1-ma’ruza dеtаllаrning ishlаsh lаyoqаti оmillаri


Download 427.67 Kb.
bet4/14
Sana08.11.2023
Hajmi427.67 Kb.
#1758419
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Dеtаllаrning ishlаsh lаyoqаti оmillаri vа uni tа’minlаsh аsоslаr (1)

Buni quyidagi misolda tushuntirish mumkin. Ba’zi mashinalar yoki mexanizmlar yuqori bosim ostida, tajovuzkor muhit ta’siri ostida (bu asosan kimyoviy apparatlarda, yuqori bosim ostida ishlovchi qozonlarda, nasoslarda, chorvachilik va meliorativ texnikada, gidroelektr stansiyalarning generatorlarida uchraydi), ba’zilari esa yuqori harorat, bo’shliq, radiasiya ostida ishlatiladi. Кo’p hollarda mashinalarning ishonchliligini aniqlashda etakchi omil e’tiborga olinadi. Bunda ta’sir qilayotgan boshqa omillar ikkilamchi deb qaraladi.
Shuning uchun ham mashinalarni loyihalashda va hisoblashda ularning konstruksiyasini qulaylashtirish usullari ishlatiladi.
Mashina detallari materiallari esa quyidagi talablarga javob berishi lozim: arzon; oson topiladigan; mashina yoki detalning ish sharoitiga mos keladigan va iloji boricha yuqoridagi talablarga to’liq javob beradigan. Mashina uchun detal tayyorlanganda materialning turli xossalari e’tiborga olinadi. Materialning mexanik xossalariga mustahkamlik, rasm o’zgarishiga moyillik, elastiklik, oquvchanlik chegarasi, nisbiy cho’ziluvchanlik va zarbiy qovushqoqlik kabilar kiradi.
Materialning texnologik xossalarini payvandlanish, puxtalanuv, kesib ishlanuv va quyulib ishlash mumkinligi kabi xossalar tashkil etadi. Materialning iqtisodiy xossasi esa asosan uning tannarxidir.

Loyiha va tekshiruv hisoblari haqida ma’lumotlar


Detalning o’lchamlarini asosiy ishchanlik qobiliyatiga (masalan, mustahkamlik, bikrlik, yeyilishga chidamlilik va boshqalar) mos keluvchi ifodalar orqali aniqlash loyiha hisobi deyiladi. Bu hisoblash usuli detalning yoki konstruksiyaning o’lchamlari oldindan noma’lum bo’lganda qo’llaniladi. Loyiha hisoblari qator cheklanishlarga asoslangan va dastlabki hisob rasmida bajariladi.
Detalning asosiy ishchanlik qobiliyati mezonining amaldagi tavsiflarini aniqlash va ularni ruxsat etilgan qiymatlari bilan taqqoslash tekshiruv hisobi deb ataladi. Tekshiruv hisobida hisobiy kuchlanishlar va mustahkamlik zahirasi koeffisientlari, haqiqiy solqilik va kesimning qiyalik burchagi, harorat va shu kabilar aniqlanadi.
Tekshiruv hisobi aniqlashtirilgan usul hisoblanadi. Bu hisob detalning rasmi va o’lchamlari loyiha hisobidan aniqlangan yoki konstruktiv asosda qabul qilingan holatlarda bajariladi.
Hisob va konstruksiyalash uzviy bog’langandir. Loyiha va tekshiruv hisoblari asosida chizma ko’rinishida mexanizm yoki mashinani yaratishning ijodiy jarayoni konstruksiyalash deyiladi. Mashina
konstruksiyasining ishlanmasi bajarilayotganda mashinani tayyorlash va ishlatishga sarflanadigan xarajatlarning kamligida uning kerakli tavsiflarini ta’minlay oladigan qulay konstruksiyani olish uchun turli variantlar ko’rib chiqiladi.
Кonstruksiyalash maxsus omillarni va loyihalanayotgan mashinaning ko’rsatkichlarini shu rusumdagi mashinalarni ishlatish tajribasini aks ettiruvchi statik material va ma’lumotlarni har tomonlama tahlil qilishni hamda zamonaviy mashinasozlikning hamma talablarini e’tiborga olishni talab etadi.

Download 427.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling