1 martdan nimalar o‘zgaradi?


boshqa shaxslarga tegishli ob’ektlarda


Download 72.09 Kb.
bet18/26
Sana24.03.2023
Hajmi72.09 Kb.
#1293162
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   26
Bog'liq
1 martdan nimalar qarorlar

boshqa shaxslarga tegishli ob’ektlarda ijara huquqi asosida qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini o‘rnatib, ushbu qurilmalarda ishlab chiqarilgan elektr energiyasini sotishga ruxsat beriladi.
11. Shunday tartib o‘rnatilsinki:
qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini o‘rnatgan tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan oy davomida yagona elektr energetika tizimiga uzatilgan va iste’mol qilingan elektr energiyasi hajmining hisobi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ billing tizimida yuritiliboy yakuni bilan tarmoqqa uzatilgan va iste’mol qilingan elektr energiyasi hajmi o‘rtasidagi tafovutga asosan o‘zaro hisob-kitob qilinadi. Bunda, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan elektr energiyasini saqlab berish xizmati uchun haq olinmaydi;
quvvati 300 kVt va undan yuqori bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalarida ishlab chiqarilgan elektr energiyasi ushbu manbalar Energetika vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazilganidan keyingina amalga oshiriladi.
12. Markaziy bank va tijorat banklarining tadbirkorlik sub’ektlarining qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini sotib olish va o‘rnatish, energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish hamda ishlab chiqarish jarayonlarining energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlarini moliyalashtirish uchun 2023 yil 1 martdan boshlab “yashil energiya” bank moliya produktini amalga kiritish to‘g‘risidagi taklifi qo‘llab-quvvatlansin.
13. Energetika vazirligi ikki hafta muddatda:
fotoelektr stansiyalarini, shu jumladan, kichik quvvatli qurilmalarni o‘rnatish uchun qulay bo‘lgan istiqbolli maydonlar ro‘yxatini e’lon qilsin;
Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda qiziqish bildirgan tadbirkorlarga elektr energiyasini sotish bo‘yicha namunaviy shartnoma va texnik talablar yetkazilishini ta’minlasin.
14. Tashqi ishlar vazirligi (B.Saidov, F.Arziyev) Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L.Kudratov) hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda bir oy muddatda Xitoy kompaniyalarini jalb qilgan holda respublika hududlarida quyosh panellarini yetkazib berish, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi qo‘shma korxonalar tashkil etish bo‘yicha aniq loyihalar ro‘yxatini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin.

Download 72.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling