1-ma’ruza. Energetikaning muhum o‘rni. Energetikaning strukturasi


Download 1.52 Mb.
bet25/38
Sana26.01.2023
Hajmi1.52 Mb.
#1128426
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   38
Bog'liq
EEICH vaU lotin

O‘lchash transforomatorlari

O‘lchash transformatorlari birinchi navbatda elektr o‘lchash asboblarini yuqori kuchlanishli o‘zgaruvchan tok zanjirlariga ulash uchun foydalaniladi. Bunda elektr o‘lchash asboblari yuqori kuchlanish zanjirlaridan izolyasiyalangan bo‘lib, bu xizmat ko‘rsatuvchi personalning xavfsizligini ta’minlaydi. Bundan tashqari o‘lchash transformatorlari asboblarning o‘lchash chegaralarini kengaytirish, ya’ni kichik tok va kuchlanishlarni o‘lchashga mo‘ljallangan unchalik murakkab bo‘lmagan asboblar yordamida katta tok va kuchlanishlarni o‘lchash imkonini beradi. Bir qator hollarda o‘lchash transformatorlari yuqori kuchlanish zanjirlariga elektr qurilmalarini avariya holatlaridan himoyalashni ta’minlovchi relelarning chulg‘amlarini ulash uchun xizmat qiladi.

O‘lchash transformatorlari ikkiga – kuchlanish transformatorlari va tok transformatorlariga bo‘linadi.

Kuchlanish transformatorlari voltmetr hamda kuchlanishning qiymati bo‘yicha ishlovchi boshqa asboblar (masalan, vattmetrlar, schetchiklar, fazometrlar va turli relelarning kuchlanish g‘altaklari)ni ulash uchun xizmat qiladi.

Tok transformatorlari ampermetrlar va ko‘rsatilgan asboblarning tok g‘altaklarini ulash uchun xizmat qiladi.


O‘lchash transformatorlari beshdan bir necha yuz volt-ampergacha quvvatli qilib quriladi. Ular standart asboblar bilan (1; 2; 2,5 va 5 A ampermetrlar, 100 va 100 V voltmetrlar bilan) birgalikda ishlashga mo‘ljallab quriladi. Kommutatsiya apparatlari

Kommutatsiya apparatlari elektr energiyani ularning manbalari (elektr stansiyalari)dan iste’molchilarga uzatishning zarur bo‘lgan sxemalarini tashkil etish uchun foydalaniladi.

Eng muhim apparatlarni ko‘rib o‘tamiz.

Uzgichlar elektr energetika tizimlarida operativ va avariyaviy kommutatsiyalash, ya’ni qo‘lda yoki avtomatik boshqarishda alohida zanjirlarni ulash va uzish amallarini bajarish uchun xizmat qiladi. Ulangan holda uzgichlar yuklama toklarini qarshiliksiz o‘tkazishi shart. Bu apparatlarning ish holatlari xarakteri biroz o‘zgacha: yuklama toki oqib turganda ular uchun normal holat bo‘lib ulangan holat hisoblanganidek, zanjirning ajratilgan bo‘laklari o‘rtasida zaruriy elektrik izolyasiyani ta’minlab turuvchi uzilgan holati ham hisoblanadi. Uzgichning bir holatdan boshqasiga almashlab ulashda amalga oshiriluvchi zanjir kommutatsiyasi surunkali emas, balki vaqti-vaqti bilan, ular yordamida qisqa tutashuv zanjirlarida uzish bo‘yicha yuzaga keluvchi spetsifik talablarni bajarish esa juda kamdan-kam hollarda sodir bo‘ladi.


Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling