1 martdan nimalar o‘zgaradi?


Yo‘lovchi tashish yo‘nalishlarini biriktirish yuzasidan ochiq tenderlar faqat elektron axborot tizimi orqali o‘tkaziladi


Download 72.09 Kb.
bet10/26
Sana24.03.2023
Hajmi72.09 Kb.
#1293162
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   26
Bog'liq
1 martdan nimalar qarorlar

Yo‘lovchi tashish yo‘nalishlarini biriktirish yuzasidan ochiq tenderlar faqat elektron axborot tizimi orqali o‘tkaziladi
Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlarini biriktirish yuzasidan ochiq tenderlar faqat elektron axborot tizimi orqali o‘tkaziladi.
Tenderda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tgan, tegishli ravishda avtomobil transportida shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashuvlarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan hamda elektron axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslarning qatnashishiga yo‘l qo‘yiladi.
Respublikada ishlab chiqariladigan sementni cheklovlarsiz eksport qilishga ruxsat beriladi
Prezident qarori bilan barcha yuridik shaxslarga respublikada ishlab chiqariladigan sement, sement klinkeri va qurilish oynasini cheklovlarsiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida (kvotasiz) eksport qilishga ruxsat beriladi.
Shuningdek, 2024 yil 1 yanvarga qadar Eksportni rag‘batlantirish agentligi tomonidan mahalliy eksport qiluvchi korxonalarga (ularning vakolatli vakillariga) qurilish materiallarini barcha mamlakatlarga, shu jumladan chegaradosh davlatlarga avtomobil, temir yo‘l va havo transportida tashish xarajatlarining 50 foizigacha miqdorini kompensatsiya qilishga subsidiyalar taqdim etiladi.
Daraxt zararkunandalariga qarshi kurashishga mahalliy budjetdan mablag‘ ajratiladi
Prezident farmoniga asosan daraxt va butalarning zararkunandalari hamda kasalliklariga qarshi kurashish tadbirlariga mahalliy budjetlar qo‘shimcha manbalarining 2 foizigacha miqdordagi mablag‘lar ajratiladi.
Bir qator xizmatlarni YaIDXP Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron shaklda ko‘rsatish boshlanadi
Hukumat qaroriga asosan 2022 yil 1 martdan boshlab quyidagi xizmatlar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YaIDXP) orqali elektron shaklda ko‘rsatiladi:

  • O‘zbekiston Respublikasiga chet davlat fuqarosini taklif qilish;

  • chet davlat hududida O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini tasdiqlash bo‘yicha tegishli hujjatlar va ma’lumotnomalar olish;

  • sudlanganlik (sudlanmaganlik) haqidagi ma’lumotlar olish;

  • avtotransport vositalarida taqiq mavjudligini tekshirish;

  • jazoni ijro etish muassasalari va manzil koloniyalarda saqlanayotganlarni ularning yaqin qarindoshlari bilan uchrashuv vaqtini belgilash.


Download 72.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling