1-Ma’ruza: davlat kadastrlarini yaratish va yuritishning normativ huquqiy va nazariy asoslari reja
Download 1.87 Mb.
|
1. Maruza matn
Italiyada 1162 yillar atrofida fiskal maqsadi bilan er kadastri tashkil etilgan. Milanda 50 yil davomida (1260-1310 yillar) kadastr s’yomkalari o‘tkazilgan, ammo s’yomka natijalaridan soliq olish tizimini o‘rnatish uchun ma’lumotlar olinmagan.
Angliyada birinchi kadastr 1066 yillarda tashkil topgan sanalanadi, uning maqsadi ko‘chmas mulkka soliq belgilash bo‘lgan. Bu kadastr xalq tomonidan “Barchaning umumiy sud kuni kitobi” (“Domesday book” yoki “Kniga Dnya Vseobщego suda”) deb nomlangan, modomiki kimdir soliq idoralarini aldagan bo‘lsa, oqibrtda unga qarshi qo‘llanishi mumkin bo‘lgan. Fransiyada birinchi kadastrlarning ma’lum bo‘lishi 1269 yil sanalanadi. Dastlab “Hisoblar kitobi” deb nomlangan kadastr muvofaqiyatga erisha olmadi. Faqat Lui XIV davrida unga tegishli bo‘lgan “Tabaqasidan qatiy nazar kadastr odamlarni teglashtirish kerak” degan mashhur so‘zidan keyin fransuzlar kadastr s’yomkasi asosida faskal tizimini muvofaqiyatli tadibiq eta olishdi. YAngi era yillarida ishlab chiqilgan asboblar va usullar kadastr uchun su’ratga oilishga sezirarli darajada ta’sir ko‘rsatdi. 1608 yil Galilso Galiley tomonidan 100 baravar kattalashtirilgan teleskop kashif etildi. 1590 yilda Avstriyalik maMavzutik YAn Priterius «Menzula Pretoriani» nomi bilan zamonoviy planshet tayyorladi. 1615 yilda Gollandeyalik Snel-Lius triangulyasiyani topografiyada qo‘llash usulini nashir etdi. 1730 yil birinchi teodolit kashf etildi. Boshqa turdagi kadastrlarning rivojlanishida Fransiya kadastri alohida o‘ringa ega deb hisoblanadi. 1801 yillarda Napoleon fransiya hududida ko‘chmas mulkka soliqning adolatli taqsimlashni o‘rganib chiqish uchun komissiya tuzdi. Undan oldin 1800 alohida hududlarda kadastr uchun su’ratga olish ishlari o‘tkazildi. O‘tkazilgan ishlar natijasida hisoblangan soliq miqdorini boshqa hududlarda ham taqqoslash usuli bilan qo‘llash ko‘zda tutilgan edi, ammo olingan natijalar qoniqarsiz bo‘lib chiqdi, natijada butun Fransiya hududini kadastr su’ratiga olish lozimligi to‘g‘risida qaror qabul qilindi. SHu sababli 1814 yilgacha 12 millinon gektar hududda 36 million ob’ektlarda, 9 ming hududiy okruglarda s’yomka ishlar o‘tkazildi. Kadastr uchun su’ratga olish asosan fiskal va yuridik xarakterda o‘tkazildi. Bu vaqtdga kelib turli mamlakatlar kadastr uchun su’ratga olishni boshlab yuborishdi. Filip 11 podshohliq davrida Ispaniyada birinchi maratoba ko‘chmas mulkni baholash bo‘yicha statistik ishlari o‘tkazildi. SHuning bilan birgalikda oppozitsiyadagi yirik latifundistlar fiskal tizimini samarali qo‘llash imkonyatini bermadi. O‘rta asrda kadastr uchun su’ratga olish va er kadastrini yuritishning asosiy tamoillari Rim imperiyasi dvaridagi kadastr ishlaridan kamdan-kam farq qilar edi (erlar arqon yoki jezla yordamida to‘g‘ri chiziqli o‘lchangan, geomertik bilimlar va hisoblashlardan bo‘sh foydalanilgan), 1718 yilga kelib Milanlik Djovanni Djakomo Marioni qattiy ilmiy usullarga rioya qilingan er uchastkalarning chegaralarini triangulyasiya usulida va poligonometrik tarmoq bilan aniqlashga asoslangan birinchi kadastrni ishlab chiqdi. Bu kadastr hujjati sifatida menzuladan foydalanib 1:2000 masshtabda bajarilgan barcha qishloq jamoalari muxut (situatsionnыe) kartalari hisoblangan. Kartada alohida jamoalarning egaligidagi er uchastkalari (parsellar), shuning bilan birgalikda egalikning maydoni, tuproq turi, olinadigan sof foyda ko‘rsatilgan, bu ma’lumotlar soliqqa tortish uchun asos bo‘lib hisblangan. Bu kadastri o‘zining sifati va aniqligi tufayli Milan kadastri deb nom olgan, 1760 yil 1 yanvardan boshlab kuchga kiritilgan va XIX asrda Fransiya, Belgiya, Avstriya, Gollandiya, SHveysariya kadastrlarini ishlab chiqish uchun na’muna hisoblanadi. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling