Qaytariluvchan-o’zgaruvchan kuchlanishlarda mustahkamlikka hisoblashlarda materialning mexanikaviy tavsiflari juda yig’inchokdik bilan jilvirlangan andozaviy namunalar turkumini maxsus mashinalarda chidamlilikka sinash orqali aniklanadi. Simmetrik siklli kuchlanishda egilishga sinash oddiyroq usullardan hisoblanadi. Namunalarga σmax kuchlanishning turli qiymatlarini berib, ularning emirilishi yuz bergan sikllar N soni σmax – N aniqlanadi. Olingan qiymatlarga ko’ra σmax - N koordinatalarida toliqish egri chizig’i quriladi (1.5-rasm).
1.5-rasm. Toliqish egri chizig’i
σB kuchlanishdan boshlab, egri chiziq gorizontal asimptotaga intilishini ko’pgana tajribalar ko’rsatdi. Bu ma’lum σB kuchlanishda namuna emirilmasdan (sinmasdan) yuklanishning cheksiz sonli sikliga material dosh berishi mumkin, degan xulo-sani beradi. N0=107 siklga dosh bergan po’lat namuna yana shunday siklga ko’p marotaba chidashi mumkin. Кo sikllar sonini sinash bazasi (negizi) deyiladi. N0 sikldan o’tilgandan so’ng tajribalar to’xtatiladi. Toblangan po’latlar va rangli metallar uchun N0=108. N0 ga mos keladigan kuchlanish chidamlilik chegarasi deb qabul qilinadi.
Demak, chidamlilik chegarasi deb shunday eng katta kuchlanishga aytiladiki, bunda namuna yoki detal emirilmasdan cheksiz uzoq qarshilik ko’rsata oladi va namuna uchun σR hamda detal uchun (σR)d sifatida belgilanadi.
Me’yoriy kuchlanishlarda siklning R = -1 asimmetriklik koeffisientida namuna va detallar uchun chidamlilik chegarasi σ–1 va (σ–1)D R = 0 siklda esa mos ravishda σ0 va (σ0)D tarzida belgilanadi.
Jadvallarda chidamlilik chegarasini aniqlash uchun tajribaviy natijalar mavjud bo’lmagan hollarda, empirik (tajriba asosidagi) nisbatlar olinadi. Masalan, uglerodli po’latlar uchun:
bu yerda: σv - cho’zilishdagi mustahkamlik chegarasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |