Dastlabki hujjatlarni tashkil etishning asosi korxona rahbari tomonidan tasdiqlangan hujjatlar aylanishi grafigi hisoblanadi.
Inventarizatsiya o‘tkazish rejasida rejadagi va rejadan tashqari inventarizatsiyalarni o‘tkazish tartibi,shakllari va muddatlari ko‘rsatiladi. Inventarizatsiya rejasi aktivlar va majburiyatlarni tekshirish korxonaning normal ishlashiga ta’sir ko‘rsatmaydigan qilib tuziladi. Rejadan tashqari inventarizatsiya o‘tkazish muddatlari moddiy javobgar shaxslarga bildirilmasligi lozim.
Hisobot taqdim etish rejasida quyidagilar ko‘rsatiladi: hisobot shakllari, u yoki bu hisobot tuzilishi lozim bo‘lgan hisobot davri, hisobotlarni topshirish muddatlari, korxona, tashkilot va muassasa nomi va manzili hamda hisobotni qabul qiluvchi mansabdor shaxs familiyasi va ismi-sharifi, hisobotlarni taqdim etish usuli (elektron, pochta va b.) va hisobotlarni tuzish uchun mas’ul shaxslarning familiyasi va ismi-sharifi, ular bajaradigan ishlar aniq ko‘rsatilgan holda. Hisobot rejasi qoidaga ko‘ra, ikki qismdan iborat.
Birinchi qismda tashqi foydalanuvchilarga taqdim etiladigan, ikkinchi qismda korxonaning alohida bo‘linmalaridan olinadigan hisobotlar bo‘yicha zarur ma’lumotlar keltiriladi.
Buxgalteriya hisobini texnik rasmiylashtirish rejasida mazkur korxonada qo‘llaniladigan hisob shaklining batafsil tavsifi keltirilib, korxonada qanday elektron hisoblash mashinalari, qurilmalar va boshqa texnik vositalardan foydalanilishi ko‘rsatiladi. Buxgaletriya hisobining shaklini tanlashda mazkur masalaga oid yo‘riqnomalar va ko‘rsatmalardan foydalanish, korxona faoliyatining muayyan shart-sharoitlarini hisobga olish, buxgalteriya hisobi amaldagi shakllarining afzalliklari va kamchiliklarini o‘rganish tavsiya etiladi.
Buxgalteriya hisobini texnik jihozlash rejasida hisobni kompyuterlashtirish masalasiga alohida o‘rin ajratish lozim. Elektron hisoblash mashinalaridan foydalanish bilan birga, turli hisoblash jadvallari va mexanik o‘lchagich vositalari (o‘lchagich idish, tarozi va h.k.)dan ham foydalanish zarur.
Buxgalteriya xodimlarining mehnatini tashkil etish rejasida buxgalteriya apparatining tuzilishi va shtat jadvali aniqlanib, har bir xodimga lavozim yo‘riqnomasi ishlabchiqiladi, ularning malakasini oshirish bo‘yicha tadbirlar belgilanadi, hisob ishlarining grafiklari tuziladi.
Buxgalteriya apparatining tuzilmasini va uning alohida bo‘linmalar bilan aloqa qilish shakllarini aniqlashda buxgalteriya hisobini markazlashtirilgan yoki markazlashtirilmagan shaklda tashkil etish to‘g‘risidagi masalanihal etish zarur.
Markazlashtirilgan buxgalteriya hisobida korxonaning hisob apparati markaziy buxgalteriyada jamlanadi va undaalohida bo‘linmalar (bo‘lim, omborxona va h.k.)dan kelib tushuvchi dastlabki va yig‘ma hujjatlarga asosan sintetik va analitik hisob bitta joyda amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |