1-ma’ruza. Berilganlarni intellektual tahliliga kirish
Bilimlarga asoslangan tizimlar
Download 2.17 Mb.
|
1-ma\'ruza. BITga kirish
Bilimlarga asoslangan tizimlar
Bilimga asoslangan tizimlarning (BAT) turlaridan biri SNT o'rganishi shaklida amalga oshiriladigan avtomatik gipoteza (gipotezalarni yuzaga keltirish) hisoblanadi. Sun'iy intellekt elementlari bo'lgan tizim aprior bilimga ega bo'lib, bilimlarni to'plash, umuman olganda, o'qituvchili yoki o'qituvchisiz o'rganish qobiliyatini yaxshilaganda, o'rganishning kumulyativ (jamlovchi) turini amalga oshiradi, deb hisoblanadi. Minimal konfiguratsiyali SNT sintez qilishda bilim manbai sifatida nominal alomatlar vaznini hisoblashdagi - sinf ichidagi o’xshashlik va - sinflar ora farqlanishni keltirish mumkin. Bu kattaliklarning qiymatlari to’plami [0,1] intervalda yotadi va ularni qat’iymas mantiq terminlarida izohlash oson. Nominal alomatlar vaznlarini tartiblash expert-tadqiqotchiga vaznlari qiymatlari kichik bo’lgan qaysi nominal alomatlar informativ emasligi bo’yicha xulosa qilash imkonini beradi. O’raguvchi E0 tanlanmaning etalonlar bilan LOQ qurish “ketma-ket o’chirish” protsedurasi kirishiga obyekt-nomzodlarni qanday ketma-ketlikda berilsh sxemasiga bog’liq bo’ladi va bunday sxemalar soni m! qiymaidan oshmaydi. Bilim ajratib olish nuqtai-nazaridan quyidagilar ahamiyatli hisoblanadi: - barcha qoplamalar birlashmasi boshlang’ich tanlanma bilan ustma-ust tushadimi; - ikkita va undan ko’p qoplamalarni qanday solishtirish mumkin; - turli qoplamalar to’plamida qanday munosabatlarni kiritish mumkin, bu munosabatlar xossalari va ular qanday munosabatlar sinflarinini hosil qiladi. Faraz qilaylik, o’chirishga nomzodlar ko’rsatishning k sxemasi amalga oshirilib, M1,...,Mk – qoplamalar obyektlarining to’plamalari shakllantirilgan bo’lsin. Birinchi navbatda M1,...,Mk to’plamalar ustida an’anaviy kesishma va birlashma amallarinini bajarish natijalari qiziqish uyg’otadi. E0 holati quyidagicha izohlanishi mumkin: sinflar tuzilishini aniqlamaydigan obyektlar mavjudligini; obyektlarning cheklangan Z0(Z0<E0) to’plamini mavjudki, ularning LOQ E0 bilan aynan bir xil. Fiksirlangan tanlanmaning turli xil LOQini uning dixotomik quvvati o’lchovi sifatida qarash mumkin. O’chiriladigan obyektlarni ko’rsatishning turli sxemalari bo’yicha experiment natijalarini tanlanmani o’gratuvchi va nazorat to’plamlarga ajratish masalasiga boshqacha qarashga imkon beradi. Haqiqatan ham, LOQ obyektlarini (ongli ravishda yoki tasoddifan) o’ratuvchi tanlanma, qolganlarini nazorat to’plami sifatida olish natijasida anglashning absolyut aniqligini olish mumkin. Shu sababli, o’rganish jarayonida taqdim etilmagan berilganlarda anglash aniqliginini nazariy baho sifatida qarash mumkin, masalan, nazoratdagi xatolik ehtimolligini matematik kutilishi sifatida. An’anaviy texnologiyalarda tanlanmani o’rgatuvchi va nazorat qismlariga bo’lishda tanlanma LOQ emasligini qayd qilish zarur bo’ladi. Download 2.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling