1-ma’ruza: buxgalteriya hisobi fanining predmeti va metodi reja


Buxgalteriya hisobi xodimlarini ish joyini oqilona tashkil etishda quyidagilarga ahamiyat berish kerak bo‘ladi


Download 78.54 Kb.
bet14/18
Sana25.04.2023
Hajmi78.54 Kb.
#1396028
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
1-mavzu. (1)

Buxgalteriya hisobi xodimlarini ish joyini oqilona tashkil etishda quyidagilarga ahamiyat berish kerak bo‘ladi:

  • xodimlarni yorug, xonalar va kerakli anjomlar bilan ta’minlanganligiga;

  • buxgalteriya bo‘limi xodimlarini asosiy faoliyatlari ish joylarida amalga oshirilishiga (hisob xodimining bittasiga belgilangan maydon meyori besh kvadrat metrdan to‘qqiz kvadrat metrgacha);

  • xodimlarni buxgalteriya hisobi qaysi bo‘limida ishlashiga ko‘ra ish joyi ta’yinlanganiga.

Masalan, bosh buxgalter va uning o‘rinbosarlariga hamda, moddiy javobgar shaxslar, mijozlar bilan muloqotda bo‘ladigan buxgalteriya hisobi xodimlariga alohida xonalar ajratilishi kerak. Sababi, buxgalteriya bo‘limi boshqa xodimlarni mehnat unumdorligiga shovqinlar (telefon bilan so‘zlashuvlar, mijozlar bilan muloqotlar) salbiy ta’sir etishi mumkin.
Xodimlarni xona ichida ish joyini tashkil etayotganda, hujjatlarni qayta ishlash ketma-ketligini yoki xodimlarni ish faoliyatidagi o‘zaro aloqadorligini hisobga olmoq kerak.
Xodimlar ish joyini oqilona tashkil etishda texnikalar (kompyuter, printer, faks, telefon va boshqalar)ni joylashishini ham e’tiborga olmoq kerak.
Xodim ish stoli tomonida qayta ishlash tarkibiga ko‘ra joylashgan holda qo‘yilishi lozim. Stolning o‘ng tomonida esa, qayta ishlangan hujjatlar turishi, buxgalteriya bo‘limi xodimi ish faoliyati samaradorligini oshishi omillaridan biri hisoblanadi.
Xo‘jalik yurituvchi obyektlar menejment, marketing bo‘limi xodimlari uchun kerakli ma’lumotlarni tez va to‘g‘ri uzatilishi ham ish joyini oqilona tashkil etilishiga bevosita bog‘liqdir.
Buxgalteriya apparatining tuzilmasini va uning alohida bo‘linmalar bilan aloqa qilish shakllarini aniqlashda buxgalteriya hisobini markazlashtirilgan yoki markazlashtirilmagan shaklda tashkil etish to‘g‘risidagi masalanihal etish zarur.
Buxgalteriya apparatining tuzilishi korxonaning boshqaruv tuzilmasi, ishlab chiqarish texnologiyasi, hisob ishlarining hajmi va texnik vositalar mavjudligiga bog‘liq. Shu munosabat bilan hozirgi vaqtda buxgalteriya tuzilmasini tashkil etishning asosiy 3 ta tipi shakllangan.
Buxgalteriya chiziqli tashkil etilganda barcha buxgalteriya xodimlari bevosita bosh buxgalterga bo‘ysunadi. Bundan buxgalteriya apparati tuzilmasi xodimlar soni 7-9 kishidan iborat bo‘lib, uncha katta bo‘lmagan korxonalarda qo‘llaniladi.
Buxgalteriya bajariladigan hisob ishlarining funksionalbelgisi bo‘yicha tashkil etilganida bo‘limlar(guruhlar) tuziladi. Masalan, mehnat haqi hisoblash bo‘limi; moddiy bo‘lim, nafaqa bo‘limi kabilar bo‘lib, ularga katta buxgalter boshchilik qiladi. Bu holda bosh buxgalterning farmoyishlari tegishli bo‘lim (guruh)larning katta buxgalterlariga etkazilib, ular aniq bajaruvchini tayinlaydi va nazorat qiladi. Buxgalteriyaning bunday tuzilmasi ko‘plab o‘rta va ayrim yirik korxonalarda qo‘llaniladi.
Buxgalteriya korxonaning tarkibiy bo‘linmalari bo‘yicha tashkil etilganida har bir tarkibiy bo‘linmada (bo‘linma, bo‘lim, yordamchi xo‘jalik va ishlab chiqarishlar va h.k.) buxgalteriya tashkil etiladi. Bu holda, bunday buxgalteriyaga katta buxgalterlar tayinlanib, ular o‘z bo‘linmasida hisobni tashkil etish bilan mustaqil shug‘ullanadilar. Buxgalteriya apparatini tashkil etishning bunday shakli juda katta korxonalarda va ishlab chiqarish birlashmalarida qo‘llaniladi.
Buxgalteriya apparatining ishi korxonaning barcha bo‘limlari faoliyati bilan bog‘liq. Buxgalteriya xodimlari ulardan hisobni amalga oshirish uchun zarur bo‘ladigan u yoki bu ma’lumotlarni oladilar.
Buxgalteriya korxona va uning alohida bo‘linmalari faoliyati to‘g‘risidagi axborotlarni korxona (bo‘linma) rahbariyatiga va korxona boshqaruviga, menejerlarga va boshqa axborot foydalanuvchilarga muntazam ravishda taqdim etadi.



Download 78.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling