1-ma’ruza: biznesda xo‘jalik hisobining umumiy tavsifi reja
Download 336.91 Kb. Pdf ko'rish
|
1-BIZNESDA XO‘JALIK HISOBINING UMUMIY TAVSIFI
4. Uzviy aloqa funksiyasi. Buxgalteriya hisobi uzviy aloqa funksiyasini bajarib, busiz
boshqaruv tizimining faoliyati ma’nosiz bo‘lib qoladi, buning ustiga keng ko‘lamda kompyuterlashtirilgan sharoitda faoliyat ko‘rsatadigan tizimli buxgalteriya hisobi boshqaruv xodimlarini korxona va uning bo‘linmalarining ma’lum davr ichidagi faoliyati to‘g‘risida, xo‘jalik mablag‘lari, ularning vujudga kelish manbalari va korxonaning majburiyatlari haqida, mol yetkazib beruvchilar, xaridorlar, buyurtmachilar, banklar, soliq inspeksiyasi, investorlar va boshqa xorijiy hamkorlar bilan o‘zaro munosabatlar to‘g‘risida, moliyaviy natijalarni shakllantirish, foydaning ishlatilishi va jamg‘arilishi to‘g‘risida, mulkdorlar (aksiyadorlar, paychilar, ta’sischilar va h.k.) bilan munosabatlar to‘g‘risida haqiqiy ma’lumotlar bilan ta’minlaydi. Ko‘rsatkichlarning haqiqiy miqdorini aks ettiradigan buxgalteriya axborotlari yordamida uzviy aloqadan foydalangan holda biznes-reja ko‘rsatkichlari, standartlar, norma va normativlar,smetalar bajarilishi, barcha turdagi resurslardan oqilona foydalanish ustidan nazorat o‘rnatiladi, har xil kamchiliklar bartaraf etiladi. Ishlab chiqarish imkoniyatlari va ularning safarbar etilish hamda ishlatilish darajasi aniqlanadi. Buxgalteriya hisobi tizimi boshqaruvni uzviy aloqa orqali har qanday darajada ta’minlay oladi. Boshqahech qanday tizim ushbu vazifani bajara olmaydi. Uzviy aloqa funksiyasi, odatda asosan dastlabki hujjatlardan olinadigan, turli xil tashuvchilardagi birlamchi axborotni bajaradi. Masalan, mehnatga haq to‘lash to‘g‘risidagi ishbay naryadlarda mavjud bo‘lgan axborotlar, ham bajarilgan ishlarning haqiqiy hajmini hisobga olish uchun, ham ma’lum davr ichidagi rejalashtirilgan har bir tadbir bo‘yicha rejadan chetgachiqishlarni aniqlashuchun ishlatiladi. Download 336.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling