6-ma’ruza. Berilganlarni intellektual tahlili usullari
BIT usullari va bosqichlari
BITning asosiy xususiyatlari – bu keng matematik vositalari (an’anaviy stasistik tahlildan yangi kibernetik usullargacha) va informatsion texnologiyalarining oxirgi yutuqlaridan birgalikda qo‘llashdir. BIT qat’iy formallashgan va noformal tahlil usullarini, ya’ni berilganlarning sonli va sifat tahlilini uyg‘un ravishda birlashtirdi.
BIT texnologiyasida qo‘llaniladigan analitik usullar – bu ma’lum bo‘lgan matematik algoritmlar va usullardir. Ularni qo‘llashdagi yangiliklar shundan iboratki, ular yuzaga kelgan texnik va dasturiy imkonlar holatlarida shakllangan u yoki bu aniq bir muammoni yechishda qo‘llanishidir.
Shuni qayd etish kerakki, BITning aksariyat usullari sun’iy intellekt qobig‘ida paydo bo‘ldi.
Usul (method) norma yoki qoidalarni, hamda nazariy, amaliy, anglash va boshqaruv masalalarini yechishning ma’lum bir bir yo‘lini o‘zida ifodalaydi.
Algoritm (algorithm) – bu boshlang‘ich berilganlarni izlanayotgan natijaga o‘girish uchun bajariladigan amallar ketma-ketligiga nisbatan aniq ko‘rsatmalar.
BIT asosiy masalalari
Klassifikatsiya masalasi har bir variant uchun u tegishli bo‘lgan kategoriya yoki sinf aniqlanadi. Sinflar to‘plami oldindan ma’lum va chekli.
Regressiya masalasi ko‘p jihatdan klassifikatsiya masalasiga o‘xshaydi, o‘ziga xosligi shundaki, uni yechish jarayonida sonli qiymatni aniqlash uchun qoliplar izlanadi. Bu holda bashorat qiluvchi parametr – bu uzluksiz diapazondagi son.
Prognozlash masalasida ma’lum qiymatlar ketma-ketligi (yoki qiymatlari o‘rtasida korrelyatsiya kuzatiladigan bir nechta ketma-ketliklar) asosida yangi qiymatlarni prognoz qilishdir. Shu bilan birgalikda mavjud an’analar (trendlar), mavsumiylik, boshqa faktorlar hisobga olinadi.
Klasterlash masalasida obyektlar to‘plamini parametrlar bo‘yicha o‘xshash asosida klasterlarga ajratishdir. Klassifikatsiyadan farqli ravishda klasterlar va ularning xususiyatlari oldindan noma’lum bo‘ladi va ular klasterlash jarayonida aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |