Кursning maqsadi: turli mashinalar uchun bir xil bo’lgan detallarni hisoblashda va loyihalashda zamonaviy usullarni, qoidalarni takomillashtirish, muhandislik tafakkurini rivojlantirishdir (boltlar, gaykalar, vallar, tishli g’ildiraklar, muftalar va boshqalar).
Кursning vazifalari: detallarning mashinadagi ishlash sharoitlarini hisobga olgan holda hisoblash va loyihalash malakalarini singdirish, materiallarni to’g’ri va aniq tanlash, detal rasmini, aniqlik darajasini va yuzaning ishlanish sifatini to’g’ri belgilash, bikrlikka, ustuvorlikka, ishqalanishga va yeyilishga, zanglashga bardoshlilik va chidamlilikka hisoblashni o’rgatishdir.
«Mashina detallari» kursi matematika, fizika, nazariy mexanika, metallar texnologiyasi, materiallar qarshiligi, mashina va mexanizmlar nazariyasi, materialshunoslik, mashinasozlik chizmachiligi, iqtisod, sanoat dizayni va badiiy konstruksiyalash, metallar zanglashi kabi bir qator fanlarga chambarchas bog’likdir.
Mashina va ularning detallariga hamda detal materiallariga qo’yiladigan talablar Mashinalarga quyidagi talablar qo’yilishi mumkin:
yuqori unumdorlik;
ishonchlilik va umrboqiylik;
boshqarishning va xizmat ko’rsatishning oddiyligi;
mashinani loyihalashga va uni tayyorlashga sarflangan mablag’ning tezda o’zini qoplashi;
o’lchamlarining kichikliga;
yaxshi tashqi ko’rinishga ega bo’lishi.
Mashina detallariga esa ularning ish sharoitidan kelib chiqib quyidagi asosiy talablar qo’yilishi mumkin:
lozim bo’lgan mustahkamlik, bikrlik, ustuvorlik, issiqbardoshlik, titrashga va yeyilishga chidamlilik, zanglashga moyil emaslik, ishchanlik qobiliyatining mezonlariga javob berishi;
arzon va serob materialdan tayyorlanishi mumkinligi;
rasmi oddiy, ishlanishi qulay bo’lgan konstruksiyaga ega bo’lishi;
yuqori ishonchlilikka ega bo’lishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |