1-Ma’ruza: Bolalar adabiyoti faniga kirish. Bolalar folklori. Alisher Navoiy ijodi. Gulxaniy ijodi. Reja
Download 144.99 Kb.
|
1-Maruza (1)
Fard kishi davrda topmas navo,
Yolg'uz ovchidin kim etmish sado?. «Hayratul-abror»ning o'ninchi maqolati rostgo'ylik, halollik va to'g'rilikka bag'ishlangan. Nayoiy to'g'rilik va rostgo'ylikni ulug'lash bilаn kishilami rostgo'y va to'g'ri bo'lishga chaqiradi, yolg'onchilik va egrilikning zararli oqibatlarini keskin fosh etadi. Shoir yolg'on so'zlashning уоmоn oqibatini «Sher bilаn Durrоj» masalida ovchining tuzog'iga tushgan Durrоj obrazida hikoya qiladi. . Dostonning о'n birinchi maqolatida Nayoiy ilm-fanga, ilm axliga yuksak bаhо beradi, kishilami ilm olishga, olimlami izzat-hurmat qilishga chaqiradi. Shu bilan birgа, shoir o'sha dayrda mehnatkash va musofIr talabalarning ilm olish yo'lida chekkan azoblaridan, ilm-fan egalarining muhtojlikda yashaganlaridan afsus-nadomatlar chekadi. Nayoiy ilmdan amaliy ishlar uchun foydalanish zarurligini ta'kidlaydi: Ilm, Navoiy, senga maqsud bil, Endiki ilm о 'ldi аmа! aylagil. Navoiyning yaramas odat va hulq-atvorlarni shafqatsiz qoralashi, оlijonob insoniy fazilatlarni qadrlashi, bolalarni o'qish, o'rganish va yuksak odobli, a'lo hulqli bo'lishga chaqirishi katta ahamiyatga ega bо'lib, bolalar adabiyotining shakllanishidajuda muhimdir. Uning bir qator axloqiy-ta'limiy qarashlari hozirgi kunda xаm o'z qadr-qimmatini saqlab kelmoqda. «Farhod va Shirin» dostonida shoir chin sevgi va vafo, do'stlik va sadoqat, mehnat va ijodkorlik, vatanparvarlik hamda qahramonlik g'oyalarini tarannum etadi. Doston yoshlar va bolalarga atab yozilmagan, lekin asarning ko'pgina boblari bolalar va yoshlar hayotiga, ularning tarbiyasiga bag'ishlangandir. Shoir dostonda Farhodning bolalik chog'laridanoq ilm hunargа, mehnatga bо'gаn muhabbatini zo'r mahorat va chuqur samimiyat bilan tasvirlagan. Вu Navoiyning bola tarbiyasiga va uning bilim olishiga katta е' tibor bilan qaraganligini ko' rsatadi. Farhod yoshlik chog'idanoq juda aqlli, zehnli bola bo`lib o'sadi. U maktabda zo'r havas va qunt bilan o'qiydi. Tabiiyot, matematika, mantiq kabi fanlarni tez orada о'rganib oladi. Yosh Farhodning ilmga bо'gan havas va muhabbatini sezgan ota-onasi ungа bilim berishni munosib ko'radi. Jahonning mashhur olimlari Farhodga turfa fanlardan saboq beradilar. Natijada eng murakkab va рinhоniу ilmlar unga o'z sir-asrorini to'liq nаmоуоn etadi. U qunt va chidam bilan o'qib, bilimdon va zukko inson bo'lib yetishadi. Shoir Farhod hayotini bunday jonli lavhalarda tasvirlash orqali bolalar tarbiyasiga alohida e'tibor berishga chaqiradi, ularni yoshligidan boshlab o'qitish zarurligini, bunda ota-onaning roli nihoyatda katta ekanligini, bolalarga dunyoviy ilmlarni berish muhimligini ta'kidlaydi. Farhod qaysi fanni o'qimasin, uni darrov tushunib oluvchi qobiliyat egasi sifatida tasvirlanadi: Agar bir qatla ko 'rdi bir saboqni, Yanа ochmoq уо 'q erdi ul varaqni. Ne so`znikim, о 'qib ko`ngliga yozib, Dеmа ko`ngliki, jahon lavhiga kozib. U davrda bolalar quruq, yodaki o'qitilar edi. Bolalar o'zlari yodlagan narsalarining ma'nosiga tushunmas ham edilar. Shunday bir vaqtda Navoiy bolalarni ilm-fanga qunt qilish, o'qilgan narsaning ma'no-mazmunini tushunib olishga undar edi: O 'qib o` tmak, uqib о 'tmak shiori, Qolib yodida, safhasafha bоr... Farhodning qunt qilib, ma'nosini tushunib o'qishi natijasida ko'p ilmlarni egallaganligi ta'kidlanadi: Jahonda qolmadi ul yetmagan ilm, Bilib tahqikini kash etmagan ilm. Shu tariqa Navoiy boIalami ilmni puxta egallashga сhaqinb, buyuk pedagog hamda murabbiy sifatida ularni tarbiyalash va o'stirish yo'llarini ko'rsatadi. Bundan tashqari, dostonda Farxod jismoniy tomondan Ham chiniqqan yigit sifatida tasvirlanadi. U suvda suzish, chavandozlik va qilichbozlik sirlarini mehr bilan o'rganadi. Alisher Navoiy yoshligidan boshlab ilmga berilgan, jismoniy jihatdan chiniqqan Farhodni tasvirlarkan: Demon kim, ko`ngli роku, ham ko 'zi pok, Tili poku, so 'zi poku, о 'zi pok, -deb har tomonlama mukammal, ma'naviy, jismoniy go'zal, yetuk yigit timsolini beradi. Shuningdek, Navoiy Farhodni mehnat va hunаrgа zo'r havasli, sangtaroshlik, rassomlik va naqqoshlik hunarlarini hаm mukammal egallab olgan yigit sifatida ulug'laydi. Ilm va hunarni egallagan, jismoniy jihatdan chiniqqan, mehnatsevar Farhod kamtarin, mazlumlarga g'amxo'r, sofdil, mard va olijanob, jasur inson bo’lib yetishadi. Farhod boshchiligida va uning bevosita fidokorona mehnati natijasida katta kanal («Hayot daryosi») va hovuz («Najot dengizi») qaziladi. Navoiy Farhodni suvsiz yerlarga suv chiqargan qahramon, mehnat sohasida mo'jizalar ko'rsatgan bahodir yigit sifatida ta' riflaydi. U ilm va hunarni omma manfaati uchun xizmat ettirish lozim deb hisoblaydi. Farhod Shirinni qidirib Armanistonga borganda, arman yurtida tog'da kanal qazish uchun qiynalib ishlayotgan kishilami ko'radi va: Нunаrni asrabon netkumdir oxir, Оlib tufroqqamu ketkumdir охir!- deya, o'z bilimi, hunar va g'ayratini ishga soladi, kanal qazuvchilar mashaqqatini yengillashtiradi va xalq o'rtasida katta shuhrat qozonadi. Вu qahramonning muhim xislatlari undagi qahramonlik, xalqparvarlik, vatanparvarlik va do'stlik tuyg'ularidir. Farhod el-yurtning obodonligi uchun kurashadi hamda insоnlаща ofat keltiruvchi dushmanlarga qarshijang qilib, ularni mardona yengadi. Bundan tashqari, Navoiy Farhod, Shirin va Shopur obrazlari orqali xalqlar do'stligi g'oyasini ilgari suradi. Farhodning arman qizi Shirinni sevishi va еronlik Shopur bilan do'stlashuvi xalqlar do'stligi g'oyasining yorqin namunasidir. Shoirning l500 yilda yaratgan «Mahbubul-qulub» («Ko'ngillaming sevgani») asari ijtimoiy-siyosiy va axloqiy-ta' limiy qarashlari bауоn etilganligi bilan xarakterlidir. Navoiy unda ijobiy fazilatlaming nаmоуоn bo'lishida avvalo ulardagi halollik va soddalik, samimiylik asosiy оmil ekanligini ta' kidlaydi va bu mehnatga muxаbbаtning natijasi sifatida talqin etiladi. «Mahbubul-qulub» 3 qismdan iborat. Кitobiling l-qismi «Xaloyiq аxvоli va аf`оli va atvorining kayfiyatida», ya' ni kishilarning аxvоli, fe'l-atvori va gap-so'zlarining ahamiyati haqida bo`lib, bunda Navoiy donishmand va murabbiy, ulkan madaniyat arbobi sifatida ilm-fan, san' at va adabiyotning ahamiyatini targ'ib qiladi, malakali, iqtidorli o'qituvchilarni, olimlarni, shoirlarni, san' atkorlarni maqtaydi, ularni hurmat qilishga va qadrlashga chaqiradi. O'qish xаm, o'qitish xаm og'ir va mas' uliyatli ish, u qunt, havas va mehnat talab qiladi, deb uqtiradi Navoiy. Вu o'rinda u murabbiylarning halol xizmatlarini alohida ta' kidlaydi. Haq уо 'linda kim sanga blr harf о 'qitmish ranj ilа, Aylamak bо 'lmаs ado oning haqin yuz ganj ilа. Кitobiling 2-qismi asosan axloqiy masalalarga bag'ishlangan. Вu bobda asosan yaxshi fazilat va уоmоn illаtlаr tahlil qilinadi. To'g'rirog'i, insonda bo'lishi kerak bo'lgan odob-axloq haqida gap boradi. Masalan, qanoatni olaylik. Navoiy qanoatli odamlarni sevadi, ularga xavasi keladi. кimki qanoatli bo'lsa, unday odamni еl sevishini, e'zozlashini ta'kidlaydi. Mutafakkir qanoatni birbuloqqa - chashmaga o'xshatadi. Negaki buloq suvini qancha olgan bilan u qurimaydi, u bir xazinadirki, undagi boylik sochilgan bilаn kamaymaydi. U bir ekinzorki, urug'i izzat va shafqat hosilini beradi. U bir daraxtdirki, unda hurmat mevasi bordir. Вu bobda sabr, tavoz'e haqida xаm ko'p ibratli gaplar aytiladi. Asаrning «Turli foydali maslahatlar va maqollar», deb nomlangan 3qismida turli tashbeblar berilgan. Вu qismda ko'proq o'qish, xam olish, kash-kor egasi bo'lish va boshqa masalalar o'rtaga tashlanadi. Alisher Navoiy o'z asarlarida xalq og'zaki ijodidan, ayniqsa, maqollardan samarali foydalanish bilan birga, o'zi xаm ta'lim-tarbiyaviy ahamiyatga ega bo'lgan maqollarga yaqin bo'lgan bir qancha hikmatlar yaratadi. Masalan, Vafosizda hayo уо 'q, hayosizda vafo уо 'q. Tilga е 'tiborsiz- elga е 'tiborsiz. Oz-oz о 'rganib dono bо 'lur, Qatra-qatra yig'ilib daryo bо 'lur. Вilmaganni so 'rab о 'rgangan olim, Orlanib so 'ramagan о 'ziga zolim. Navoiy zamondoshlariga juda kerak, hech kim aytolmagan, ammo xalqqa g'oyat zarur katta sherlаrni aytgan qudratli san'atkor edi. U keyingi asrlar, avlodlar uchun ham aziz va mo`tabar bo`lib qoldi. Navoiyning buyukligi shunda ediki, u o'z davrini keng ko'lamda, to'la ifodalab berdi. Qahramonlari obrazida ahamiyatini aslo yo'qotmaydigan chinakam insоniу, umumbashariy xislatlarni aks ettirdi. Shuni ta'kidlash lozimki, hech qaysi davr bizning mustaqillik davrimiz kabi ulug' shoiming qadriga yetmagan va xalq ommasiga shunchalik yaqinlashtirmagan edi. На, bugun Hazrat Navoiy har bir uyga kirib keldi. Uning nuroniy siymosi bilan birga bizning zehnimizga va qalbimizga bitmastugunmas ruhiy boylik va hayajon abadiy hamroh bo'lib qoldi. Odatda badiiy adabiyot orqali xalq o'zini taniydi, tarixiy ahvolini, jamiyatda tutgan o'rnini tushunib oladi. O'zbek xalqi ham Navoiy asarlarida o'zini tanidi va qadimdan beri, o'z kuchi, talantiga komil ishonch bilan qarab kelganini angladi Bugun biz deymizki, еу qalam ahlining zabardast ustodi, zangin maslahatlari «zaif ilklarga asodek quvvat» bo'lgan suxanvor! Vorislaringiz ko'ngli sizning jonparvar nafasingizdan tozadur, ruhbaxsh kalomingizdan baxtiyor zamonamiz kishilari qalbidagi sizga bo'lgan tahsin va ofarinlari beandozadir! Download 144.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling