1-ma’ruza: buxgalteriya hisobi fanining predmeti va metodi reja
Nomlanishi MV tomonidan tasdiqlangan sana
Download 78.54 Kb.
|
1-mavzu. (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.3.Buxgalteriya hisobi xizmatini tashkil etish prinsiplari, tizimi va uning asosiy elementlari
- Buxgalteriya hisobini tashkil etish deganda
- Buxgalteriya hisobini tashkil etish tizimi
1.3.Buxgalteriya hisobi xizmatini tashkil etish prinsiplari, tizimi va uning asosiy elementlari Qishloq xo‘jalik korxonalarida buxgalteriya hisobi oldiga quyilgan vazifalar faqat u to‘g‘ri va oqilona tashkil etilganidagina muvaffaqiyatli hal etilishi mumkin. Buxgalteriya hisobini tashkil etishda yo‘l qo‘yilayotgan xato-kamchiliklar butun hisob siyosatining, xususan, hisob ishlarining orqada qolishi, hisobotlarni va boshqa axborotlarni taqdim etishda kechikishlarga olib keladi. Buxgalteriya hisobi va iqtisodga oid axborotlarning vujudga kelishi hamda undan foydalanish vaqti o‘rtasidagi katta uzilishlar korxona faoliyatining samaradorligini oshirishga to‘sqinlik qiladi. Buxgalteriya hisobini tashkil etishdagi kamchiliklar uning chigallashuviga, tovar-moddiy boyliklarning talon-taroj bo‘lishi va boshqa suiste’molliklar, ma’muriy – boshqaruv xarajatlarining ko‘payishiga olib keladi. Buxgalteriya hisobini tashkil etish deganda, korxonaning moliya-xo‘jalik faoliyati to‘g‘risida ishonchli va o‘z vaqtida axborotlar olish hamda ishlab chiqarish resurslari va tayyor mahsulotlardan foydalanish ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida-hisob jarayonining shart-sharoitlar tizimi va ular elementlarining tuzilishi tushuniladi. Buxgalteriya hisobini tashkil etish tizimining asosiy elementlari dastlabki hisob va hujjatlar aylanishi, inventarizatsiya, hisob-kitob ishlarining tashkiliy shakllari, hisobotlarning hajmi va mazmuni hamda hisob siyosatidan iborat bo‘lishi lozim. Buxgalteriya hisobini tashkil etish tizimi: «Buxgalteriya xizmati to‘g‘risida Nizomni» ishlab chiqish Hisob axborotlariga ishlov berish texnologiyasini tuzish «Buxgalteriya apparati xodimlarining lavozim yo‘riqnomasi»ni ishlab chiqish Hujjatlarni saqlash nomenklaturasi va tartibini ishlab chiqish Hujjatlar aylanish grafigini tuzish Hujjatlarni ahamiyatliligi va saqlash muddati bo‘yicha ekspertiza qilish Korxonaning moliya-xo‘jalik faoliyatini boshqarish talablariga muvofiq, buxgalteriya apparatining oldiga quyidagi talablar quyiladi: − korxona faoliyati va uning natijalari to‘g‘risida to‘liq va ishonchli axborotlarni shakllantirish; − korxonaning faoliyatini nazorat qilish va boshqarish uchun ichki va tashqi foydalanuvchilarni zarur axborotlar bilan ta’minlash; − moliya-xo‘jalik faoliyatidagi noxush holatlarning o‘z vaqtida oldini olish, ichki imkoniyatlarni aniqlash va safarbar etish; − korxona faoliyatining moliyaviy natijalarini hisobda to‘g‘ri aks ettirish; − korxona xodimlarining mehnatiga haq to‘lashni nazorat qilish; − moliyaviy hisobotni tuzish uchun zarur ma’lumotlarni olish va o‘z vaqtida taqdim etish. Belgilangan vazifalarni hal etish jarayonida korxona hisob siyosatida belgilangan talablarga rioya qilish zarur. Bunda xo‘jalik yurituvchi sub’yekt rahbari buxgalteriya hisobini va moliyaviy hisobot tizimini tashkil etish uchun mas'ul bo‘lib, u hisob ishlarining hajmidan kelib chiqqan holda ma’lum huquqlarga ega. «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonunning 3-moddasida buxgalteriya hisobini tashkil etish va yuritishning quyidagi asosiy tamoyillari keltirilgan: Uzluksizlik; Ishonchlilik; Ko‘rsatkichlarning qiyoslanuvchanligi. “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi qonunning 11-moddasi “Buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etish”ga muvofiq: Buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etishni buxgalteriya hisobi sub’yektining rahbari amalga oshiradi. Download 78.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling