda soliq summalari to‘g‘risidagi arxiv hujjatlarini saqlash va arxivlarga topshirish majburiyati bekor qilinadi.
Shuningdek, ular joriy yildan elektron tarzda topshirilgan moliyaviy, soliq va statistika hisobotlarini saqlash hamda arxivlarga topshirish majburiyatidan ham ozod etiladi.
Mehnat qurollarini xarid qilishga subsidiya ajratiladi
Davlat rahbarining topshirig‘i ko‘ra, hokim yordamchilari bilan birgalikda har bir mahallada qurilish brigadalari tuziladi. 50 ming aholi daromadli mehnat bilan ta’minlanishi belgilangan. Bunda, ularga mehnat qurollarini xarid qilish uchun subsidiya ajratiladi.
Eksport hajmiga qarab subsidiya berish tizimi yaratiladi
Kelgusi yilda eksportni qo‘llab-quvvatlash kengaytirilib, tarmoqlarning eksport hajmiga qarab subsidiyalar beriladigan tizim yaratiladi.

Download 72.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling