5. Tahliliy funksiya - xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar moliya-xo‘jalik faoliyatini va uning
natijalarini tahlil qilishdan iborat. Axborotdan foydalanuvchilar (ichki va tashqi)
hisob-iqtisodiy
axborotlarga asosan xo‘jalik yurituvchi sub’yektning mulkiy holati, to‘lov layoqati, chetdan kapital
jalb qilishi, ichki va tashqi munosabatlari,
faoliyat samaradorligi, rivojlantirish istiqbollari va
hokazolar to‘g‘risida zarur ma’lumotlarni olishga intiladilar.
Boshqaruv maqsadlari
uchunresurslarning barcha turlaridan foydalanish, ishlab chiqarish
va realizatsiya xarajatlari;
foydaning shakllanishi, taqsimlanishi vaishlatilishi va shunga o‘xshashlar tahlil qilinishi lozim.
Tahlil jarayonida haqiqiy ko‘rsatkichlar, reja,
normativ, smeta ko‘rsatkichlari bilan taqqoslanib,
tafovut sabablari aniqlanadi. Demak, operativ boshqaruv, boshqaruv qarorlarini tayyorlash, asoslash
va qabul qilish hamda korxonaning moliya-xo‘jalik faoliyatini prognozlashda
buxgalteriyahisobi
tahliliy funksiyasining ahamiyati beqiyosdir.