1-ma’ruza: biznesda xo‘jalik hisobining umumiy tavsifi reja


Mulkning saqlanishini ta’minlash funksiyasi


Download 336.91 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana04.02.2023
Hajmi336.91 Kb.
#1161698
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-BIZNESDA XO‘JALIK HISOBINING UMUMIY TAVSIFI

3. Mulkning saqlanishini ta’minlash funksiyasi. Bu funksiya buxgalteriya hisobi tizimini 
takomillashtirish vauning nazorat funksiyasini kuchaytirish bilan chambarchas bog‘liq. Shuni 
alohida ta’kidlash zarurki, ushbu funksiyani amalga oshirish uchun quyidagi shart-sharoitlar zarur: 
jihozlangan omborxona binolari, nazorat va o‘lchash asboblari, o‘lchagich idishlar va boshqalar.
Inventarizatsiya ushbu funksiyani amalga oshirishning muhim usuli bo‘lib, korxona 
mulklarining saqlanishi va ular tarkibida ro‘y beradigan o‘zgarishlarni aniqlashga imkon yaratadi. 
Uni amalga oshirish uchun №19-«Inventarizatsiyani tashkil etish va o‘tkazish» nomli Buxgalteriya 
Hisobi Milliy Standarti (BHMS) dan foydalaniladi. Ushbu standart O‘zbekiston Respublikasi 
«Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonunning 11-moddasiga muvofiq ishlab chiqilgan.
Inventarizatsiya jarayonida barchaxo‘jalik muomalalari hujjatlar bilan rasmiylashtirilganligi 
va 
tegishli 
buxgalteriya 
hisobi 
schotlarida 
aks 
ettirilganligi, 
zarur 
aniqliklar 
va 
tuzatishlarkiritilayotganligi hamda joriy hisob ko‘rsatkichlari va haqiqiy ma’lumotlarning o‘zaro 
mos (teng) kelishlari tekshiriladi. Inventarizatsiya mahsulot ishlab chiqarish va realizatsiya qilishga 
qilingan xarajatlarni, mulklarni saqlanishi maqsadida to‘g‘ri aks ettirish, asosan xom-ashyo va 
Materiallar va yoqilg‘i-enyergetik resurslarning yo‘qotilishi borasida katta ahamiyatga ega. Chunki, 
bozor iqtisodiyotiga o‘tishning hozirgi bosqichida va turli mulkchilik shakllari mavjudligi 
sharoitida inventarizatsiya o‘tkazish, odatda, katta hajmdagi axborotlarga ishlov berish bilan 
bog‘liq. Shuning uchun inventarizatsiya o‘tkazish jarayonlarini ham kompyuterlashtirish zarur. 
Asosan 
katta 
nomenklaturadagi 
tovar-moddiy 
zaxiralarini 
inventarizatsiya 
qilishda 
kompyuterlardan foydalanish yuqori samara beradi.

Download 336.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling