1-ma’ruza dеtаllаrning ishlаsh lаyoqаti оmillаri
Download 427.67 Kb.
|
Dеtаllаrning ishlаsh lаyoqаti оmillаri vа uni tа’minlаsh аsоslаr (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so’z va iboralar
- Mаqsаd
1-MA’RUZA DЕTАLLАRNING ISHLАSH LАYOQАTI ОMILLАRI VА UNI TА’MINLАSH АSОSLАRI. Mа`ruzа rеjаsi: Mashina detallari fanining tarixi, maqsad va vazifasi. Mashina detallariga qo’yiladigan asosiy talablar. Mashina dеtallarining ishchanlik qobiliyati va hisoblash mezonlari. Detallarga ta’sir etadigan yuklanish, ularda hosil bo’ladigan kuchlanish. Tayanch so’z va iboralar:Mashina, mexanizm, uzel, detal, mustahkamlik, bikrlik, issiqbardoshlik, yeyilishga va titrashga chidamlilik, kuchlanish, mustahkamlik chegarasi, oquvchanlik chegarasi, toliqish chegarasi, mustahkamlik, bikrlik, yeyilishga chidamlilik, issiqbardoshlik, titrashga chidamlilik, chegaraviy kuchlanish, kontakt kuchlanish. Mаqsаd:Кurs haqida umumiy ma’lumotlar bilan tanishish. Mashina detallari fanining tarixi, vazifasi va mashina detallariga qo’yiladigan asosiy talablarni o’rganish. Mashina dеtallarining ishchanlik qobiliyati va hisoblash mezonlarini o’rganish hamda detallarga ta’sir etadigan yuklanish, ularda hosil bo’ladigan kuchlanishlar bilan tanishish. Mashinasozlik sanoat va qishloq xo’jaligining taraqqiy etishi uchun zarur bo’lgan texnikaviy baza yaratadi. Shunday ekan, har bir ishchi, muhandis hamda olimning vazifasi zamonamiz talabiga to’la javob beradigan, yuqori unumli, mustahkam va foydali ish koeffisienti yuqori bo’lgan yangidan-yangi mashinalar yaratishdan iborat. Buning uchun mashinalar loyihalashda ular detallarining mumkin qadar yengil, etarli darajada mustahkam, ishqalanishga chidamli, rasmi oddiy, ishlatilishi qulay va xavfsiz, shuningdek, davlat standartlarida qo’yilgan talablarni to’la qondiradigan bo’lishiga erishish kerak. Bundan tashqari, detallar ishdan chiqqanda yangisiga tez va oson almashtiriladigan bo’lishi ham zarur. Tabiiyki, bunday vazifani yuqori malakali mutaxassislargina hal qila oladi. Anna shunday mutaxassislar tayyorlashda «Mashina detallari» kursi alohida o’rin tutadi. Mashina - bir qancha detallardan tuzilgan bo’lib, ma’lum ish bajarish, quvvatni bir turdan boshqa turga aylantirish, foydali qarshilikni engish, dasturlangan nazorat yoki akliy faoliyat uchun mo’ljallangan mexanizmdir. Har bir mashina uch guruh mexanizmdan tuzilgan: harakatlantiruvchi, uzatuvchi va ijro etuvchi. Mexanizm - ko’zda tutilgan harakatni uzatish uchun sun’iy yo’l bilan biriktirilgan oddiy zvenolarning tizimidir (kulisali, kulachokli, friksion, krivoshipli, richagli va boshqalar). Download 427.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling