Birinchi bosqich – spetsifikatsiyalash - iqtisodiy muammoni qo‘yilishi – asosiy omillar
guruhi tanlanadi, iqtisodiy ma’lumot to‘planadi, asosiy omil va ta’sir etuvchi omillar guruhi
belgilanadi; korrelyasion tahlil usuli yordamida ekonometrik modelda qatnashadigan omillar
aniqlanadi.
Ikkinchi bosqich – identifikatsiya qilish. «Eng kichik kvadratlar usuli» yordamida
tuziladigan ekonometrik modelning parametrlari aniqlanadi.
Uchinchi bosqich –verifikatsiya qilish. Tuzilgan modelni ahamiyati to‘rtta yo‘nalish
bo‘yicha tekshiriladi:
- modelning sifati ko‘plikdagi korrelyasiya koeffitsienti va determinatsiya koeffitsienti
yordamida baholanadi;
- modelning ahamiyati approksimatsiya xatoligi va Fisher mezoni yordamida baholanadi;
- modelning parametrlarini ishonchliligi Styudent mezoni bo‘yicha baholanadi;
- Darbin-Uotson mezoni yordamida «Eng kichik kvadratlar usulining» bajarilish shartlari
tekshiriladi.
To‘rtinchi bosqich – tuzilgan va baholangan ekonometrik model yordamida asosiy iqtisodiy
ko‘rsatkichlar prognoz davriga hisoblanadi.
Takrorlash uchun savollar va topshiriqlar
1. Model va iqtisodiy model nima?
2. Iqtisodiy-matematik model nima, modellashtirish deganda nimani tushunasiz va u qanday
elementlarni o’z ichiga oladi?
3. Modellashtirishni qo’llashning tarixi haqida nima bilasiz va iqtisodiy-matematik usullar
deb nimaga aytiladi?
4. Nazariy-analitik, amaliy, makroiqtisodiy va mikroiqtisodiy modellarga ta’rif bering.
5. Qanday modellar funktsional, tuzilmaviy, determinirlangan va stoxastik modellar deb
ataladi?
6. Statik, dinamik, chiziqli, chiziqsiz, fazoviy va nuqtaviy modellar haqida nima bilasiz?
7. Matematik iqtisodiyotning ekonometrikadan farqi nimada?
8. Modellashtirishning qaysi bosqichlarini bilasiz va modellashtirishning birinchi ikkita
bosqichining mohiyati nimada?
9. Modellashtirishning so’nggi to’rtta bosqichi nimaga mo’ljallangan?
10. Matematikadan iqtisodiyotda foydalanish qanday imkoniyatlar beradi?
Do'stlaringiz bilan baham: |