1-ma’ruza dеtаllаrning ishlаsh lаyoqаti оmillаri


Ruxsat etilgan kuchlanishlarni aniqlash


Download 427.67 Kb.
bet8/14
Sana08.11.2023
Hajmi427.67 Kb.
#1758419
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
Dеtаllаrning ishlаsh lаyoqаti оmillаri vа uni tа’minlаsh аsоslаr (1)

Ruxsat etilgan kuchlanishlarni aniqlash


Кuchlanishning eng katta qiymatida detalning mustahkamligi va umrboqiyligi ta’minlangan bo’lsa, bu kuchlanish ruxsat etilgan kuchlanish deb ataladi va uni tanlash mashinasozliqda katta ahamiyatga molikdir. Bu kuchlanish chegaraviy kuchlanishga asosan tanlanadi (ruxsat etilgan kuchlanish normal va urinma bo’lishi mumkin):


(1.1)
bu yerda, [n] - zarur bo’lgan mustahkamlik zahirasi koeffisienti va u hisoblash usuli aniqligiga, loyihaning turiga va mas’uliyatliligiga, yuklanish xarakteriga va boshqalarga bog’liqdir. Chegaraviy kuchlanishlar esa detal materialiga, deformasiya turiga, kuchlanishning vaqt bo’yicha o’zgarish xarakteriga bog’liq. O’z vazifasini bajarayotgan detalda kuchlanish vaqt bo’yicha qiymati va yo’nalishini o’zgartirishi mumkin.
Boshqacha aytganda, detal vaqt davomida turlicha yuklanadi. Buni kuchlanish davri deb atash mumkin va u eng katta va kichik qiymatlar bilan xarakterlanadi.
Mashina detallari ish davomida simmetrik, pulsasiyalanuvchi va o’zgarmas davr (sikl) bilan yuklanishi mumkin.

    1. Simmetrik davriy ravishda mashina detallari kuchlanish bilan yuklanganda (1.1- rasm) o’rtacha kuchlanishlar qiymati quyidagacha aniqlanadi:




Davrning kuchlanish amplitudasi esa quyidagacha aniqlanadi: Asimmetriya koeffisientining qiymati bo’lsa, tubandagicha ifodalanadi:
1.1-rasm. Simmetrik yuklanish tarhi
(1.2)


(1.3)




    1. Pulsasiyalanuvchi davr. Ba’zi hollarda detallar pulsasiyalanuvchi, ya’ni vaqt birligi ichida o’z qiymatini noldan maksimal qiymatgacha o’zgartirib turadigan yuklanish ostida bo’lishi mumkin. (1.2-rasmda pulsasiyalanuvchi davr tarhi keltirilgan.)


1.2-rasm. Pulsasiyalanuvchi davrli yuklanish


Agar asimmetriya koeffisienti birga teng bo’lsa, kuchlanish o’zgarmas holda bo’ladi va bunda detal o’zgarmas kuchlanish ta’siri ostida ishlaydi (1.3-rasm).
Ruxsat etilgan yoki zarur mustahkamlik zahirasi koeffisienti differensial usul bilan topilishi mumkin:
n n1 n2 n3


1.3-rasm. O’zgarmas kuchlanishli yuklanish


bu yerda:
n1=1,2...1,5 - detalga ta’sir qiluvchi kuch va momentlarning haqiqiy qiymatlari bilan hisoblash uchun qabul qilingan qiymatlar orasidagi farqni hisobga oluvchi koeffisient;
n2=1,3...2,2 - materialning bir jinsliligini, uning mexanik xossalarining normativda ko’rsatilganidan farq qilishini hisobga oluvchi koeffisient;
n3=1,1...1,5 - juda mustahkam bo’lishi talab etiladigan muhim detallarning mustahkamlik zahirasini qo’shimcha ravishda oshirish uchun kiritiladi.
O’zgaruvchan yuklamalar ta’sirida davomli ishlatilgan mashina detallari, tajribalarning ko’rsatishicha, mustahkamlik chegarasi σv dan ancha kichik yuklanishlarda ham emirilishi (sinishi) mumkin.
Davriy yuklanishdagi emirilish (sinish) kuchlanishlarning jamlanish zonasida hosil bo’ladigan mikroyoriklar tufayli yuz beradi.
Yoriqlar asta-sekinlik bilan kattalashadi, detalning ichki sohalariga kirib boradi. Кuchlanishlarning davriy ta’siridan yuzaga kelgan emirilish materialning toliqishi deb ataladi. 1.4-rasmda valning toliqish oqibatida sinishi ko’rsatilgan. Detallarning 75-80% sinishi toliqish natijasida vujudga keladi.

1.4-rasm. Valning toliqish oqibatida sinishi:



      1. - toliqib yemirilish zonasi;

      2. - statik yemirilish zonasi.

Materialning yemirilmasdan o’zgaruvchan kuchlanishlarni ko’p marotaba qabul qila olish qobiliyati uning toliqishga qarshiligi yoki chidamliligi deb ataladi.

Download 427.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling