1-ma’ruza: buxgalteriya hisobi fanining predmeti va metodi reja


Nomlanishi MV tomonidan tasdiqlangan sana


Download 78.54 Kb.
bet9/18
Sana25.04.2023
Hajmi78.54 Kb.
#1396028
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
Bog'liq
1-mavzu. (1)

Nomlanishi

MV tomonidan tasdiqlangan sana

AV tomonidan ro‘yxatga olingan sana

BHMS – 0

Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etish uchun konseptual asos

26.07.1998 y.
№ 17-07/86

14.08.1998 y.
№ 475

BHMS – 1

Hisob siyosati va moliyaviy hisobot

26.07.1998 y.
№ 17-17/86

14.08.1998 y.
№ 474

BHMS – 2

Asosiy xo‘jalik faoliyatidan tushgan daromadlar

20.08.1998 y.
№ 41

26.08.1998 y.
№ 483

BHMS – 3

Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot

25.08.1998 y.
№ 43

27.08.1998 y.
№ 484

BHMS – 4

Tovar-moddiy zaxiralar

15.06.2006 y.
№ 52

17.07.2006 y.
№ 1595

BHMS – 5

Asosiy vositalar

09.10.2003 y.
№ 114

20.01.2004 y.
№ 1299

BHMS – 6

Ijara hisobi

12.05.2004 y.
№ 75




BHMS – 7

Nomoddiy aktivlar

25.03. 2005 y.
№ 35




BHMS - 8

Jamlangan moliyaviy hisobotlar va shu’ba xo‘jalik jamiyatlariga sarmoyalarni hisobga olish

14.10.1998 y.
№ 50

28.12.1998 y.
№ 580

BHMS – 9

Pul oqimi to‘g‘risidagi hisobot

16.10.1998 y.
№ 51

04.11.1998 y.
№ 519

BHMS - 10

Davlat subsidiyalarining hisobi va davlat yordami bo‘yicha ko‘rsatiladigan ma’lumotlar

19.10.1998 y.
№ 52

03.12.1998 y.
№ 562

BHMS - 11

Ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlab chiqishlarga xarajatlar

03.12.1998 y.
№ 64

28.12.1998 y.
№ 581

BHMS - 12

Moliyaviy investisiyalarni hisobga olish

23.12.1998 y.
№ 65

16.01.1999 y.
№ 596

BHMS - 13










BHMS - 14

Xususiy kapital to‘g‘risida hisobot

01.03.2004 y.
№ 36




BHMS - 15

Buxgalteriya balansi

12.03.2003 y.
45-son

20.03.2003 y.
1226-son

BHMS - 16

Buxgalteriya balansi tuzilgan sanadan keyingi xo‘jalik faoliyatining nazarda tutilmagan holatlari va yuz beradigan hodisalari

30.10.1998 y.
№ 57

23.12.1998 y.
№ 578

BHMS - 17

Kapital qurilishga oid pudrat shartnomalari

02.11.1998 y.
№ 58

23.12.1998 y.
№ 579

BHMS - 18










BHMS - 19

Inventarlashni tashkil etish va o‘tkazish

19.10.1999 y.
№ EG/17-19-2075

02.11.1999 y.
№ 833

BHMS - 20

Kichik tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan soddalashtirilgan tartibda hisob yuritish va
hisobotlar tuzish to‘g‘risida

23.11.1999 y.
№ 87

24.01.2000 y.
№ 879

BHMS - 21

Xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar moliyaviy-xo‘jalik
faoliyatining buxgalteriya hisobi schyotlar rejasini qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma

09.09.2002 y.
№ 103

23.10.2002 y.
№ 1181

BHMS - 22

Chet el valyutasida ifodalangan
aktivlar va majburiyatlarning hisobi

23.03.2004 y.
№ 51




BHMS - 23

Qayta tashkil etishni amalga oshirishda moliyaviy hisobotni shakllantirish

12.04.2005 y.
№ 37

27.06.2005 y.
№ 1484

BHMS - 24

Qarzlar bo‘yicha xarajatlar hisobi

05.08.2009 y.
№ 79

18.08.2009 y.
№ 1996



1.3.Buxgalteriya hisobi xizmatini tashkil etish prinsiplari, tizimi va uning asosiy elementlari
Qishloq xo‘jalik korxonalarida buxgalteriya hisobi oldiga quyilgan vazifalar faqat u to‘g‘ri va oqilona tashkil etilganidagina muvaffaqiyatli hal etilishi mumkin. Buxgalteriya hisobini tashkil etishda yo‘l qo‘yilayotgan xato-kamchiliklar butun hisob siyosatining, xususan, hisob ishlarining orqada qolishi, hisobotlarni va boshqa axborotlarni taqdim etishda kechikishlarga olib keladi. Buxgalteriya hisobi va iqtisodga oid axborotlarning vujudga kelishi hamda undan foydalanish vaqti o‘rtasidagi katta uzilishlar korxona faoliyatining samaradorligini oshirishga to‘sqinlik qiladi. Buxgalteriya hisobini tashkil etishdagi kamchiliklar uning chigallashuviga, tovar-moddiy boyliklarning talon-taroj bo‘lishi va boshqa suiste’molliklar, ma’muriy – boshqaruv xarajatlarining ko‘payishiga olib keladi.
Buxgalteriya hisobini tashkil etish deganda, korxonaning moliya-xo‘jalik faoliyati to‘g‘risida ishonchli va o‘z vaqtida axborotlar olish hamda ishlab chiqarish resurslari va tayyor mahsulotlardan foydalanish ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida-hisob jarayonining shart-sharoitlar tizimi va ular elementlarining tuzilishi tushuniladi.
Buxgalteriya hisobini tashkil etish tizimining asosiy elementlari dastlabki hisob va hujjatlar aylanishi, inventarizatsiya, hisob-kitob ishlarining tashkiliy shakllari, hisobotlarning hajmi va mazmuni hamda hisob siyosatidan iborat bo‘lishi lozim.
Buxgalteriya hisobini tashkil etish tizimi:

  • «Buxgalteriya xizmati to‘g‘risida Nizomni» ishlab chiqish

  • Hisob axborotlariga ishlov berish texnologiyasini tuzish

  • «Buxgalteriya apparati xodimlarining lavozim yo‘riqnomasi»ni ishlab chiqish

  • Hujjatlarni saqlash nomenklaturasi va tartibini ishlab chiqish

  • Hujjatlar aylanish grafigini tuzish

  • Hujjatlarni ahamiyatliligi va saqlash muddati bo‘yicha ekspertiza qilish

Korxonaning moliya-xo‘jalik faoliyatini boshqarish talablariga muvofiq, buxgalteriya apparatining oldiga quyidagi talablar quyiladi:
− korxona faoliyati va uning natijalari to‘g‘risida to‘liq va ishonchli axborotlarni shakllantirish;
− korxonaning faoliyatini nazorat qilish va boshqarish uchun ichki va tashqi foydalanuvchilarni zarur axborotlar bilan ta’minlash;
− moliya-xo‘jalik faoliyatidagi noxush holatlarning o‘z vaqtida oldini olish, ichki imkoniyatlarni aniqlash va safarbar etish;
− korxona faoliyatining moliyaviy natijalarini hisobda to‘g‘ri aks ettirish;
− korxona xodimlarining mehnatiga haq to‘lashni nazorat qilish;
− moliyaviy hisobotni tuzish uchun zarur ma’lumotlarni olish va o‘z vaqtida taqdim etish.
Belgilangan vazifalarni hal etish jarayonida korxona hisob siyosatida belgilangan talablarga rioya qilish zarur.
Bunda xo‘jalik yurituvchi sub’yekt rahbari buxgalteriya hisobini va moliyaviy hisobot tizimini tashkil etish uchun mas'ul bo‘lib, u hisob ishlarining hajmidan kelib chiqqan holda ma’lum huquqlarga ega.
«Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonunning 3-moddasida buxgalteriya hisobini tashkil etish va yuritishning quyidagi asosiy tamoyillari keltirilgan:

  • Uzluksizlik;

  • Ishonchlilik;

  • Ko‘rsatkichlarning qiyoslanuvchanligi.

“Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi qonunning 11-moddasi “Buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etish”ga muvofiq:
Buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etishni buxgalteriya hisobi sub’yektining rahbari amalga oshiradi.

Download 78.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling