1 martdan nimalar o‘zgaradi?


Download 72.09 Kb.
bet23/26
Sana24.03.2023
Hajmi72.09 Kb.
#1293162
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Bog'liq
1 martdan nimalar qarorlar

26. Quyidagilar:
2023 yilda respublika hududlarida elektr tarmoqlaridagi yo‘qotishlarni kamaytirish bo‘yicha reja ko‘rsatkichlari 9-ilovaga muvofiq tasdiqlansin hamda ushbu ko‘rsatkichlar bajarilishini ta’minlash bo‘yicha shaxsiy javobgarlik Bosh prokuror N.T. Yo‘ldoshev, energetika vaziri J.T.Mirzamahmudov hamda "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ boshqaruv raisi U.M.Mustafoyev zimmasiga yuklatilsin;
2023 yilda respublikadagi yirik sanoat korxonalarida yoqilg‘i-energiya resurslarini tejashнинg reja ko‘rsatkichlari va amaliy chora-tadbirlar rejasi 10- va 10a-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin hamda ushbu ko‘rsatkichlar bajarilishini ta’minlash bo‘yicha shaxsiy javobgarlik Bosh vazir o‘rinbosari J.A.Xodjayev, energetika vazirining birinchi o‘rinbosari A.I. Axmedxadjayev, tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri B.F.Islamov, investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining birinchi o‘rinbosari N.Q.Xolmurodov hamda 10-ilovaga muvofiq rahbarlar zimmasiga yuklatilsin.
27. Vazirlar Mahkamasi (A.Aripov) ikki hafta muddatda11-ilovaga muvofiq 2023 yilda davlat-xususiy sheriklik asosida ko‘mir kogeneratsion texnologiyalarini joriy etish orqali markazlashgan issiqlik energiyasi bilan ta’minlash bo‘yicha 15 ta loyihaning manzilli ro‘yxati, ularni moliyalashtirish manbalari va amalga oshirish muddatlarining oyma-oy grafiklarini tasdiqlasin.
28. Energetika vazirligi tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda ushbu qaror talablaridan kelib chiqqan holda amaldagi qonunchilik hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida takliflar hamda zarur nizom, tartib va qoidalar loyihalarini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
29. Vazirlar Mahkamasi (A.Aripov):
mazkur qarorga ilovalarda belgilangan reja ko‘rsatkichlarining so‘zsiz bajarilishini ta’minlash maqsadida bir hafta muddatda barcha ilovalar bo‘yicha tarmoq jadvallari va manzilli chora-tadbirlar dasturini tasdiqlasin;
belgilangan reja ko‘rsatkichlari ijrosi yuzasidan doimiy nazorat o‘rnatib, har oy ijrosi yuzasidan barcha hudud, vazirlik va idora rahbarlarining hisobotlarini Vazirlar Mahkamasi Rayosat majlislarida tanqidiy ko‘rib borsin;
ushbu qaror ijrosi doirasida zaruriyatdan kelib chiqib, loyihalar parametrlari, chora-tadbirlar va reja ko‘rsatkichlariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishilgan holda aniqlashtirish va o‘zgartirishlar kiritib borsin.

Download 72.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling