1-ma’ruza: biznesda xo‘jalik hisobining umumiy tavsifi reja


Download 336.91 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana04.02.2023
Hajmi336.91 Kb.
#1161698
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-BIZNESDA XO‘JALIK HISOBINING UMUMIY TAVSIFI

2. Nazorat funksiyasi – iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish va bozor munosabatlarini 
erkinlashtirish, turli mulkchilik shakllarining mavjudligi sharoitlarida buxgalteriyahisobining 
nazorat qilish funksiyasi kuchaymoqda. Bunga uning shakl va uslublarini takomillashtirish, 
buxgalteriya hisobining xalqaro va milliy standartlarini joriy qilish, hisob ishlarini 
kompyuterlashtirish, buxgalter, iqtisodchi va tahlilchilarning avtomatlashtirilgan ish o‘rinlari 
imkoniyatlaridan keng foydalanish sabab bo‘lmoqda.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish turli mulkchilik shakllarining mavjudligi, xo‘jalik yurituvchi 
sub’yektlar huquqlarining kengaytirilishi, xalq xo‘jaligida moliyaviy nazorat tizimining mahsulot 
ishlab chiqarish va realizatsiya qilish, ish bajarish va xizmat ko‘rsatish xarajatlari ustidan 
nazoratning pasaytirilishini bildirmaydi. Aksincha, moliya-hisob markazi (MHM), vazirlik va 
davlat idoralarining nazorat va taftish xizmatlari, banklar, auditorlik tashkilotlar va 
soliqinspeksiyasi xodimlari yangicha xo‘jalik yuritish uslublariga tayangan holda barcha 
resurslardan oqilona foydalanish ustidan kuchli nazorat o‘rnatishlari lozim. Buxgalteriya hisobining 
yagona yaxlit tizimida nazorat qilish funksiyasining roli kuchaymoqda va yanada ulkan ahamiyat 
kasb etmoqda. Chunki, korxona ma’muriyati yoki mulkdorlarga nafaqat o‘z korxonasining 
moliyaviy ahvolini bilish,balki raqobatchi korxonalarning hamda hamkorlarining moliyaviy 
ahvolini, to‘lov layoqatini bilish zarur.
Buxgalteriya hisobining maxsus usullari va amallari yordamida nazoratning uchta turi 
yuritiladi: dastlabki nazorat– xo‘jalik muomalasi sodir bo‘lgungacha; joriy nazorat– xo‘jalik 
muomalasini amalga oshirish; keyingi nazorat– muomala sodir bo‘lganidan so‘nggi.
Hisob jarayonining axborotlarni to‘plash, o‘lchash, ro‘yxatga olishdan tortib, to zarur bo‘lgan 
oraliq, natijaviy va hisobot ko‘rsatkichlarini olish bilan yakunlanadigan barcha bosqichlarida 
kompyuter va boshqa tashkiliy-texnik vositalardan foydalanish buxgalteriya hisobining boshqaruv 
tizimidagi nazorat funksiyasini kuchaytirishga doir vazifalarni bajarishga yordam beradi.

Download 336.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling