1-ma’ruza: buxgalteriya hisobi fanining predmeti va metodi reja


Download 78.54 Kb.
bet4/18
Sana25.04.2023
Hajmi78.54 Kb.
#1396028
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
1-mavzu. (1)

5.Tahliliy funksiya - xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar moliya-xo‘jalik faoliyatini va uning natijalarini tahlil qilishdan iborat. Axborotdan foydalanuvchilar (ichki va tashqi) hisob-iqtisodiy axborotlarga asosan xo‘jalik yurituvchi sub’yektning mulkiy holati, to‘lov layoqati, chetdan kapital jalb qilishi, ichki va tashqi munosabatlari, faoliyat samaradorligi, rivojlantirish istiqbollari va hokazolar to‘g‘risida zarur ma’lumotlarni olishga intiladilar. Boshqaruv maqsadlari uchunresurslarning barcha turlaridan foydalanish, ishlab chiqarish va realizatsiya xarajatlari; foydaning shakllanishi, taqsimlanishi vaishlatilishi va shunga o‘xshashlar tahlil qilinishi lozim. Tahlil jarayonida haqiqiy ko‘rsatkichlar, reja, normativ, smeta ko‘rsatkichlari bilan taqqoslanib, tafovut sabablari aniqlanadi. Demak, operativ boshqaruv, boshqaruv qarorlarini tayyorlash, asoslash va qabul qilish hamda korxonaning moliya-xo‘jalik faoliyatini prognozlashda buxgalteriyahisobi tahliliy funksiyasining ahamiyati beqiyosdir.
1.2.Biznesda buxgalteriya hisobini normativ-huquqiy tartibga solish tizimi
Korxonalarda hisob axborotlarini bozor iqtisodiyoti talablariga javob berishiga, obyektiv, hammaga tushunarli bo‘lishida amaldagi me’yoriy bazaga bog‘liq.
O‘zbekiston hududida buxgalteriya hisobi va hisobotining tashkiliy–uslubiy asosini 1996 yil 30 avgustida qabul qilingan, 2016 yil 13-aprelda yangi tahrirdatasdiqlangan «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonun,O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 1999 yil 5-fevralda tasdiqlangan «Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risida Nizom», Buxgalteriya hisobining Milliy standartlari hamda korxonaning hisob siyosati tashkil etadi. Buxgalteriya hisobining Milliy standarti № 21-sonli «Xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi va uni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma» 2004 yilning 1 yanvaridan amalga tadbiq etildi.
Bu me’yoriy hujjatlar buxgalteriya hisobini tashkil etish va yuritishning umumiy qoidalarini belgilaydi, shuningdek kimning qaramog‘ida bo‘lishi, mulk shakllari hamda faoliyat turlaridan qat’iy nazar barcha xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarga tegishlidir.
Shu bilan birga korxonalar bu me’yoriy hujjatlarga asoslanib xo‘jalik yuritishning tashkiliy-huquqiy shakllari, tarmoq xususiyatlari va faoliyat harakterlari, xodimlar malakasi va boshqa vazifalarni inobatga olgan holda buxgalteriya hisobi hamda nazoratni tashkil etish usullarini o‘zlari mustaqil belgilash huquqiga ega.
O‘zbekiston Respublikasining 1996 yil 30 avgustda qabul qilingan «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi 279-I-sonli Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilib, uning yangi tahriri 2016 yil 13-aprelda O‘RQ-404 son qaror bilan tasdiqlangan.
Mazkur qonun dastlab 24-moddadan iborat bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi kunda yangi tahririda 32-moddani o‘z ichiga olib, Qonunning maqsadi buxgalteriya hisobini tashkil etish, yuritish va hisobotni tuzish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat (1-modda).
2-modda. Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari. Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
3-modda. Buxgalteriya hisobining asosiy prinsiplari. Uzluksizlik, ishonchlilik, ko‘rsatkichlarning qiyoslanuvchanligi buxgalteriya hisobining asosiy prinsiplaridir.
4-modda. Buxgalteriya hisobi. Buxgalteriya hisobi barcha xo‘jalik operasiyalarini yaxlit, uzluksiz, hujjatlar asosida hisobga olish yo‘li bilan buxgalteriya axborotini yig‘ish, qayd etish va umumlashtirishning tartibga solingan tizimidan, shuningdek uning asosida moliyaviy va boshqa hisobotni tuzishdan iboratdir.
Buxgalteriya hisobi xo‘jalik operasiyasini buxgalteriya hisobining kamida ikkita schyotida bir vaqtda va o‘zaro bog‘liq holda pulda baholab aks ettirish yo‘li bilan ikki yoqlama yozuv usulida yuritiladi.
5-modda. Buxgalteriya axboroti. Buxgalteriya axboroti boshlang‘ich hisob hujjatlariga asoslangan, buxgalteriya hisobi registrlarida, moliyaviy hisobotlarda, tushuntirishlarda hamda buxgalteriya hisobini tashkil etish va yuritish bilan bog‘liq boshqa hujjatlarda aks ettiriladigan buxgalteriya hisobi obyektlari haqidagi qayta ishlangan ma’lumotlardir.

Download 78.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling