1-ma’ruza: buxgalteriya hisobi fanining predmeti va metodi reja


Download 78.54 Kb.
bet2/18
Sana25.04.2023
Hajmi78.54 Kb.
#1396028
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
1-mavzu. (1)

2.Nazorat funksiyasi – iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish va bozor munosabatlarini erkinlashtirish, turli mulkchilik shakllarining mavjudligi sharoitlarida buxgalteriyahisobining nazorat qilish funksiyasi kuchaymoqda. Bunga uning shakl va uslublarini takomillashtirish, buxgalteriya hisobining xalqaro va milliy standartlarini joriy qilish, hisob ishlarini kompyuterlashtirish, buxgalter, iqtisodchi va tahlilchilarning avtomatlashtirilgan ish o‘rinlari imkoniyatlaridan keng foydalanish sabab bo‘lmoqda.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish turli mulkchilik shakllarining mavjudligi, xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar huquqlarining kengaytirilishi, xalq xo‘jaligida moliyaviy nazorat tizimining mahsulot ishlab chiqarish va realizatsiya qilish, ish bajarish va xizmat ko‘rsatish xarajatlari ustidan nazoratning pasaytirilishini bildirmaydi. Aksincha, moliya-hisob markazi (MHM), vazirlik va davlat idoralarining nazorat va taftish xizmatlari, banklar, auditorlik tashkilotlar va soliqinspeksiyasi xodimlari yangicha xo‘jalik yuritish uslublariga tayangan holda barcha resurslardan oqilona foydalanish ustidan kuchli nazorat o‘rnatishlari lozim. Buxgalteriya hisobining yagona yaxlit tizimida nazorat qilish funksiyasining roli kuchaymoqda va yanada ulkan ahamiyat kasb etmoqda. Chunki, korxona ma’muriyati yoki mulkdorlarga nafaqat o‘z korxonasining moliyaviy ahvolini bilish,balki raqobatchi korxonalarning hamda hamkorlarining moliyaviy ahvolini, to‘lov layoqatini bilish zarur.
Buxgalteriya hisobining maxsus usullari va amallari yordamida nazoratning uchta turi yuritiladi: dastlabki nazorat– xo‘jalik muomalasi sodir bo‘lgungacha; joriy nazorat– xo‘jalik muomalasini amalga oshirish; keyingi nazorat– muomala sodir bo‘lganidan so‘nggi.
Hisob jarayonining axborotlarni to‘plash, o‘lchash, ro‘yxatga olishdan tortib, to zarur bo‘lgan oraliq, natijaviy va hisobot ko‘rsatkichlarini olish bilan yakunlanadigan barcha bosqichlarida kompyuter va boshqa tashkiliy-texnik vositalardan foydalanish buxgalteriya hisobining boshqaruv tizimidagi nazorat funksiyasini kuchaytirishga doir vazifalarni bajarishga yordam beradi.

Download 78.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling