1-Ma’ruza. Dasturlashga kirish, dasturlashning asosiy tushunchalari


Download 5.63 Kb.
Sana19.10.2023
Hajmi5.63 Kb.
#1709815
Bog'liq
1-Ma’ruza. Dasturlashga kirish, dasturlashning asosiy tushunchal-hozir.org


1-Ma’ruza. Dasturlashga kirish, dasturlashning asosiy tushunchalari

1-Ma’ruza. Dasturlashga kirish, dasturlashning asosiy tushunchalari

Maqsad:

  • Kompyuter asoslari, dasturlar va operatsion tizimlarni tushunish;

  • C++ tarixi bilan tanishish;


  • C++ da sodda dastur tuzish;




CPU(Markaziy protsessor qurilmasi)
Markaziy protsessor kompyuterning “miyasi” hisoblanadi. U ikki qismdan iborat bo‘ladi:
  • Nazorat qismi(control unit);


  • Arifmetik/mantiqiy qismi(arifmethic/logic).


Nazorat qismi kompyuter komponentlarining harakatini nazorat qiladi va yo‘naltirib turadi. Arifmetik/mantiqiy qismi esa, sonli(qo‘shish, ayirish, ko‘paytirish va bo‘lish) va mantiqiy(taqqoslashlar) amallarni bajaradi. Markaziy protsessorlarning asosiy tashkil etuvchisi tranzistorlar hisoblanadi.


Markaziy protsessor tezligi
Har bir kompyuterda doimiy ravishda chiqarilgan elektron pulslarni o‘lchaydigan ichki soatlar mavjud. Ushbu pulslar operatsiyalar tezligini nazorat qilish va sinxronlash uchun ishlatiladi. Yuqori soat tezlikli kompyuter berilgan vaqt ichida ko‘p amallarni bajarish imkoniga ega bo‘ladi. Soat tezligining o‘lchov birligi gerts(Hz) hisoblanadi. 1 gerts bir sekunddagi 1 pulsga teng. 1990 yillarda protsessorning soat tezligi megagertslarda(MHz) o‘lchanardi, ammo hozirgi vaqtaga kelib rivojlanish natijasida gigagertslarda(GHz) o‘lchanadi. Intel protsessorlarining hozirgi tezligi 3GHz ni tashkil qilmoqda.
Bitlar va baytlar
Kompyuter –bu bor-yo‘gi almashishlar ketma-ketligi hisoblanadi. Har bir almashishlarda ikki holat mavjud: ha(on) yoki yo‘q(off). Kompyuterda axborotni tasvirlash uchun mana shu oddiygina almashishlar ketma-ketligidan foydalaniladi. Agar almashishning holati ha bo‘lsa, uning qiymati 1 ga, yo‘q bo‘lsa 0 ga teng bo‘ladi. 0 va 1 lar ikkilik sanoq sistemasining raqamlari hisoblanadi va ular bitlar deb nomlanadi.
Xotiraning eng kichik o‘lchov birligi bayt. 1 bayt 8 bitdan iborat. Misol uchun 3 singari kichik raqamlar 1 baytga joylashadi. Agar kattaroq sonlar 1 baytga sig‘maydigan bo‘lsa, kompyuter boshqa baytlardan foydalanadi. Sonlar va belgilar ko‘rinishidagi ma’lumotlar baytlar ko‘rinishiga o‘tkaziladi(shifrlanadi). Shifrlash jarayonini Siz dasturchi sifatida o‘ylamasangiz ham bo‘ladi. Uni kompyuterning o‘zi shifrlash sxemasiga ko‘ra avtomatik ravishda shifrlaydi va deshifrlaydi. Shifrlash sxemasi-bu sonlar, belgilar va simvollarni kompyuter ishlay oladigan ma’lumotlar ko‘rinishiga o‘tkazish qoidalari to‘plamidir. Ko‘pgina sxemalar har bir belgini oldindan aniqlangan bitlar ketma-ketligi ko‘rinishiga o‘tkazadi. Misol uchun, eng mashhur shifrlash sxemasi -ASCII ga ko‘ra C belgisi bir baytga joylashadi va u 01000011 ko‘rinishida tasvirlanadi.
Kompyuter xotirasi o‘lchov birligi – bayt.
  • Kilobayt ~ 1000 bayt;


  • Megabayt ~ 1 million bayt;


  • Gigabayt ~ 1 miliard bayt;


  • Terabayt ~ 1 trillion bayt.


Odatdagi bir sahifali Word hujjat 20 KB atrofida bo‘ladi. Shuning uchun, 1 MB 50 sahifali, 1 GB esa, 50000 sahifali hujjatdan iborat bo‘ladi. Ikki soatlik yuqori sifatdagi film 8 Gb joy talab qiladi. Xuddi shunday 20 ta film uchun 160 Gb joy talab etiladi.


Xotira qurilmasi
Kompyuter xotirasi tartiblangan baytlar ketma-ketligidan tashkil topgan. Xotiradagi har bir bayt takrorlanmas adresga ega. Adres ma’lumotni baytga joylashtirish va uni olish uchun ishlatiladi. Xotirdagi baytlarda joylashgan ma’lumotlardan ixtiyoriy tartibda foydalanish mumkin. Xotirani yana boshqacha nom bilan RAM(random-access memory ham deyishadi.

Yuqori darajali tillar
Yuqori darajali tillar 1950 yillarda paydo bo‘lgan. Ular platformaga bog‘liq bo‘lmagan dasturlash tillari hisoblanadi. Yuqori darajali tillarda yaratiladigan dastur ketma-ketligi operatorlar(statement) da yoziladi.
Yuqori darajali dasturlash tilida yozilgan dastur manba kodi(source code) yoki manba dasturi (source program) deyiladi. Chunki computer manba dasturini bajarmaydi, uni bajarish uchun manba dasturi mashina tiliga o‘girlishi kerak. Kompyuter faqat mashina tilidagi kodni bajaradi. O‘girish jarayoni interpretator yoki kompilyator deb nomlangan boshqa dasturiy vositalar orqali amalga oshiriladi.


Operatsion tizimlar
Operatsion tizim(OT) kompyuterda ishga tushadigan eng muhim dastur hisoblanadi. OT kompyuter tashkil etuvchilarini boshqaradi va nazorat qiladi.

http://hozir.org
Download 5.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling