1-ma’ruza dеtаllаrning ishlаsh lаyoqаti оmillаri


Mashinalar ishonchliligi haqida tushunchalar


Download 427.67 Kb.
bet9/14
Sana08.11.2023
Hajmi427.67 Kb.
#1758419
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Dеtаllаrning ishlаsh lаyoqаti оmillаri vа uni tа’minlаsh аsоslаr (1)

Mashinalar ishonchliligi haqida tushunchalar


Ishonchlilik - bu ob’ekt (mashina)ning ishlatish (foydalanish)ning berilgan sharoitlarida talab etilayotgan vazifaning bajarilishini ta’minlaydigan barcha ko’rsatkichlarni belgilangan chegarada vaqt davomida saqlab turish xossasidir.
Texnika sohasida ishonchlilikning ustuvorligi shundan iboratki, ishonchlilikning darajasi tom ma’noda ishlab chiqarishni avtomatlashtirish, ish jarayonlari va tashishni jadallashtirish, material va quvvatni tejash, axborotni saqlash, qayta ishlash va uzatish kabi sohalardagi texnikaning taraqqiy etishini aniqlaydi.
Hozirgi zamon texnik vositalari o’zaro ta’sirlashuvchi mexanizmlar, apparatlar va asboblardan iborat. Masalan, oddiy tikuv mashinasi bir necha o’n yoki yuz detaldan iborat bo’lsa, zamonaviy raketalarni uchirish va radioboshqarish majmui tizimi o’n millionlab
elementlardan tashkil topgan. Birorta ma’sul elementning ishdan chiqishi, albatta butun tizimning ish maromining buzilishiga olib keladi. «Кursk» atom suvosti kemasining halokati, Chernobil atom elektrostansiyasidagi portlash, neftь tashuvchi katta sig’imli tankerlardagi ishlatish va tashish talablarining buzilishi hammamizga ma’lum bo’lgan insoniyat uchun halokatli ekologik ofatlarga olib keldi.
Jihozlar, mashinalarning etarli darajada ishonchli emasligi ta’mirlashdagi katta sarflarga, mashinalarning ishsiz turib qolishiga, aholini elektroenergiya, suv, gaz, transport vositalari bilan ta’minlanishining uzilib qolishiga olib keladi.

Ishonchlilik tushunchalari va atamalari standartlashtirilgan. Mashinalar ishonchliligining asosiy ko’rsatkichlariga raddiyasizlik, umrboqiylik, ta’mirlashga moyillik va saqlanuvchanlik kiradi.


Raddiyasizlik (tor ma’noda, ishonchlilik) - ishlash muddatida yoki berilgan vaqt davomida mashinaning ishga yarokliligini uzluksiz saqlash xossasi. Mashinaning bu xossasi ayniqsa, avtomatlashgan ishlab chiqarishning to’xtab qolmasligida, qimmatbaho mahsulotni nuqsonsiz tayyorlashda, insonlar hayotining xavfsizligi bilan bog’liq bo’lgan sharoitda juda ahamiyatlidir.
Umrboqiylik - belgilangan texnikaviy xizmat va ta’mirlash tizimida mashinaning chegaraviy holatgacha ishga yaroqliligini davomiy saqlay olish xossasidir. Mashinaning chegaraviy holati uni yana ishlatish mumkin yoki mumkin emasligi, samaradorligi yohud xavfsizligining keskin kamayib ketishi bilan tavsiflanadi. Qayta tiklanmaydigan mahsulotlar uchun umrboqiylik va raddiyasizlik tushunchalari bir xil ma’noni anglatadi.

Download 427.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling