1 martdan nimalar o‘zgaradi?


 2023 yilda foydalanishga topshiriladigan 765 ta


Download 72.09 Kb.
bet20/26
Sana24.03.2023
Hajmi72.09 Kb.
#1293162
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   26
Bog'liq
1 martdan nimalar qarorlar

17. 2023 yilda foydalanishga topshiriladigan 765 ta ko‘p qavatli uylarni qayta tiklanuvchi energiya manbalari bilan ta’minlash rejasi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ushbu rejaning bajarilishini ta’minlash bo‘yicha shaxsiy javobgarlik qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri B.I.Zokirov hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari zimmasiga yuklatilsin.
18. 2023 yil 1 maydan boshlab foydalanishga topshiriladigan ko‘p qavatli uylar tomlari bo‘sh qismining kamida 50 foizida quyosh panellarini o‘rnatish talabi joriy qilinsin.
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi (B.Zokirov):
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda bir hafta muddatda tadbirkorlik sub’ektlarini jalb qilgan holda ko‘p qavatli uylarda quyosh panellarini o‘rnatish va ularga xizmat ko‘rsatish kompaniyalari tashkil qilinishini ta’minlasin;
Energetika vazirligi (J.Mirzamahmudov) va Bojxona qo‘mitasi (A.Mavlonov) bilan birgalikda bir oy muddatda respublika hududlaridagi quyosh panellarini o‘rnatish va ularga xizmat ko‘rsatish kompaniyalari mutaxassislarida zarur ko‘nikmalarni shakllantirgan va texnik ma’lumotlar yetkazgan holda ularning malakasini oshirsin.
19. Bojxona qo‘mitasi (A. Mavlonov):
a) Texnik jihatdan tartibga solish agentligi bilan birgalikda ikki oy muddatda qayta tiklanuvchi energiya manbalari asosida energiya ta’minotini tashkil etish uchun asbob-uskunalar, texnika, xomashyo, butlovchi va ularning ehtiyot qismlari bo‘yicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarini qabul qilish;
belgilangan standart talablariga mos kelmaydigan quyosh panellari respublika hududiga olib kirilishining oldini olish bo‘yicha samarali choralar ko‘rsin;
b) foydalanishga topshiriladigan ko‘p qavatli uylarga quyosh panellarining sifatli o‘rnatilishini doimiy nazoratga olsin;
v) bir hafta muddatda quyosh panellarini import qilishni soddalashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin;
g) mazkur qarorning 18-bandida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan qat’iy nazorat o‘rnatsin;
d) amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha hamda foydalanishga topshiriladigan ko‘p qavatli uylarda quyosh panellarini o‘rnatish ishlarini jadallashtirish yuzasidan har chorakda Vazirlar Mahkamasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga hisobot kiritib borsin.

Download 72.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling