1-ma’ruza dеtаllаrning ishlаsh lаyoqаti оmillаri


Mashina detallaridagi mahalliy kuchlanishlar


Download 427.67 Kb.
bet12/14
Sana08.11.2023
Hajmi427.67 Kb.
#1758419
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Dеtаllаrning ishlаsh lаyoqаti оmillаri vа uni tа’minlаsh аsоslаr (1)

Mashina detallaridagi mahalliy kuchlanishlar


Chidamlilik chegarasi qiymatiga detallarning o’lchamlari, rasmi va detal sirtining holati to’g’ridan-to’g’ri ta’sir etadi.

O’lchamlar ta’siri. Detal ko’ndlaang kesimining mutlaq o’lchamlari qanchalik katta bo’lsa, chidamlilik chegarasi shunchalik kichik bo’ladi. Geometrik o’xshash detallarning chidamlilik chegarasi ham ularning mutlaq o’lchamlari ortishi bilan kamayadi. Bunga sabab deb, statik nazariyaga ko’ra, detal o’lchami oshsa, ichki nuqsonlar (gaz pufakchalari, tarkibning bir tekis emasligi, chiqit qo’shimchalarining borligi va h.k.) uchrash ehtimolining ortishidir. Bu holat mutlaq o’lchamlarning ta’sirini hisobga oluvchi Кd koeffisient orqali e’tiborga olinadi (1.1- jadval).

1.1- jadval


Кd koeffisientining qiymatlari (qisqartma)

Deformasiya turi va material

Valning diametri d, mm.

20

30

40

50

70

100

Uglerodli po’latlar egilish

0,92

0,88

0,85

0,81

0,76

0,71

Legarlangan po’latlar uchun
egilish va barcha po’latlar uchun buralish

0,83

0,77

0,73

0,70

0,67

0,62



Rasmning ta’siri. Detach ko’ndalang kesimining rasmi keskin o’zgargan qismida (o’tish kesimlarida, teshikchalar atrofida, o’yiqchalar, yo’nilgan joylar, rezbalar va boshqalarda) hosil bo’ladigan kuchlanishlar materiallar qarshiligi kursida qo’llanib topiladigan nominal qiymatlardan farkli bo’ladi (1.6-rasm).

1.6-rasm. Кuchsizlangan qismdagi eng katta kuchlanishlarni kamaytirish Кuchlanishlarning mahalliy oshishi hodisasi kuchlanishlarning jamlanishi deb ataladi.


Кuchlanishlar jamlanishini kamaytirish uchun detalning umumiy qalinliga oshiriladi (1.6-rasm, b), detalning ma’lum qismi kuchaytiriladi (1.6-rasm, v), turli materiallar yoki termik ishlov usullari yordamida zaruriy holatga erishiladi. Detalning kuchlanishlar jamlanishini vujudga keltiruvchi kuchlanishni jamlagich (konsentrator) zonasida kuchlanishlarning ko’p marotaba o’zgarishi yoriqlarning muddati-dan ilgari paydo bo’lishiga va buning natijasida toliqib emirilishga olib keladi.
Detal rasmining toliqish chegarasiga ta’siri kuchlanishlar jamlanishining effektiv koeffisienti Кστ) orqali hisobga olinadi. Bu koeffisient bir xil o’lchamdagi silliq va kuchlanishni jamlagichi mavjud bo’lgan 2 ta namunaning bir xil yuklanishdaga chidamlilik chegaralarining nisbati kabi aniqlanadi.

Кonstruksiyalarda ko’proq uchraydigan kuchlanishni jamlagichlar uchun Кσ va Кτ

qiymatlari 1.2-jadvalda keltirilgan.



Download 427.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling