1-ma’ruza dеtаllаrning ishlаsh lаyoqаti оmillаri
Кv koeffisientining qiymatlari
Download 427.67 Kb.
|
Dеtаllаrning ishlаsh lаyoqаti оmillаri vа uni tа’minlаsh аsоslаr (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mustahkamlik zahirasi koeffisientlari
- Mashina detallarining kontakt mustahkamligi
- Nazorat savollari.
Кv koeffisientining qiymatlari
Detallarni tig’izlik (taranglik) evaziga o’tkazish joylarida (dumalash podshipniklari, tishli g’ildiraklar va boshqalarni) valning ko’ndalang kesimi mutlaq o’lchamlarining chidamlilik chegarasiga ta’siri keskinroq seziladi. Bu holda kuchlanishlar jamlanishini baholashda K K d va K r K d nisbatlar qo’llaniladi (1.5-jadval). 1.5-jadval K va K r K d K d nisbatlarning vallar uchun detallar tig’izlik bilan o’tqazilgandagi qiymatlari
Izoh: Tig’izlik bilan o’tkazilgan detalning qirrasida yuqori qiymatli kuchlanishlar jamlanishi hosil bo’ladi. Detalning ma’lum kesimi uchun kuchlanishlar jamlanishini e’tiborga oluvchi koeffisientlar quyidagicha aniqlanadi: Ko’rilayotgan kesimda detalning chidamlilik chegarasi: 1 ; MPa 1 Д К Д 1 ; MPa 1 Д К Д bu yerda: -1 va -1 - andozaviy silliq namunalarning chidamlilik chegarasi, MPa. Mustahkamlik zahirasi koeffisientlariStatik kuchlanishlarda mustahkamlik zahirasi koeffisientini anikdash. Statik kuchlanishlar yoki doimiy kuchlanishlar amaliyotda juda kam uchraydi. Doimiy kuchlanishli ishlash tarziga, ish maromidan 20% ga chetlanishlar mavjud bo’lgan hollar kiritiladi. Plastik materialdan tayyorlangan statik kuchlanish ostida bo’lgan detallarning kuchlanishlar jamlanishi detallarning ko’tarish qobiliyatini kamaytirmaydi, chunki mahalliy plastik deformasiyalar ko’ndalang kesimdagi kuchlanishlarning qayta taqsimlanishiga va tekislanishiga olib keladi. Bu holda mustahkamlikka hisoblash nominal bo’yicha bajariladi. va kuchlanishlar Кuchlanishlar jamlanishiga etarli sezgirlik ko’rsatgailiklari sababli mo’rt materiallar ham xuddi shunday hisoblanadi. Кuchlanishlar jamlanishi mustahkamlikni kamaytirganligi uchun kamplastik materiallardan tayyorlangan detallar (legirlangan po’latlar va boshqalar) eng katta mahalliy kuchlanishlar bo’yicha hisoblanadi. Yuqoridagalarga binoan, masalan, norml kuchlanishlar bo’yicha mustahkamlik zahirasining hisobiy koeffisientlari quyidagicha ifodalanadi: plastik materiallar uchun S S , kamplastik materiallar uchun B B S S , bu yerda: K r va β - materialning oquvchanlik va mustahkamlik chegarasi; Kσ - kuchlanishlar jamlanishining effektiv koeffisienti, (1.2-jadval); [Sβ] va [Sτ] - mustahkamlik va oquvchanlik chegarasi bo’yicha mustahkamlik zahirasining ruxsat etilgan (joiz) koeffisientlari. [S] ning qiymatini tanlash ma’sul vazifalardan hisoblanadi, chunki detal o’lchamlari va massasini oshirmay turib, uning talab etilgan ishonchliligini ta’minlash zarur bo’ladi. Bu koeffisientning qiymatlari quyidagi oraliqda tavsiya etiladi: uglerodli po’latlar uchun [Sτ] = 1,3... 1,6; kulrang cho’yan uchun [Sβ]= 2,1...2,4. O’zgaruvchan kuchlanishlarda detallarning chidamliligani baholashda ularning konstruktiv rasmlari, o’lchamlari, yuzasining holati va boshqa omillar albatta hisobga olinishi darkor. a va a sikl amplitudali o’zgaruvchan kuchlanish ta’sirida mustahkamlik zahirasining hisobiy koeffisientlari quyidagicha aniqdanadi: normal kuchlanishlar holida (egilish, cho’zilish-siqilish) (1.4) urinma kuchlanishlar holida (buralish, kesilish) (1.5) O’zgaruvchan normal va urinma kuchlanishlarning birgalikdaga ta’sirida (masalan, egilish va buralish) mustahkamlik zahirasi umumiy koeffisienti quyidagicha ifodalanadi: (1.6) bu yerda: S va S - yuqoridagi ifodalar orqali aniqlangan. O’zgaruvchan kuchlanishlarda po’lat detallar uchun yuqori aniqlikdagi hisoblashlarda [S]=1,3...1,5; juda aniq bo’lmagan hisoblashlarda [S] = 1,6...2,1; qiymatlarni qabul qilish tavsiya etiladi. Mashina detallarining kontakt mustahkamligiQator mashina detallarining ish qobiliyati ularning ishchi (kontakt) yuzalarining kontakt mustahkamligi orqali aniqlanadi. Bu yuzalarning yemirilishi bir-biriga siqilgan ikkita qiya chiziqli yuzalarning kontakt joyida hosil bo’ladigan kontakt kuchlanishlar (σn) ta’sirida yuz beradi. N indeksi kontakt kuchlanishlar nazariyasining asoschisi G.Gers (Hertz) sharafiga qo’yilgan. 1.7-rasm. Кontakt kuchlanishlarga oid sxema Tashqi yuklama mavjud bo’lmagan taqdirda qiya chiziqli yuzalarning boshlang’ich kontakti nuqtaviy (ikkita shar misolida) yoki chiziqli (ikkita silindr misolida) bo’ladi. Tashqi yuklama qo’yilgandan so’ng bu yuzalarning boshlang’ich kontakti (kichik yuzadagi kontakt) yuqori kuchlanishli kontakt holatiga o’tadi. Bu kuchlanishlar elliptik qonun asosida taqsimlanadi (yoyiladi). σn ning eng katta qiymati tishli, chervyakli va boshqa turdaga uzatmalar hamda dumalash podshipniklari uchun ishchanlik qobiliyatining asosiy mezoni sifatida qo’llaniladi. Tishli g’ildiraklar juftligi uchun taalluqli bo’lgan chiziqli boshlang’ich kontakt holida kontakt kuchlanishlarning eng katta qiymati Gers formulasiga ko’ra aniqlanadi (bu ifoda ikkita silindrning kontakt zonasi uchun olingan): kuchlanishlar holida (buralish, kesilish) bu yerda: q F r b , MPa (1.7) - kontakt chizig’ining bir birligiga tug’ri keluvchi normal yuklama; Fk - kontakt yuzasiga normal yo’nalgan kuch, N; b - kontakt chizig’ining ishchi uzunligi , mm; kel - keltirilgan egrilik radiusi, mm: (1.8) 1 va 2 - kontakt nuqtalaridagi egrilik radiusi (minus belgasi 1 radiusli chiziq yuzaning 2 radiusli botiq yuzaga kontaktida olinadi); E kel - keltirilgan elastiklik moduli (1.9) E1 va E2 - silindr materiallarining elastiklik moduli; agarda silindrlar materiaplari bir xil bo’lsa, u holda Ekel = E1 + E2; μ = 0,3 - Puasson koeffisienti. Кontakt mustahkamlik sharti σn ≤ [σ]n bo’ladi. Bu erda: [σ]n - ruxsat etilgan kontakt kuchlanish. 1.8-rasm Кontakt kuchlanishlarning uzlukli sikl bo’yicha o’zgarishi Yuklama ostida aylanayotgan detallarning tutash sirtlarining har bir nuqtasi kontakt zonasidan o’tayotgan vaqtdagina davriy yuklanadi, bu nuqtalardagi kontakt kuchlanishlar σn noldan boshlanadigan uzlukli sikl bo’yicha o’zgaradi (1.8- rasm). Agarda hosil bo’layotgan kontakt kuchlanishlar ruxsat etilganidan katta bo’lsa, ya’ni σn>[σ]n, bu holda kontakt kuchlanishlarning siklik ta’siridan detallarning tutashish sirtlarida toliqish mikroyorikdari hosil bo’ladi. Кontakt zonasida moyning mavjud bo’lishi bunday mikroyoriklarning kattalashuviga olib keladi. Mikroyoriqlarga kirib qolgan moy yuqori kontakt kuchlanishlar ostida metall yoriqlari ichida katta bosimni vujudga keltiradi va metall zarrachalarining uvalanishiga olib keladi. Detallarning ishchi yuzalarida avval ko’zga ko’rinmas mayda chuqurchalar, so’ng esa 2-3 mm o’lchamgacha yetadigan o’yiqchalar paydo bo’ladi. Bunday yemirilish jarayoniga toliqishdan uvalanish nomi berilgan. Mustahkamlik va qattiqlik chegaralarini oshirish, yuza notekisligani kamaytirish yuzalarning uvalanishga qarshiligini oshirishga olib keladi. Moylarning ishlatilishi toliqishdan uvalanishga olib kelar zkan degan xulosa albatta noto’g’ri bo’lar edi. Moylardan oqilona foydalanish yuzalarda moy qatlamini vujudga keltiradi. Bu holat metall yuzalarning bevosita kontaktini yo’qotadi, yeyilishni kamaytiradi, haroratni me’yorida ushlab turishga yordam beradi, ishqalanish mahsulotlarini kontakt zonasidan tezlikda olib ketishga, zanglashdan saqlashga vosita bo’ladi. Moy qatlami orqali kontaktlashuv xizmat muddatini oshirishga olib keladi, birinchi mikroyoriqlar paydo bo’lishi bilan moyning salbiy ta’siri ham paydo bo’la boshlaydi. Moysiz sharoitda ishlash detal yuzalarining tezda yeyilishiga olib keladi. Nazorat savollari.Mashinaga ta’rif bering. Mexanizmga ta’rif bering. Uzelga ta’rif bering. Detalga ta’rif bering. Кursning maqsadini keltiring. Кursning vazifasini keltiring. Detallarning ishlash layoqatini baholovchi mezonlarni aytib bering. Detallarga ta’sir etadigan yuklanish, ularda hosil bo’ladigan kuchlanishlarni keltirib o’ting. Download 427.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling