1 martdan nimalar o‘zgaradi?


 Respublika hududlarida kichik va mikro gidroelektrstansiyalar


Download 72.09 Kb.
bet21/26
Sana24.03.2023
Hajmi72.09 Kb.
#1293162
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Bog'liq
1 martdan nimalar qarorlar

20. Respublika hududlarida kichik va mikro gidroelektrstansiyalar barpo etish bo‘yicha 103 ta loyihaning manzilli ro‘yxati 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Mazkur loyihalarni o‘z vaqtida va to‘liq hajmda ishga tushirishni ta’minlash bo‘yicha shaxsiy javobgarlik “O‘zbekgidroenergo” AJ boshqaruv raisi A.A. Sanginov hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari zimmasiga yuklatilsin.
21. 2023 yilda 5 407 ta ijtimoiy soha ob’ektlarining lokal isitish tizimlarini ko‘mir yoqilg‘isiga o‘tkazish rejasi 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Mazkur reja ijrosini ta’minlash bo‘yicha shaxsiy javobgarlik Bosh vazir o‘rinbosari A.J.Ramatov, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri B.I.Zakirov hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari zimmasiga yuklatilsin.
Vazirlar Mahkamasi (A.Ramatov) uch kun muddatda mazkur qarorga 7-ilovadagi reja ko‘rsatkichlari bajarilishining oyma-oy grafigini tasdiqlasin va ijrosi yuzasidan har oyda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot kiritib borsin.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Sh.Kudbiyev) ikki hafta muddatda ijtimoiy soha ob’ektlarining isitish tizimlarini davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish bo‘yicha qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
22. 2023 yilda 1 147 ta issiqxonalar va 250 ta qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalarni ko‘mir yoqilg‘isiga o‘tkazish reja ko‘rsatkichlari va manzilli ro‘yxatlari mos ravishda 8-, 8a-, 8b-, 8v-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Belgilansinki, respublika hududlaridagi:
issiqxonalarni ko‘mir yoqilg‘isiga o‘tkazish bo‘yicha shaxsiy javobgarlik qishloq xo‘jaligi vaziri A.B.Voitov va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining va viloyatlar hokimlarining qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari zimmasiga yuklatiladi;
mazkur qarorga 8a-, 8b- va 8v-ilovalarga muvofiq qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalarni ko‘mir yoqilg‘isiga o‘tkazish bo‘yicha shaxsiy javobgarlik qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari Sh.S. Xidoyatov, “O‘zsanoatqurilishbank” ATB boshqaruv raisi S.S.Annaklichev hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari zimmasiga yuklatiladi.

Download 72.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling