1-Ma’ruza: Dasturlash tillari faniga kirish Reja
Download 436.03 Kb.
|
1-Ma’ruza Dasturlash tillari faniga kirish Reja
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ma’ruza: Obyektga moljallangan tahlil va loyihalash Reja
- Tayanch so’z va iboralar
- Obyektga moljallangan tahlil va loyihalash tushunchasi
Nazorat savollari:
Obyektga yo’naltirilgan yondashuvning vujudga kelishi. Obyektga yo’naltirilgan yondashuvning afzalliklariga nimalar kiradi? Obyektga yo’naltirilgan yondashuvning maqsadlariga nimalar kiradi? Obyektga yo’naltirilgan yondashuvning tamoyillariga nimalar kiradi? Ma’ruza: Obyektga mo'ljallangan tahlil va loyihalash Reja: Obyektga mo'ljallangan tahlil va loyihalash tushunchasi Obyektga yo’naltirilgan yondashuvning uch tamoyili Tayanch so’z va iboralar: Object-oriented analysis and design. Object-oriented programming. Object-oriented domain analysis. Conceptual model. Responsibility assignment. Inkapsulyatsiya. Abstraksiya. Vorislik. Virtual usullar. Obyektga mo'ljallangan tahlil va loyihalash tushunchasi Obyektga mo'ljallangan tahlil va loyihalash (object-oriented analysis and design) ning bosh g'oyasi predmetga oid sohani va masalaning mantiqiy yechimini obyektlar (tushunchalar va mohiyatlar) nuqtayi nazaridan ko'rib chiqishdan iborat. Obyektga mo'ljallangan tahlil jarayonida asosiy diqqat-e'tibor obyektlar (yoki tushunchalar)ning predmetga oid soha atamalarida ta'riflash va tavsiflashga qaratiladi. Obyektga mo'ljallangan tahlil jarayonida obyektga mo'ljallangan dasturlash tili vositalari bilan joriy qilinadigan mantiqiy dasturiy obyektlar aniqlanadi. Bu dasturiy obyektlar atributlar va metodlarni o'z ichiga oladi. Va, nihoyat, konstruksiyalash (construction) yoki obyektga mo'ljallangan dasturlash (object-oriented programming) jarayonida ishlab chiqilgan komponentlar va sinflarning joriy qilinishi ta'minlanadi. Obyektga mo'ljallangan tahlil va loyihalashning ayrim asosiy tamoyillarini qisqacha ko'rib chiqamiz. Keyinchalik biz barcha ko'rib chiqilgan atamalarning yanada aniqroq ta'rifini va yanada to'liqroq shifr yechimini beramiz. Avval talablar tahlili (requirements analysis) amalga oshiriladi hamda bu paytda modellashtirilayotgan tizimda sodir bo'layotgan asosiy jarayonlar va ularning pretsedentlar ko'rinishidagi ta'rifi ajratiladi. Pretsedent (precedent) — predmetga oid sohada sodir bo'layotgan jarayonlarning matniy tavsifi. Ikkinchi qadam. Predmetga oid sohaning obyektga mo'ljallangan tahlili (object-oriented domain analysis). Bu qadamning vazifasi jarayon ishtirokchilarining faoliyat turlarini aniqlash hamda predmetga oid soha elementlarining turli kategoriyalarini aks ettiruvchi konseptual model (conceptual model) ni tuzishdan iborat. Uchinchi qadam. Bunda kim nima bilan shug'ullanayotganini ko'rib chiqamiz. Aynan shu faoliyat obyektga mo'ljallangan loyihalash (object-oriented design) deb ataladi va bunda asosiy diqqat-e'tibor majburiyatlarni taqsimlashga qaratiladi. Majburiyatlarni taqsimlash (responsibility assignment) da ilovadagi turli dasturiy obyektlarning vazifa va majburiyatlari ajratib ko'rsatiladi. Obyektga mo'ljallangan tahlil va loyihalashning muhim momenti shundan iboratki, bunda dasturiy tizim komponentlari o'rtasida majburiyatlar taqsimotini malakali o'tkazish ko'zda tutiladi. Gap shundaki, obyektga mo'ljallangan tahlil va loyihalashsiz ish ko'rib bo'lmaydi. Buning ustiga u robastlik, masshtablashish, kengayishlik va takroran qo'llash imkoniyatiga hal qiluvchi ta'sir ko'rsatadi. Obyektlarning majburiyatlari va o'zaro aloqalari sinflar diagrammasi (design class diagram) va o'zaro aloqalar diagrammasi (collaboration diagram) qo'llangan holda ifodalanadi. Download 436.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling