1-ma’ruza. Energetikaning muhum o‘rni. Energetikaning strukturasi


Eruvchan sašlagichlar kuch transformatorlari, kuchlanish o‘lchash transformatorlari, havo va kabel liniyalari, kondensatorlarni himoyalash uchun xizmat qiladi


Download 1.52 Mb.
bet27/38
Sana26.01.2023
Hajmi1.52 Mb.
#1128426
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   38
Bog'liq
EEICH vaU lotin

Eruvchan sašlagichlar kuch transformatorlari, kuchlanish o‘lchash transformatorlari, havo va kabel liniyalari, kondensatorlarni himoyalash uchun xizmat qiladi.

Tokni cheklovchi reaktorlar po‘latsiz induktiv g‘altakdan iborat bo‘lib, qisqa tutashuv (QT) toklarini cheklash va taqsimlovchi qurilmalarning yig‘ish shinalarida kuchlanishni tutib turish uchun xizmat qiladi. Ularning qo‘llanilishi uzgichlarga elektr dinamik, termik chidamlilik va uzish qobiliyati bo‘yicha talablarni reaktorlar yordamida himoyalanmagan tarmoqlardagiga nisbatan sezilarli kamaytirish imkonini beradi.

Atmosfera va ichki o‘ta kuchlanishlarning cheklovchilari sifatida razryadniklar va o‘ta kuchlanish cheklagichlari foydalaniladi. Ular oshiruvchi kuch transformatorlari va havo liniyalarining taqsimlovchi qurilmalariga kirishga yaqin joylarda o‘rnatilishi shart. Ular apparatlar va taqsimlovchi qurilmalarning elektr izolyasiyasi mustahkamligiga qo‘yilgan talablarni pasaytirish, elektr qurilmasining gabarit o‘lchamlarini kamaytirish va ularning narxini sezilarli kamaytirish imkonini beradi.




ISHNI BAJARISH TARTIBI

  1. Uch fazali sinxron generator tuzilishining elementlari bilan tanishish. Uning eskizini tayyorlash pasport ma’lumotlarini yozib olish.

  2. Laboratoriyada mavjud bo‘lgan turli tipdagi kuch transformatorlari bilan tanishish. Ularning pasport ma’lumotlarini yozib olish, eskizini tayyorlash.

  3. Laboratoriyada mavjud bo‘lgan turli tipdagi kommutatsiya apparatlari bilan tanishish. Ularning pasport ma’lumotlarini yozib olish, eskizini tayyorlash.

  4. Tok va kuchlanish o‘lchash transformatorlari bilan tanishish. Ularning pasport ma’lumotlarini yozib olish va eskizlarini tayyorlash.

  5. Laboratoriyada mavjud himoya va cheklash apparatlari bilan tanishish. Ularning pasport ma’lumotlarini yozib olish va eskizlarini tayyorlash.

  6. 1.1- jadvalni to‘ldirish.

1.1- jadval

№ k/k

Jihozning nomi va tipi

Vazifasi

Pasport ma’lumotlari
















Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling