1-ma’ruza. Berilganlarni intellektual tahliliga kirish


-bosqich. Prognozli modellashtirish (Predictive Modeling)


Download 2.17 Mb.
bet18/44
Sana14.09.2023
Hajmi2.17 Mb.
#1678091
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   44
Bog'liq
1-ma\'ruza. BITga kirish

2-bosqich. Prognozli modellashtirish (Predictive Modeling).
Bu bosqichda birinchi bosqichda olingan natijalardan foydalaniladi. Aniqlangan qonuniyatlar bevosita prognozlash uchun qo‘llaniladi.
Prognozli modellashtirish quyidagi amallarni o‘z ichiga oladi:
noma’lum qiymatlarni bashorat qilish (outcome prediction);
jarayonlar rivojlanib borishini prognoz qilish.
Prognozli modellashtirish jarayonida klassifikatsiya va prognozlash masalalari yechiladi.
Klassifikatsiya masalalarini yechishda birinchi bosqichdagi ishlar natijalari (qoidalar induksiyasi) berilgan qiymatlar asosida yangi obyektni ma’lum ishonch (ehtimollik) bilan ma’lum, oldindan belgilangan sinfga tegishligi bo‘yicha qaror qabul qilishda ishlatiladi.
Prognozlash masalalarini yechishda birinchi bosqichdagi ishlar natijalari (an’ana va o‘zgarishlarni aniqlash) maqsad o‘zgaruvchining (o‘zgaruvchilarning) noma’lum (o‘tkazib yuborilgan yoki navbatdagi) qiymatlarini tiklashda ishlatiladi.
Shuni qayd etish kerakki, erkin izlashdagi (1-bosqichda) umumiy qonuniyatlar izlanadi. U tabiatan induktivdir. Bu bosqichda aniqlangan qonuniyatlar xususiydan umumiyga tomon shakllantiriladi. Natijada sinfning ayrim vakillarini tadqiq qilish asosida qandaydir sinf obyektlari bo‘yicha umumiy bilimlar yuzaga keladi.
Prognozli modellashtirishda (2-bosqichda) aksincha, deduktiv ravishda. Bu bosqichda olingan qonuniyatlar umumiydan xususiyga tomon shakllantiriladi. Qandaydir obyekt yoki obyektlar guruhi haqidagi yangi bilim quyidagilar asosida olinadi:
tadqiq qilinuvchi obyekt tegishli sinf bo‘yicha bilim;
ushbu obyektlar sinfi chegarasida amal qiluvchi umumiy qoidalarni bilish.
Qayd qilish kerakki, olingan qonuniyatlar, to‘g‘rirog‘i ularning tuzilishi shaffof, ya’ni analitik tomonidan izohlanuvchi (qoidalar) bo‘lishi yoki “qora quti” deb nomlanuvchi shaffof bo‘lmagan holda bo‘lishi mumkin. Oxirgisiga misol – sun’iy neyron to‘rlari.
3-bosqich. Istisnolarni tahlil qilish (forensic analysis)
Bu bosqichda topilgan qonuniyatlarda aniqlangan istisnolar yoki anomaliyalar tahlil qilinadi.
Cheklanishlarni ajratib olishda (deviation detection) erkin izlash bosqichida hisoblanuvchi normani aniqlash zarur bo‘ladi.
Normadan chetlanishlar ikki xil izohlanishi mumkin. Ulardan birinchisida chetlanishni mantiqiy tushuntirilishi mavjud bo‘lib, u ham qoida ko‘rinishida yozilishi mumkin. Ikkinchi variant – berilganlardagi xatolik. Bu holda istisnolar tahlili berilganlarni tozalovchi sifatida ishlatilishi mumkin.



Download 2.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling