Korxona bo‘linmalarida esa faqat xo‘jalik operatsiyalari dastlabki hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi.
Markazlashtirilmagan buxgalteriya hisobida hisob apparati korxonaning alohida bo‘linmalariga tarqatilib, u yerda sintetik va analitik hisob amalga oshiriladi hamda bo‘linma, bo‘lim va boshqa tarkibiy bo‘linmalarning balans vahisobotlari tuziladi. Bu holda markaziy buxgalteriya tarkibiy bo‘linmalarning balans va hisobotlarini umumlashtirib, butun korxona bo‘yicha yig‘ma balans va hisobotlarni tuzadi hamda tarkibiy bo‘linmalarda buxgalteriya hisobi va hisobotning yuritilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Alohida hisob ishlari bo‘yicha rejalarning turlari:
Hujjatlashtirish rejasi va hujjatlar aylanishi grafigi
Buxgalteriya xodimlarining mehnatinitashkil etish rejasi
Inventarizatsiya rejasi
Bajariladigan hisob ishlarining individual grafigi
Hisobni texnik rasmiylashtirish rejasi
Bajariladigan hisob ishlarining tuzulmaviy va yig‘ma grafigi
Amaliyot shuni ko‘rsatmoqdaki, buxgalteriya hisobini markazlashtirish bosh buxgalter tomonidan rahbarlik va nazorat qilishning ta’sirchanligini ta’minlaydi, hisob xodimlari o‘rtasida mehnat taqsimotini maqsadga muvofiq amalga oshirish va EHM dan samarali foydalanishga imkon beradi. Shuning uchun, buxgalteriyahisobini faqat yirik korxonalarda markazlashtirilmagan holda tashkil etish maqsadga muvofiq.
Aksariyat korxonalarda markazlashtirilgan buxgalteriya hisobi tizimi qo‘llaniladi. Ayrim korxonalarda muayyanshart-sharoitlardan kelib chiqqan holda qisman markazlashtirilmagan buxgalteriya hisobi tashkil etilib, tarkibiy bo‘linmalarda dastlabki hujjatlarni tuzishdan tashqari ayrim sintetik schotlar bo‘yicha analitik hisob yuritiladi, xarajatlar hisobi amalga oshiriladi, mahsulot (ish, xizmat)larning haqiqiy tannarxi hisoblanadi va h.k. Lekin, tarkibiy bo‘linmalarda yakuniy buxgalteriya hisobi yuritilmaydi. Balans hamda boshqa hisobot shakllari tuzilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |